Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan bajarilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikka oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Ozarbayjonning Socar kompaniyasi bilan Ustyurtdagi konlarda qidiruv o‘tkazib, neft qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishilgani aytilgan. Birgalikda istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishi rejalashtirilgan.
Taqdimotda mutasaddilar sheriklikdagi ishlarning borishi va galdagi rejalar yuzasidan prezidentga axborot bergan. Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
-Ulq69mvI.avif)
“Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat bo‘ladi. Shuningdek, bu yil Toshkent, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidroelektr stansiyalar ishga tushiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi”, deyiladi manbada.
-Jft-bRFq.avif)
Ayni paytda tegishli tarmoq va podstansiyalarni taʼmirlash ishlari ham boshlangan. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda.
Yig‘ilishda soha infratuzilmasini izchil modernizatsiya qilib, energiya yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Izoh (0)