• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreya metrosida o‘ziga o‘t qo‘ygan telba, AQSH maxfiy ma’lumotlarini tarqatgan Wikileaks va Maydonda namoyishchilarning otilishi. Kun xronologiyasida 18-fevral

    18-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Janubiy Koreyada 200 ga yaqin inson umriga zomin bo‘lgan metro yong‘ini, AQSH maxfiy ma’lumotlarini tarqatgan Wikileaks hamda Ukraina poytaxtidagi Maydonda namoyishchilarning otilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Metroda 200 ga yaqin insonni yoqib yuborgan telba

    Janubiy Koreyaning Tegu shahridagi metroda 2003-yil 18-fevralda sodir bo‘lgan yong‘in metro tarixidagi eng dahshatli halokatlardan biri hisoblanadi. Mazkur yong‘in oqibatida 198 kishi halok bo‘lgan va 147 kishi jarohat olgan. Yong‘inni 56 yoshli ruhiy kasal Kim Dexan 1-vagonda uyushtirgan edi.

    Foto: Wikimedia Commons

    O‘t qo‘ygan erkakning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, biroq yolg‘iz o‘lishni istamagani uchun boshqalarni ham sherik qilishga qaror qiladi. Ruhiy sog‘lig‘ida nuqsoni bo‘lgan Kim Dexan insultga uchragunga qadar olti yil taksi, yuk mashina haydovchisi bo‘lib ishlagan. Rafiqasi ekolog bo‘lgan, oilaning bir qiz va bir o‘g‘li bor edi.

    2001-yil aprelda u insultni boshidan o‘tkazgan va natijada tanasining yuqori va pastki o‘ng qismi ishlamay qolgan, natijada erkak depressiyaga tushgan. Kim Dexan o‘ziga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatdan qattiq norozi bo‘lgan va o‘ziga qaragan shifokorga yomon davolagani uchun kasalxonani yoqib yuborish bilan tahdid qilgan. Uning o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Dexan o‘lishni istagan, shu bois shifokor va politsiyachidan o‘zini o‘ldirishlarini so‘ragan.

    Kim Dexan poyezd vagoniga sut uchun mo‘ljallangan karton ko‘rinishidagi quti bilan kirgan, uning ichida benzin bor edi. Erkak o‘t oldirgich yordamida uni yoqishga uringan vaqtida qolgan yo‘lovchilar Dexanni to‘xtatishga uringan, ammo yuzaga kelgan tartibsizlikda erkak o‘t yoqishga ulgurib qolgan.

    Metrodagi yong‘in tezda poyezdning qolgan tarkiblariga ham o‘tib, stansiyada turgan boshqa poyezdlarga ham zarar yetkazgan. Stansiyadagi ikkinchi poyezd eshiklari yopiq bo‘lgani va yo‘lovchilar tuzoqda qolib ketgani bois uning qurbonlari ko‘p edi. O‘t qo‘ygan Dexanning o‘zi yengil kuyish jarohatlari bilan kifoyalangan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Poyezd operatori bo‘lib ishlagan 31 yoshli Chxve Chjon Xvan yong‘in haqida zudlik bilan metro xizmatini ogohlantirmagan. Metropoliten dispetcher xizmati monitorlarida tutunni ko‘rgan erkak poyezd operatori bilan bog‘lanib, stansiyada yong‘in chiqqani sabab ehtiyot bo‘lib harakatlanishni maslahat bergan. 1080 raqamli poyezd Jungangno stansiyasidan chiqib, to‘rt daqiqadan keyin yong‘in chiqqan 1079-sonli poyezd oldiga yetib kelgan. Eshiklar ochilgan, biroq uzoq muddatga emas, zaharli tutun kirmasligi uchun eshiklar darhol yopilgan. 1080-sonli poyezd yetib kelishi bilan avtomatik yong‘indan himoya tizimi ishga tushib ketgan va ikkala poyezdni ham elektr ta’minotidan uzib qo‘ygan, natijada 1080-poyezdi ham hech yerga harakatlana olmagan.

    Stenogrammaga ko‘ra, 1080-sonli poyezd operatori yo‘lovchilarga uch marotaba murojaat qilib, rahbariyat bilan bog‘lanmagunicha qimirlamasdan o‘tirishni buyurgan. Shundan keyin operator eshiklarni ochgan va qochib ketgan, ammo u asosiy kalitni o‘zi bilan olib ketgani sabab eshiklarni harakatga keltiradigan bort batareyalarining o‘chishi yuzaga kelgan. Keyinroq tergov davomida aniqlanishicha, 79 nafar yo‘lovchi 1080-poyezdi ichida tuzoqda qolgan va shu yerda halok bo‘lgan.

