Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga oid imtiyoz;
- oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im.
Shuningdek, 2028-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning 80 foizi har oyning 25-sanasigacha avtomatik ravishda respublika byudjetidan qaytariladi.
2025-yil 1-sentyabrdan:
- YTTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi;
- Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamg‘alash bo‘yicha sayyor xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;
- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida Soliq mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi, jumladan:
- qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180 kungacha amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi;
- zargarlik markazlarida “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallari faoliyati (sayyor xizmat ko‘rsatish) yo‘lga qo‘yiladi;
- zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lganda a’zolik badalini 50 foizlik chegirma bilan to‘laydi.
Bojxonachilar yil boshidan buyon salkam 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘ydi.
O‘zbekistonda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlar savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi. 2024-yilda zargarlikda ishlab chiqarish 200 million dollardan oshdi, eksport 17 foizga o‘sib, 92 million dollarga yetdi. Sohada “xufiyona” iqtisodiyot ulushi yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi. Yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy tilla bozorlarida aylanmoqda. Yoki, mustaqil izlovchilar 2020-yilda 40 kilogramm oltin topshirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu 100 karra kamaygan.
Izoh (0)