O‘zbekiston fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi vizasining rad etilishi darajasi o‘rtacha 12 foizni tashkil etadi, ular orasida Germaniya konsulligi yetakchi o‘rinda turadi — 23 foiz. Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas 17-yanvar kuni “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bu ko‘rsatkich nisbatan yuqori bo‘lib ko‘rinsa-da, kontekstni hisobga olish zarur, chunki Germaniya konsulligi murojaatlarning salmoqli qismini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi.
Bu sizning Markaziy Osiyoga ikkinchi marta tashrif buyurishingiz, 2021-yildan buyon O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni qanday ko‘rdingiz?
— Agar kimdir mendan dunyoning izchil, barqaror, ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgan qismini ko‘rsatishimni so‘rasa, shubhasiz, geosiyosiy jihatdan murakkablashib borayotgan dunyoda Markaziy Osiyoga ishora qilgan bo‘lardim, urush ehtimoli kam, o‘zgaruvchan, xavfsizroq. Markaziy Osiyo stabillik va islohotlar maydonini taklif qiladi, biz Yevropa Ittifoqidagilar uchun esa bu ajoyib jihat. Biz bu bilan shug‘ullanishni, ushbu ijobiy o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lishni xohlaymiz. Mintaqaning barcha beshta davlatini yanada rivojlantirishga yordam beradigan katalizator bo‘lishni xohlaymiz. Beshta davlatga bir vaqtning o‘zida tashrif buyurgan birinchi maxsus vakil sifatida mening safarim bu yaqinlashuvning bir qismi ekanidan xursandman.
Ushbu besh mamlakat o‘rtasida sayohat qilib, ularning o‘zaro munosabatlari va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarini C5+1 nuqtayi nazaridan qanday ko‘rasiz?
— Avvalo, menimcha, hozirda butun siyosat spektri bo‘yicha beshta davlat pozitsiyalarining yaqinlashuvi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ularning o‘zlari chegaralarni delimitatsiya qilish, resurslarni boshqarish yoki iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liqlik kabi sohalarda muvofiqlashtirish va hamkorlik qilishdan ko‘proq foyda olishlarini tushunadi. Ularning o‘zlarida bunga qiziqish bor. Menimcha, bu juda muhim. Bu Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligini sezilarli darajada osonlashtiradi. Agar dunyoning bu qismidagi hamkorlarimiz birgalikda ishlasa, bu blokni Yevropa Ittifoqi bilan ancha mos suhbatdoshga aylantiradi. Kelgusi yilning aprel oyida O‘zbekistonning Samarqand shahrida tarixda ilk bor “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tishidan mamnunman. Bu ajoyib moment, hamkorlikning yangi ramzi bo‘lardi.
Bu yerda ular nafaqat resurslar, balki inson kapitali bo‘yicha ham katta salohiyatga ega. O‘zbekiston haqiqatan ham yosh, o‘sib borayotgan, aqlli aholiga ega va u taklif qilishi mumkin bo‘lgan narsalar Yevropa Ittifoqi loyihalari bilan hamkorlikda, albatta, yanada ko‘proq o‘sishga olib kelishi mumkin.
— Bu aniq, O‘zbekiston. Men prezident bilan buni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldim. Unga Markaziy Osiyo muvaffaqiyat hikoyasi bo‘lsa, O‘zbekiston bu ligada chempionlardan biri ekanini aytdim. Ko‘rinib turibdiki, bu ulkan salohiyatga ega mamlakat. Bu eng ko‘p aholiga ega mamlakat, bu esa qo‘shimcha mas’uliyatni keltirib chiqaradi. U resurslarga ham boy va islohotga moyil, ko‘rilayotgan progress ham hayratlanarli.
Hozirgina resurslar haqida gapirib o‘tdingiz, men Markaziy Osiyodagi noyob yer elementlari haqida bir oz so‘ramoqchiman. Resurslarni boshqarish, resurs savdosi va birga ishlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi komissiyasining yo‘li qanday?
— Aytmoqchimanki, muhim xomashyo sohasidagi hamkorlik Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi yangi yondashuvning ustunlaridan biri bo‘lishi mumkin. Muloqot boshqa bir ustundir. Muhim xomashyo o‘zaro manfaatli hamkorlikka aylanishi mumkin. Aytmoqchimanki, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari muhim xomashyolardan samaraliroq foydalanish orqali investitsiya, Yevropa investitsiyasi va Yevropa texnologiyalaridan katta foyda ko‘radi. Biz Yevropa Ittifoqida bu hamkorlikdan nafaqat rivojlanish ehtiyojlarimizni qondirishda, balki yangi hamkorlikni mustahkamlashda ham foydalanishimiz mumkin. Menimcha, bu kelajakdagi hamkorlik haqida o‘ylash mumkin bo‘lgan eng yaxshi misoldan biri va bu mintaqa bo‘ylab aloqa o‘rnatishidan xursandman. Bu yerdagi suhbatdoshlar Yevropa bilan va muhim xomashyo bo‘yicha hamkorlik qilishdan chin dildan manfaatdor va bu ajoyib.