    Yong‘inga qarshi himoya tizimi ta’minlanmagani ham vaziyatni keskinlashtirgan edi. Tegu metrosining poyezdlari o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlanmagan, stansiyalarda esa spriklerlar va avariyaviy yoritishlar bo‘lmagan. Ko‘plab qurbonlar tutun bilan to‘lgan metro stansiyasida chiqish yo‘lini qidiraman deb bo‘g‘ilib o‘lgan. Avariyaviy ventilyatsiya tizimi ham nosoz bo‘lib chiqqan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Tegu tuman sudi 7-avgust kuni ikkala poyezd operatoriga ham hukm chiqargan — ulardan biri besh yilga, ikkinchisi to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Metroning boshqa uch nafar xodimi ham o‘z ishiga mas’uliyatsiz yondashgani uchun shartli jazo olgan. Kim Dexan yong‘in uyushtirgani va qotillikda ayblangan. Prokurorlar va jabrlanuvchilarning oilalalari o‘lim jazosini istashgan bo‘lsa-da, sud buning o‘rniga uni umrbod ozodlikdan mahrum etgan. Kim 2004-yil 31-avgust kuni Chindju shahrida surunkali kasallikdan vafot etgan.

    AQSH maxfiy ma’lumotlarini tarqatgan Wikileaks

    2010-yil g‘arbning beshta yetakchi ommaviy axborot vositasida bir vaqtning o‘zida Vashington diplomatiyasiga oid ma’lumotlar e’lon qilingan. AQSH Davlat departamentiga tegishli 251 287 ta hujjatdan iborat maxfiy materiallar Amerika tashqi siyosati to‘g‘risida yoqimsiz manzarani hosil qilgan. Butun dunyo bo‘ylab AQSH elchixonalariga kelgan telegrammalar Wikileaks internet-platformasi orqali barchaga oshkor bo‘lgandi. Oldinlari hech qachon jurnalistlar qo‘liga bunchalik ko‘p maxfiy ma’lumotlar kelib tushmagan.

    Foto: AP Photo

    Wikileaks’ga Germaniyada Der Spiegel jurnali sheriklik qilgan va u sodir bo‘lgan voqeani “AQSH tashqi siyosatidagi yirik falokat” deb ta’riflagandi. Chunki sizdirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, Vashington o‘z diplomatlariga BMT xodimlarini — hatto bosh kotibini ham kuzatishni topshirgan. Wikileaks’da chop etilgan materiallarda arab davlatlari Eron yadroviy obyektlariga zarba berishni talab qilgani, Pekin Shimoliy Koreya diktatori Kim Chen Irga boshqa sabr qilishni istamayotgani va dunyoning ko‘plab siyosatchilariga berilgan o‘ziga xos baholarni o‘qish mumkin edi.

    Julian Assanj Wikileaks’ni 2006-yilda ishga tushirgan, biroq platforma oradan to‘rt yil o‘tgachgina muvaffaqiyatga erishgan. 2010-yil aprelida e’lon qilingan videoda bundan uch yil oldin AQSH armiyasi vertolyotlari Bog‘doddagi tinch aholi, jumladan, ikki nafar Reuters jurnalistining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni qanday uyushtirgani tasvirlangan edi.

    Xalqaro OAVlar bilan hamkorlikda e’lon qilingan “Afg‘on urushi kundaliklari” va “Iroq ishi” materiallari AQSH Davlat departamenti va Pentagonning asl yuzini ochib bergandi. 2011-yil kuzda Wikileaks AQSHga kelgan barcha diplomatik telegrammalarni e’lon qiladi.

    Aynan Wikileaks sabab arab davlatlarida, masalan, Tunisda hokimiyatni suiiste’mol qilish va korrupsiya faktlariga oid tafsilotlar ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, milliy hukumatlarning asl maqsadlari ommaga e’lon qilgan gap-so‘zlaridan muntazam farq qilib kelgani ayon bo‘lgandi.

    Wikileaks tomonidan AQSH hukumati qing‘irliklarining fosh etilishi o‘z navbatida jurnalistikaga ham ta’sir o‘tkazmay qolmagan. Chunki mazkur voqealardan keyin OAV sohasida xalqaro hamkorlik degan tushuncha paydo bo‘lgan.

    Platforma o‘zini mashhur qilgan 2010-yildagi materiallarni Chelsi Menningdan olib kelgan. U vaqtlarda erkakning ismi Bredli Menning bo‘lgan va u AQSHning Iroqdagi harbiy xizmatchisi sifatida Amerika administratsiyasi ma’lumotlar bazasidan foydalana olgan.

