Vengriya hukumati jamiyatning tashqi chegaralarini himoya qilish uchun qilingan taxminan 2 milliard yevrolik xarajatlarni undirish uchun Yevropa Komissiyasiga (YK) qarshi sudga murojaat qilishi mumkin.
Bu haqda Vengriya bosh vaziri devoni rahbari Gergeli Guyash ma’lum qildi.
“Yevropa Komissiyasi boshqa mamlakatlarning Shengen chegarasini himoya qilish uchun sarflagan xarajatlarini qisman yoki to‘liq qoplab berdi. Biz Shengen chegaralarini mustahkamlash uchun 2 mlrd yevro sarfladik. Ammo Yevropa Komissiyasi tomonidan hech qanday yordam olmadi. Endilikda biz sudga daʼvo arizasi berishga tayyormiz”, deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning 9-sentyabrdagi davlat chegaralarida qo‘shimcha nazoratni joriy etish to‘g‘risidagi qarori Yevropa Ittifoqi hududida erkin harakatlanishga to‘sqinlik qilmoqda.
“Avval ular Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga o‘z tashqi chegaralarini samarali himoya qilishga yo‘l qo‘ymay zarar yetkazishdi, endi ular ichki chegaralarga cheklovlar kiritish orqali qiyinchiliklar tug‘dirishmoqda”, deya xulosa qildi u.
Izoh (0)