O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasidagi muhim kelishuv imzolandi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agentlik rahbari Behzod Musayev va Shvetsiya Migratsiya vaziri Johan Forssell o‘rtasida O‘zbekiston va Shvesiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Konstruktiv muloqotda, noqonuniy migratsiyani oldini olish, inson huquqlarni himoyalovchi, qulay, shaffof tashkillashtirilgan migratsiya mexanizmlarini yaratish masalasi muhokama qilindi.
Bugungi kunda Shvetsiyadagi demografik jarayonlar tufayli transport, qurilish, sanoat, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilyapti. O‘zbekiston ushbu mamlakat mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni tayyorlash va olib kirish uchun yetarli salohiyatga ega.
Tomonlar quyidagi asosiy tashabbuslarni ilgari surdi:
- ikki mamlakat o‘rtasida markazlashtirilgan raqamli platforma yaratish;
- qurilish, logistika va tibbiy xizmatlar yo‘nalishlariga ish beruvchilar talabi asosida o‘zbekistonlik yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va Shvetsiyada bandligini ta’minlashga qaratilgan pilot loyihalarini boshlash.
Shuningdek, uchrashuv doirasida migratsiya va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik haqida qo‘shma deklaratsiya imzolandi, bu hamkorlik nolegal migratsiyaga chek qo‘yish, axborot almashish va konsullik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Ishonchim komilki bugun imzolangan tarixiy hujjat, O‘zbekiston—Shvesiya munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, va kelajakdagi faol hamkorligimiz uchun muhim qadam bo‘ldi”, dedi Shvesiya migratsiya vaziri Johan Forssell.
2024-yilning iyulida Migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashilgandi.
Izoh (0)