    Foto: AP Photo

    “Agarda sizda misli ko‘rilmagan maxfiy ma’lumotlar saqlanadigan tarmoqqa kirish imkoniyati bo‘lsa va u Vashingtonning qorong‘i server xonalarida emas, balki jamoatchilikka e’lon qilinishi kerak bo‘lgan narsalar ekanini bilib turganingizda nima qilardingiz?”, — deya so‘ragandi Menning amerikalik xaker Adriana Lamodan. Shuningdek, u Davlat departamentiga dunyoning turli elchixona va konsulliklaridan kelgan chorak million telegrammalar haqida gapirgan.

    Menning Lamoga ishonish mumkin deb xato o‘ylagandi: xaker informatorni sotib qo‘ygan. Tez orada u hibsga olingan va harbiy sud erkakni 35 yilga ozodlikdan mahrum etgan, ammo yetti yildan keyin Chelsi Menning jinsini o‘zgartirgan hamda afv etilgan.

    Klintonning holat bo‘yicha birinchi munosabatini 2010-yil 29-noyabrda Vashingtondagi nutqida bildirib, buni “xalqaro hamjamiyatga hujum”, deb atagan. Wikileaks’ga Amazon’da xosting berilmay qo‘ygan; Paypal, Mastercard va Visa platformaga xayriyalar amalga oshirishni to‘xtatgan; Wikileaks saytini bir necha bor ishdan chiqarishga urinishgan; amerikalik siyosatchilar Wikileaks platformasini “terrorchilik tashkiloti” deya atay boshlagan.

    Eslatib o‘tamiz, Assanj 2019-yil aprelidan beri Londonda hibsda saqlanmoqda. Bungacha Assanj unga siyosiy boshpana bergan Ekvador elchixonasida yetti yil yashagan. O‘sha paytda Britaniya sudi uni Shvetsiyaga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida iltimosnomani ko‘rib chiqayotgan edi: u yerda Assanj bir ayolni zo‘rlashda ayblangan.

    Foto: AP Photo

    Ammo Wikileaks asoschisi aslida Shvetsiya uni AQSHga topshirmoqchi deb ishongan. Assanj elchixonada yashagan vaqtida Shvetsiyadagi ayblovlar yakunlangan.

    Assanjni AQSHga topshirish bo‘yicha tinglovlar 2020-yil fevral oyida boshlangan. Uzoq davom etgan sud jarayonlari yakuniga ko‘ra, 2022-yil 17-iyun kuni Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilishga qaror qilgan.

    AQSHda Assanj 175 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. U maxfiy ma’lumotlarni noqonuniy ravishda olishda (17 punkt bo‘yicha, har biri uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan), shuningdek, kompyuterga xakerlik hujumi (5 yilgacha qamoq jazosi) bo‘yicha ayblangan.

    Maydonda namoyishchilarning otilishi

    2014-yil 18-fevral kuni Kiyevda norozilik namoyishchilari va kuch tuzilmalari vakillari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich mamlakatdan qochib ketgan, Rossiya Qrimni anneksiya qilgan va mamlakat janubi-sharqida uzoq yillardan beri davom etayotgan mojaro boshlangan.

    Foto: Zugunder

    Ukraina hukumati tomonidan Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida assotsiatsiya shartnomasi imzolanishining to‘xtatib qo‘yilishiga qarshi ommaviy norozilik 2013-yil noyabrida Kiyev markazida boshlangan edi. Bir necha oy davomida olamonni tarqatishga urinishgan, noqonuniy mitinglar o‘tkazish bo‘yicha javobgarliklar kuchaytirilgan, Viktor Yanukovich muxolifat bilan muzokaralar o‘tkazgan va hatto koalitsiya hukumatini shakllantirishga va’da bergan. Ammo 18-fevral kuni vaziyat keskin tus olgan.

    Erta tongdan namoyishchilar Maydondan Oliy Rada tomon harakatlanishni boshlagan — tashkilotchilar buni “tinchlik yurishi” deb atagandi. U “maydonchilar” va kuch tuzilmalari vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda aylanib ketgan. Minglab mitingchilar Institut ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan, keyin huquq-tartibot organlarining to‘siqlarini bosib o‘tgan va Ukraina hukumati hamda Oliy Rada joylashgan Grushevkiy ko‘chasiga chiqib borgan.

