Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Munisa Rizayeva belaruslik Arseniy ismli yigit bilan unashtirildi. Juftlik yaqinlariga fotiha to‘yidan sovg‘alarni tarqatmoqda.

Feruza Normatov ayni damda Vyetnamda sayohat qilmoqda. Aktrisa kuzatuvchilariga ushbu mamlakatning diqqatga sazovor joylari haqida so‘zlab bermoqda.

To‘rtinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘lgan aktrisa Shahlo Zoirova sahifasiga turmush o‘rtog‘i hamda chaqalog‘i bilan tushgan suratini taqdim etdi.

Shoira, xonanda va bastakor Shahnoza volidasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Taniqli futbolchi Odil Ahmedov tug‘ilgan kuniga olgan qimmatbaho sovg‘asi haqida bloger Jahongir Latipovga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
Rixsitilla Abdullayev farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Mavluda Asalxo‘jayeva O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, taniqli futbolchi Mirjalol Qosimov farzandining nikoh to‘yida xizmatda bo‘ldi.
Hamdam Sobirov muxlislariga rafiqasi bilan tushgan suratini taqdim etdi.

Asal Shodiyeva rossiyalik taniqli jurnalist Vladimir Pozner bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Izoh (0)