Migratsiya nazorati masalasi hal etilmasa, Yevropa Ittifoqi 10-15 yil ichida parchalanishi mumkin. Bu haqda Polsha ichki ishlar va maʼmuriyat vaziri o‘rinbosari Machey Dushik maʼlum qildi.
“Agar migratsiyani nazorat qila olmasak, Shengen parchalanib ketadi. Agar Shengen parchalansa,Yevropa Ittifoqining mavjudligini qo‘llab-quvvatlovchi dalillar kamroq bo‘ladi. Bu keyingi 10-15 yil uchun juda real ssenariy”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda qabul qilingan YI migratsiya paktiga o‘zgartirishlar kiritilmasa, ayrim a’zo davlatlarning ichki chegaralarida chegara nazorati joriy etilishi mumkin.
“Bu Shengen zonasini himoya qilish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Makey Dushik.
Izoh (0)