Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Bollivud kinoyulduzi Priyanka Chopra Mayami orollarida xordiq chiqarayotgani aks etgan surati bilan bo‘lishdi.

Megayulduz Jennifer Lopes 7-avgust kuni haqiqatan ham Toshkentga kelayotganini tasdiqladi.
Xonanda Malika Ravshanova “Odamlarga yaxshilik qilaman deb yelib-yugursangiz-da, baribir nomingizni qora qiladiganlar uchraydi”, demoqda.

Hitmeyker Hamdam Sobirov yangi qo‘shig‘i uchun klipni Istanbulda suratga oldiryapti.
Xonanda Shahzoda yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Feruza Jumaniyozova san’atkorlar uy ishida no‘noq bo‘ladi, degan fikrlarga qarshi video joyladi.
So‘nggi vaqtlarda noodatiy imiji bilan e’tibor markazida bo‘layotgan Lola “O‘zicha” qo‘shig‘ini bugun, 11-iyulda premyera qilishini ma’lum qildi.

Taniqli bastakor Sultonali Rahmatovning sog‘lig‘i yomonlashib, hozirda shifoxonaning jonlashtirish bo‘limida ekani haqida xabar berildi. Ijodkorning yaqinlari kasalxona xarajatlarini qoplash uchun saxovatpesha insonlardan yordam so‘ramoqda.


Munisa Rizayeva nikoh oqshomida o‘zi xohlagan uslubdagi kelin ko‘ylakni emas, turmush o‘rtog‘i tanlagan libosni kiyishga majbur bo‘lgani haqida gapirdi.
Izoh (0)