    O‘sha kuni yuz bergan to‘qnashuvlar davomida namoyishchilar ichida yonuvchan suyuqlik bor butilkani Lipsk ko‘chasidagi Viloyatlar partiyasi ofisiga uloqtiradi va u yerda yong‘in yuzaga keladi. Hodisa oqibatida ofisning bir xodimi halok bo‘lgan. Kechga borib kuch tuzilmalari namoyishchilarni Maydon ichiga siqib borgan, shundan keyin shturm boshlangan — hukumat buni antiterrorchilik operatsiya deb atagandi.

    Barrikadalar yongan. Maydon lageri va namoyishchilar o‘z gospitali joylashgan Kasaba uyushmalari uyida yong‘in chiqqan. Maydondagi to‘qnashuv oqibatida 18 faol halok bo‘lgan yana 500 nafari yaralangan.

    Foto: Zugunder

    19-fevralga o‘tar kechasi tuni bilan qarama-qarshiliklar davom etgan. Erta tongda namoyishchilarga viloyatlardan yetib kelgan yordam kuchlari qo‘shilgan, ular maydon bo‘ylab o‘z pozitsiyalarini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ladi.

    Shturmdan keyin muxolifat yetakchilari yana bir bor o‘sha vaqtdagi prezdient Viktor Yanukovichning oldiga muzokaraga borgan. Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar yarashishga kelishib olgani sabab Maydonda boshqa shturm bo‘lmasligi ma’lum qilingan.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 18—19-fevral kunlari 17 nafar namoyishchi halok bo‘lgan, ularning 200 dan ortig‘i jarohat olgan.

    20-fevralga kelib Maydondagi vaziyat barqarorlashgan, ammo tongda Institut ko‘chasida yana to‘qnashuvlar yuzaga kelgan. Keyinroq “Burgut” maxsus kuchlari Maydondan chekinishni boshlagan. Namoyishchilar buni oldinga siljish deya qabul qilib, harakatni davom ettirgan.

    Foto: Zugunder

    Faollar ko‘cha bo‘ylab tepaga ko‘tarilayotganida o‘qqa tutilgan — o‘nglab insonlar hodisa joyida halok bo‘lgan. Bu vaqtga kelib Kasaba uyushmalari uyidagi yong‘in o‘chirilgan. Viloyatlardan namoyishchilar ortilgan avtobuslar kelishni davom etgan. Maydon sahnasidan turib Institut ko‘chasidagi otishmada ko‘pchilik yaralangani ma’lum qilingan. “Yevromaydon” safarbarlik e’lon qiladi.

    Shu kuni namoyishchilar nafaqat Institut ko‘chasi va Oktabr saroyi oldida, balki Maydonning boshqa qismlarida ham halok bo‘lgandi. Kiyevga yetib kelgan Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi kun davomida muxolifat va Viktor Yanukovich o‘rtasida muzokaralar o‘tkazgan. Muzokaralar davom etayotgan bir vaqtda Institut ko‘chasida o‘nlab o‘lim holatlari qayd etilgan.

    Foto: Zugunder

    21-fevral tongida Viktor Yanukovich muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini e’lon qilishga tayyorligini bildirgan. Shu kuni kuch tuzilmalari va maxsus texnikalarning katta qismi hukumat dahasidan chiqib ketgan. Tushga borib prezident va muxolifat yetakchilari Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamrohligida inqirozni tartibga solish to‘g‘risida bitimni imzolagan. Namoyishlar fonida Viktor Yanukovich kechga borib qo‘riqchilari bilan Xarkovga, u yerda Qrim orqali Rossiyaga qochib ketgan.

    Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 2014-yil 18-fevraldan 20-fevralga qadar Maydonda 83 nafar faol halok bo‘lgan.

    18.02.2023, 10:26   Izoh (0)   9184
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rimda gulxanga tashlangan Jordano Bruno, barcha uchun o‘z eshiklarini ochgan Ermitaj va imperator Aleksandr II ga uyushtirilgan beshinchi suiqasd. Kun xronologiyas...

    17.02.2023, 09:48

    Turkiyadagi zilzila vaqtida derazadan uchib ketgan telefon bir oilaning hayotini saqlab qoldi

    18.02.2023, 09:31

    Pokistonda qurollangan jangarilar politsiya bo‘limini egalladi, xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    17.02.2023, 23:56

    “Ukraina so‘nggi bekat emas”: Zelenskiy Putin sobiq sovet davlatlarini nishonga olishini aytdi

    17.02.2023, 23:20

    Narkotikni aniqlaydi: Xitoyda politsiya olmaxonlardan iborat otryad tuzdi (video)

    17.02.2023, 22:50

    “Daryo kundaligi”da 17-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar 

    17.02.2023, 22:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.