Siz ta’kidlaganingizdek, bunga juda ko‘p tashabbus bor, lekin boshqa tarafdan mintaqaga kelayotgan investorlarda shubha bor, chunki ular doimo beqarorlikdan qo‘rqishadi. Ammo mintaqada yalpi ichki mahsulotning o‘sishi prognozlariga qaraganda, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston 5 foizlik barqaror prognozlarga ega. Xo‘sh, investorlarning ushbu jarayonga qatnashishdan qo‘rqishi haqida qanday fikrdasiz?
— Investorlar sarmoya kirituvchilardir. Shunday ekan, oxir-oqibat, ular pullarini nimaga investitsiya qilishni o‘zlari hal qiladi. Ammo menimcha, biz tartibga soluvchi organlar yoki sarmoyani rag‘batlantiradigan tartibga solish muhitini yaratuvchilarimiz.
Siz aytganingizdek, barcha ko‘rsatkichlar yaxshi, raqamlar yaxshi, prognozlar istisno, derdim. O‘zbekiston haqida alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston ham investorlarga shubhalarni bartaraf etishga yordam beradigan ko‘plab muhim yutuqlarga erishdi. Misol uchun, agar eng yirik davlatlardan biri GSP plus umumiy imtiyozlar tizimimizga kirish imkoniga ega bo‘lsa, biz kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasini qabul qildik, yakunladik va tez orada kuchga kiritamiz. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida yaxshi istiqbollar mavjud. Shunday ekan, bularning barchasi ijobiy belgilaridir. Bu investorlarda ishonchni uyg‘otish va investitsiya qarorlarini osonlashtirishga yordam beradi.
Muhim xomashyoga bo‘lgan qiziqish Yevropa Ittifoqining xavf-xatarni yo‘qotish va bo‘lish bilan bog‘liqmi?
— Axir, bu murakkab dunyo. Bu o‘zaro bog‘liq dunyo. Muhim xomashyo global raqobatbardoshlik poygasining bir qismi ekani aniq. Energiya va xomashyo, iste’dod uchun, odamlarni qanday jalb qilish bo‘yicha global poyga mavjud. Toza texnologiya yana bir global poygadir. Shunday qilib, muhim xomashyo o‘yinning bir qismi ekani aniq. Lekin bunga nol yig‘indisi sifatida qaramaslik kerak: Markaziy Osiyo bilan ishlab, Yevropa boshqa joylarda imkoniyatlarni boy bermoqda.
Menimcha, biz butun dunyoda yaxshilik uchun kuch sifatida tan olinganmiz. Biz xalqaro hamkorlarimiz bilan ijobiy ruhda hamkorlik qilamiz. Yana takror aytamanki, Markaziy Osiyo biz uchun imtiyozli, barqaror, rivojlanayotgan va iqtisodiy sherikdir. Eng muhimi, bu ishonchga loyiq. Aytmoqchimanki, bu yerda bizda ishonadigan odamlar borligini his qilyapman.
Xo‘sh, endi, prezident bilan uchrashuvingizga kelsak, muhokama qilingan mavzu bo‘yicha biz bilan bo‘lisha oladigan asosiy fikrlaringiz bormi?
— Menimcha, kun tartibi siz bilan muhokama qilayotgan mavzularimiz bilan bir xil edi. Prezident O‘zbekistonning islohot va modernizatsiyaga bo‘lgan bu intilishining asosiy me’morlaridan biri, deyman. Uning kengroq tasvirni ko‘rish qobiliyati meni doim hayratda qoldiradi. U Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo sammitidan ham juda xursand.
Ha. Sammit juda tez orada bo‘lib o‘tadi.
— Albatta. Aprel juda yaqin.
Bryusseldagi bu forum haqida ehtimoliy ishtirokchilarga aytadigan gaplaringiz bormi?
— Ha, Bryusseldagi investorlar forumi 29 va 30-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu hamkorligimizning o‘zaro ta’sir elementini katalizlash va mustahkamlash imkoniyatidir. Yuqorida aytilgan ikkinchi element, endi biz nafaqat hukumatlar, balki hammani birlashtirish niyatidami. Barcha hukumatlar yuqori siyosiy darajada vakillik qiladi, shuningdek, investorlar, xalqaro moliya institutlari, hamkorlar va bizning ekspertlarimiz jalb qilinadi. Shunday qilib, ularni Bryusselda ikki kun ushlab turamiz. G‘oya shundan iboratki, ushbu forum yakunida biz ko‘pincha siyosiy maqsad, tadqiqot kabi ko‘rinadigan narsalarni tegishli resurslar, rejalashtirish va tartibga solish parametrlariga ega bo‘lgan loyihaga aylantira olamiz.
