Bolgariya 1-apreldan ilk marta Rossiya fuqarolariga Shengen vizalari berishni boshlaydi. Bu haqda Bolgariyaning Moskvadagi elchixonasiga tayanib ‘‘TASS’’ xabar berdi.
Arizalarni topshirish va keyinchalik Shengen vizalarini berish 2024-yilning 1-aprelidan boshlanadi. Bolgariyaning Moskvadagi elchixonasi konsullik xizmati va Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi Shengen vizasi uchun arizalarni topshirish bilan shug‘ullanadi, – deydi elchixona.
Ular, shuningdek, hujjatlarni topshirish uchun navbat kutish muddati boshqa Shengen mamlakatlaridagi kabi bo‘lishini ta’kidlagan.
Elchixonaga ko‘ra, sayyohlar 2024-yil 31-martgacha berilgan qisqa muddatli milliy vizalar C tipidagi – mamlakatda 90 kungacha bo‘lgan holda – faqat Bolgariyaga kirish va Ruminiya hamda Kiprga sayohatlar uchun foydalanishlari mumkin. O‘sha sanadan oldin respublika hududida 90 kundan ortiq qolishga ruxsat berilgan D turidagi uzoq muddatli vizalar esa boshqa Shengen mamlakatlariga qisqa muddatli sayohatlar uchun imkoniyat yaratadi.
2023-yil 31-dekabrda Yevropa Ittifoqi Kengashi Bolgariyaga nisbatan “qisman Shengen”ni joriy etishga qaror qilgan. Joriy yilning 31-martidan boshlab Bolgariya fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqining ichki havo va dengiz chegaralarida tekshiruvlar bekor qilinadi, lekin quruqlikdagi chegaralardagi tekshiruvlar saqlanib qoladi.
Izoh (0)