Bolgariya va Ruminiya 1-apreldan qisqa muddatli Shengen vizalarini berishni rejalashtirmoqda. Mazkur viza asosida sayyohlar Shengenga aʼzo barcha mamlakatlarga ushbu davlatlar orqali samolyot yoki dengiz yo‘li bilan kirishlari mumkin bo‘ladi, deb yozadi Schengen Visa Info.
“Bolgariya va Ruminiya shu yilning 1-aprelidan boshlab Shengen C vizalarini berishni boshlashi kutilmoqda. Viza xorijiy fuqaroga Shengenga aʼzo mamlakatlarga 180 kunlik muddat ichida 90 kungacha qolish imkonini beradi”, — deb yozadi nashr.
Biroq ikki davlat tomonidan Shengen vizalarini berishning boshlanish sanasi ko‘rsatilgan rasmiy hujjat hozircha yo‘q.
Portal qayd etganidek, tashabbus Yevropa Ittifoqi Kengashining dengiz va havo chegaralarida Ruminiya va Bolgariya uchun Shengen hududi doirasidagi chegara nazoratini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Bolgariya va Ruminiya bilan dengiz va havo chegaralarida 2024-yil 31-martdan boshlab chegara nazoratini bekor qilishga qaror qilgan edi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqi Kengashiga ichki quruqlik chegaralarida tekshiruvlarni bekor qilish sanasini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish tavsiya qilindi.
Izoh (0)