• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Uy olish uchun xorijga ishlagani ketmoqchi bo‘lganman” — ofitsiantlik qilib Ozodbek Nazarbekovning mehrini qozongan va 10 yil temiryo‘lda ishlagan Bahrom Nazarov 39 yoshda (foto, video)

    “Ayrildim”, “Pari-pari” va “Qaramading” qo‘shiqlari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan ijodkor Bahrom Nazarov bu yil 39 yoshni qarshiladi. Unga omad tengdoshlariga nisbatan ancha kech kulib boqqan. U temiryo‘lchi bo‘lish niyatida Toshkentga keladi va taqdir taqozosi bilan Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashadi. Yo‘q to‘xtang, hammasini bir boshidan hikoya qilib bergan ma’qul.

    “Hammasi onam bilan go‘zal edi”

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    Bahrom Nazarov 1984-yilning 4-iyun sanasida Andijon viloyatida tavallud topgan. Otasi madaniyat xodimi, onasi esa kutubxonachi edi. Onasi asli Turkistonlik bo‘lib, o‘qishga kelganida andijonlik yigitga ko‘ngil qo‘ygan. 

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    — Onamning barcha yaqinlari Turkistonda yashardi. Onam hamma bilan til topishsa-da, baribir Andijonda o‘zini yolg‘iz his qilardi. “Mening opam ham, singlim ham sizlarsiz”, degan gapni ko‘p aytardi. Uch oylik ta’til boshlanishi bilan dadam poyezdga bilet olib, barchamizni Turkistonga yuborardi. Ta’til tugashiga uch kun qolganida Andijonga qaytardik. Qo‘y-qo‘zilarni o‘tlatib, kun bo‘yi cho‘milib ta’til qanday o‘tganini ham sezmasdik. O‘ylab qarasam, bolaligimning eng go‘zal onlari onam bilan bog‘liq bo‘lgan ekan. Chunki eng yaxshi xotiralarimning barida onam bor, — deydi Bahrom Nazarov.

    “Onam o‘lgan kun...”

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    — Onam Toshkentda o‘qishimni, keyin uka-singillarimga yordam berishimni orzu qilardi. O‘zi ham ilmli inson bo‘lgani uchun Bo‘z tumanidagi xorij tillariga ixtisoslashtirilgan maktab internatiga o‘qishga bergan. “Ukalaring senga omonat, ularga yaxshi qaragin”, degan gapni ko‘p aytardi. Onam o‘lgach, bir kundayoq ulg‘ayib qolgandek bo‘lganman. Uyimiz yonidan katta soy o‘tardi. Olti yoshlik singlim onamni sog‘inib, yig‘lardi. Har gal uni “Onam soyning nariga tomonida o‘tib ketdi, bir kuni qaytadi”, deb aldardim. Onamning orzusini amalga oshirish uchun Toshkentga o‘qishga kelganman, — deydi xonanda.

    “San’atga umuman qiziqmaganman”

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    — Ko‘pchilik bolaligidan san’atga qiziqadi. Menda unday bo‘lmagan. Men poyezdlarning harakatlanishiga qiziqardim. Shu bois, Toshkentga kelib temiryo‘llar institutiga hujjat topshirganman. O‘qishga kirganman-u, ammo oradan ko‘p o‘tmay pulsiz Toshkentda yashash qiyin ekanligini tushunib yetganman. Otamga qiyinchilik tushmasin deb ish izlaganman. O‘shanda “Gulzor” degan restoranga ofitsiant bo‘lib ishga kirganman. Bir necha oy ishlaganimdan keyin u yerdagi oshpazlardan biri “Kel senga tovuq pishirishni o‘rgataman, yo‘qligimda tayyorlab turasan”, degan. O‘sha inson sabab oshpazlikni ham o‘rganganman.

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    Kunduzi o‘qishga borardim, keyin ishga kelardim. O‘sha yillari Ozodbek Nazarbekovning “Chang ko‘chalar” degan qo‘shig‘i rosa hit bo‘lgan paytlar edi. Oshxonada kichkina magnitofonni qo‘yib, xirgoyi qilib tursam bir qiz yonimga kelib, “Bu xonanda akam bilan birga ishlaydi”, degan. Keyin bilsam u prodyuser Ilyos Dadaboyevning singlisi ekan. Restoran u o‘qiydigan institutga yaqin bo‘lgani uchun akasi tug‘ilgan kunini shu yerda nishonlab bergan. O‘shanda hayajonlanib, Ilyos akaga san’atga qiziqishimni aytganman. U ofis manzilini berib, ertasi kuni borishimni aytgan, — deydi Bahrom Nazarov.

    “Ofitsiantlikni yig‘ishtir...”

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    — Aytilgan manzilga borib, ilk marta Ozodbek Nazarbekovni ko‘rganman. O‘shanda Emrah va Ulug‘bek Otajonovning qo‘shiqlarini ijro etib berganman. “Yomon emas, ammo ko‘p ishlashing kerak”, degan. 
    Oradan bir necha kun o‘tib, men ishlaydigan restoranga ustozim Ozodbek Nazarbekov xizmatga keladigan bo‘ldi. U kishi qo‘shiqlarni maroq bilan ijro etayotganida yonidan bir patnis choynak bilan o‘tib qolganman. Xizmat tugagandan keyin kuzatib tashqariga chiqqanimda “Bu yerda nima qilib yuribsan?”, degan. Ofitsiantlik qilishimni aytganimda “Bitta ishni qil, agar niyating jiddiy bo‘lsa ofisga o‘tgin. Alisher bilan birga yurib, o‘z ustingda ishlaysan. Ofitsiantlikni yig‘ishtir”, degan. Shu kuniyoq ishdan ketib, ofisga ko‘chib o‘tganman. 