Bu ish berishiga juda ham ishonaman. Buni amalga oshirish uchun Yevropa Ittifoqida yangi vositamiz bor. U Global Gateway deb ataladi. Bu rivojlanish yordamining an’anaviy modelidan tashqarida. U xususiy kapital ishtirokini nazarda tutadi. Xalqaro moliya institutlarida ish o‘rinlarini yaratish elementi, aloqa aspekti, shuningdek, transport, energetika va raqamli sun’iy yo‘ldoshlar mavjud.
Yuqorida siz mendan investorlar va ularni nima harakatlanrishi haqida so‘ragandingiz. Ikki kun davomida barchani bitta xonada yig‘ish va investitsiya loyihasini aniq voqelikka aylantirish uchun nima kerakligini amalda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish investorlarning orzusi.
Yana Markaziy Osiyoda aloqalar o‘rnatish potensiali juda katta. Bu Sharq va G‘arb o‘rtasidagi tabiiy aloqadir. Bu aloqaning bir qismi sifatida men bu yerda hukumatlar bilan ko‘plab loyihalarni muhokama qildim.
Transkaspiy koridoriga yordam beradigan har qanday narsa — ustuvor vazifa. Shuning uchun biz ushbu loyihalarning barchasi adekvat, taqdim etilgan, tahlil qilingan va investorlarni harakatga jalb qilishda jozibador bo‘lishini ta’minlash uchun investitsiya forumi imkoniyatidan foydalanamiz. Biz o‘z hissamizni qo‘shish uchun pulimiz va vositalarimiz bilan u yerda bo‘lamiz.
Bu mavzu vizani yengillashtirish bo‘yicha savol uyg‘otadi. Kecha juda ko‘p tadqiqot o‘tkazdim, chunki O‘zbekiston fuqarolari uchun vizani rad etishlar soniga ishonchim komil emasdi. Yevroittifoq vizasiga murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘rtacha 12 foiziga viza berilmaganiga guvoh bo‘ldim. Rad etishlarning eng yuqori foizi Germaniya konsulligidan bo‘lib, bu taxminan 23 foizni tashkil qiladi. Viza jarayonini soddalashtirish uchun qadamlar bormi?
— Avvalo shuni aytishim kerakki, men o‘zimni Komissarlar kollegiyasining eng antroposentrik a’zosi deb bilaman. Men odamlarga qaratilgan siyosatni muvofiqlashtirish uchun mas’ulman va odamlarning harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasdan, ularni birlashtirish usuli sifatida viza tarafdori va himoyachisiman.
Aytish kerakki, siyosiy lahzada biz hozirgi siyosiy siklning oxiriga yaqinlashyapmiz. Yevroparlamentga saylovlar iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 1-dekabridan yangi komissiya ish boshlaydi. Shuning uchun men siyosiy sikl oxirida viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha munozara boshlash har doim qiyinligini aytaman.
Bu siyosiy jihatdan imkonsiz. Shu bilan birga, biz yangi siyosiy siklda vizani soddalashtirish bo‘yicha muloqotga kirishayotganimizni juda mamnuniyat bilan qabul qilaman. Shubhasiz, bu bizning institutsional tizimimizga ko‘ra, a'’o davlatlar tomonidan Kengash tomonidan mandatni talab qiladi. Bryussel buni yolg’iz hal qilmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston kabi davlatlardan YI bilan hamkorlikni davom ettirish talab etiladi. Bu tenglamaning bir qismi, albatta, vizani rad etish sonlarini imkon qadar kamaytirishdir.
Shunday qilib, agar ushbu punktlar amalga oshsa, biz vizani soddalashtirish bo‘yicha dialogga o‘tishimiz mumkin.
Bu bizga Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Shengen zonasini yaratish g‘oyasiga ham yordam beradi. Sizningcha, buning amalga oshish ehtimoli qancha?
— Men mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviy iqtisodiyotlarning integratsiyasi g‘oyasiga qat’iy ishonaman. Biz buni ma’lum darajada G‘arbiy Bolqonda ko‘rmoqdamiz. G‘arbiy Bolqonda yagona bozor shakllantirilib, qonunchilik uyg‘unlashtirilmoqda.
Bu Lotin Amerikasida ham undan tashqarida ham sodir bo‘layotganining alomatlari bor. O‘ylaymanki, Markaziy Osiyo bunday yaqinlashuv sari harakatlana oladigan mintaqaviy guruhning ajoyib namunasidir.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, mintaqada hukumatlar o‘rtasida allaqachon sezilarli yaqinlashuv kuzatilmoqda. Iqtisodiy rivojlanish darajasi bir xil bo‘lmasa-da, men keyingi integratsiya salohiyatini ko‘rmoqdaman, bu esa, o‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorligiga xizmat qiladi.
Izoh (0)