Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida sport musobaqasida janjal ko‘targanlar qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi. Voqea bir necha kun oldin tumandagi markaziy stadionda yuz bergan. Unda futbol uchrashuvi yakunida ishtirokchilar va ularning yaqinlari o‘rtasidagi tushunmovchilik katta mojaro keltirib chiqargan. Ichki ishlar bo‘limi xodimlari voqeaga aralashib, vaziyatni nazoratga oldi. 2-avgust, shanba kuni Buvayda tuman jinoyat sudi janjalga sababchi bo‘lgan besh nafar shaxsga nisbatan ish ko‘rib, ularni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik, fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik) hamda 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar xodimlari talablarini bajarmaslik) bo‘yicha aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, ulardan biriga 10 sutka, yana bir fuqaro 7 sutka, qolgan uch nafar shaxsga esa 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
×![Lightbox Image]()
Izoh (0)