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    Yashash, kiyinish hatto yeb-ichish ham ustozimizning zimmasida edi. Bizdan hech qanday naf bo‘lmasa-da, bilganini o‘rgatardi. Xizmatlarga olib chiqib, qo‘limizga ishlagan haqqimizni berardi. 2003-yildan boshlab hayotim tubdan o‘zgarib ketgan, — deydi Bahrom Nazarov.

    “Bastakorlikni o‘rganishga undagan”

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    — Musiqiy bilimim bo‘lmasa-da, o‘sha muhitda yashagandan keyin bir nimalar yozgingiz kelar ekan. Ustozim “Xonanda musiqa yozishni bilishi kerak”, degan gapni ko‘p aytadi. Alisher avvaldan musiqa yozib yurgan, men uchun esa bu yangilik edi. “Ustoz men yozolmayman”, deganimda “Bilmayman desang shunday o‘tib ketasan, hech kim onasidan bilib tug‘ilmagan”, deb jerkib bergandi. Shundan keyin bastakorlikni o‘rganishga qaror qilganman. Ustozimga “Rayhon senga uylanaman”, “Layli sendan xafami?” kabi qo‘shiqlarni yozib berganman. Qo‘shiq ham aytardim, ammo hech biri omadli chiqmasdi. Qo‘shiqchilar aytganidek “Tug‘iliboq o‘lardi”. Shu bois asosiy e’tiborimni bastakorlikka qaratdim. Ko‘p xonandalarga qo‘shiqlar yozib berib tirikchilik qilardim.

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    Ammo uylanganimdan keyin ko‘p qiynalganman. Ijara uyga pul to‘lasam, boshqa xarajatlarga yetkazolmay qolardim. Farzandli bo‘lgach, xarajatlar ikki hissa oshgan. 2012-yilda hammasidan ko‘nglim sovib, san’atdan ketishga qaror qilganman, — deydi xonanda.

    “Ayrildim” bisotdagi qo‘shiq edi...

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    — Oxiri 2013-yili xorijga ketishga qaror qilganman. Shvetsiyaga ishga ketish uchun hujjat to‘plaganman. Ammo vizani uzoq vaqt kutish kerak ekan. “Vizangiz 9 oyda chiqadi”, degan xabarni olgach, ustozimga bu haqida aytganman. “Bahrom sabrli bolasan-ku, yana bir harakat qilib ko‘r”, degan. “Ustoz shuncha harakat qildim, uy-joy qilishim kerak”, deganimda yangi prodyuser bilan tanishtirgan. “Uch marta eshikni taqillatib ko‘r, eshitguvchi e’tibor qaratadi”, deganidan keyin prodyuser bilan ishlashni boshlaganman. O‘shanda to‘rt yildan beri bisotimda turgan “Ayrildim” qo‘shig‘ini ijro etganman.

    Klip Ramazon oyining ilk kuni namoyish etilgandi. U paytda to‘ylar yo‘q, kun bo‘yi uyda edim. Ramazon oyi tugab, to‘ylarga chiqsam hamma taniyapti. Xuddi, mashhur san’atkorni davraga chaqirishayotgandek e’lon qilishardi. Xullas, xorijga ketish muddati kelganida O‘zbekistondagi ishlarim ham ko‘payib ketdi, — deydi Bahrom Nazarov.

    “10 yil temiryo‘lda ishladim”

    Foto: Instagram / @bahromnazarovofficial

    — Boshqa tengdoshlarimga qaraganda, menga ancha kech omad kulib boqdi. Ammo bundan o‘ksinmayman. Chunki hamma narsa vaqt soati bilan bo‘ladi. 18 yoshimda Ozodbek Nazarbekov bilan tanishgan bo‘lsam, 30 yoshimda qo‘shig‘im orqali odamlar og‘ziga tushdim, — deydi Bahrom Nazarov.

    Xonanda oilasini ko‘z-ko‘z qilishni istamaydiganlar toifasiga kiradi. Faqatgina intervyularida ustozi Ozodbek Nazarbekovning ayoli topib bergan qizga uylangani, ikkita farzandi borligi va to‘yiga ustozi bosh-qosh bo‘lgani haqida aytib o‘tgan.

    09.06.2023, 12:30   Izoh (0)   39456
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    08.06.2023, 18:48

    Qoyilmaqom ijrosi bilan har qanday filmni xitga aylantira olishini isbotlagan aktyor va aktrisalar (foto)

    08.06.2023, 14:24

    Mehribonlik uyida ulg‘aygan, xaroba uyni rad etgan va  shaxsiy hayotidan voz kechgan aktrisa Zarina Yo‘ldosheva 23 yoshda (foto, video)

    08.06.2023, 09:30

    Instagram: Ulug‘bek Xolmedov uylandi, Madina Mumtoz yangi biznes boshladi, Valijon Shamsiyev restoranda janjal ko‘tardi

    07.06.2023, 22:10

    Qirol Abdulla II va qirolicha Raniya baxtining aks tomoni: Iordaniya qirollik oilasining sirlari va fojialari

    07.06.2023, 20:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.