• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Shols Erdo‘g‘onni ko‘ndirgan bo‘lishi mumkin” – ekspert

    Joriy yilning 16–17-noyabr kunlari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Germaniyaga ishchi tashrif bilan bordi va kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ikki lider ishtirokida o‘tkazilgan press-konferensiyada Falastin va Isroil o‘rtasida kechayotgan urush mavzusi ko‘tarildi. Germaniya kansleri Olaf Shols Isroil o‘zini himoya qilayotganini aytgan bo‘lsa, Turkiya prezidenti G‘azo sektorida minglab insonlar qurbon bo‘layotganini taʼkidladi. Xo‘sh, Erdo‘g‘on nima sababdan Germaniyaga bordi? Ushbu uchrashuv Yaqin Sharqdagi urushga qanchalik bog‘liq?

    “Daryo” ushbu mavzuda siyosatshunos Ravshan G‘oziyev bilan suhbatlashdi.

    – Turkiya va Germaniya yetakchilari dunyodagi geosiyosiy vaziyat o‘ta keskin pallaga kirgan vaqtda uchrashdi. Uchrashuv har ikki tomon uchun qay darajada muhim edi?

    – Ushbu uchrashuv ham Turkiya, ham Germaniya uchun juda muhim edi. Chunki hozir jahon siyosiy sahnasida keskinlik ortib ketgan. Shu vaziyatda yetakchi davlat rahbarlarining uchrashuvi ko‘plab masalalarga oydinlik kiritadi. Turkiya prezidentining Germaniyaga borishiga ham bir qancha sabablar mavjud. Xususan, birinchi galda Yaqin Sharqda yuz berayotgan Falastin-Isroil urushi. Ikkinchi sabab – biroz muzlab qolgan Ukraina-Rossiya urushi. Yaʼni Yevropada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun ikki lider o‘rtasidagi uchrashuv juda muhim!

    Bundan tashqari, Yevropa va ayniqsa Germaniya uchun dolzarb bo‘lgan qochoqlar masalasi ham bor. Mana shu mavzuda Turkiya va Germaniya o‘zaro kelishib olgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Shols va Erdo‘g‘on davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ikki tomonlama munosabatlarni ham muhokama qilgan.

    Suhbat davomida
     
    Foto: “Daryo”

    Yana bir muhim masala bu – Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lishi. Ushbu masala Germaniya tashqi siyosatida muhim o‘rin tutadi. Turkiya Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi borasida AQSH, Yevropa va Shvetsiyaning oldiga maʼlum bir shartlarni qo‘ygan. Hozircha Turkiya bu masalani muzlatib turibdi. Jarayonning sekinlashishi NATOga aʼzo davlatlar o‘rtasida muammo keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham G‘arb ushbu masalani tezroq hal qilishga intilmoqda. Albatta, bu narsadan Turkiya “ko‘zir” sifatida foydalanadi. Turkiya va Germaniya liderlarining uchrashuvi yuqoridagi masalalar bilan bevosita bog‘liq edi.

    – Turkiya G‘arbni oldiga qanday talablarni qo‘ygan?

    – Turkiyaning talablari ko‘p. Masalan, Shvetsiyaning o‘ziga qo‘yilgan talablardan biri – Kurd ishchi partiyasi (PKK)ning yetakchilarini Shvetsiyadan chiqarib yuborish va moliyalashtirishni to‘xtatish. Chunki G‘arb bu partiyani moliyaviy dastaklaydi. Bundan tashqari, Turkiya zamonaviy harbiy texnika sotish masalasida AQSH, Germaniya va Shvetsiyaga talab qo‘ygan. Turkiya NATO aʼzosi bo‘lsa-da, G‘arb unga qurol-yarog‘ sotishni to‘xtatib qo‘ygan.

    – Adashmasam, Germaniya Turkiyaning bu masaladagi so‘rovini javobsiz qoldirdi.

    – Germaniya Eurofighter Typhoon deb nomlangan qiruvchi samolyot ishlab chiqaradi. Turkiya shu samolyotni olish uchun bir necha yillardan beri harakat qiladi. Biroq Germaniya bu masalani paysalga solmoqda. Hozir Turkiya uchun havo xavfsizligini taʼminlash o‘ta muhim.

     
    Eurofighter Typhoon
    Foto: Pinterest

    Agar eslasangiz, Turkiya F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish masalasida ham Qo‘shma Shtatlar bilan kelisha olmagan edi. Turkiya F-35 samolyotini ishlab chiqarish bo‘yicha 1 milliard dollarlik loyihada qatnashib, investitsiya kiritgandi. Ammo AQSH Kongressi Turkiyaga qiruvchi samolyotlarni sotishni taqiqlab qo‘ydi. Hokimiyatga Jo Bayden kelgach, bu masala biroz yumshadi. Bayden maʼmuriyati Turkiyaga F-35 samolyotining o‘rniga, F-16 samolyotlarini sotishga rozi bo‘ldi. Biroq AQSH hali ham buni ortga surib kelmoqda. Turkiya va AQSH birigina F-16 masalasida emas, balki “Patriot” masalasida ham kelisha olmagan. AQSH o‘zining “Patriot” tizimini Turkiyaga sotmagach, Turkiya Rossiyadan S-400 havo xavfsizlik sistemasini sotib olgandi.

    Turkiyaning atrofi juda notinch. Xususan, Suriya, Rossiya-Ukraina, Qorabog‘ va Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan notinchliklar Turkiyani o‘z xavfsizligini o‘ylashga majbur qiladi. Buning uchun Turkiyaga zamonaviy qurol-yarog‘ kerak. Germaniya bo‘lsa hali Turkiyaga aniq javob aytmadi.

    Erdo‘g‘on “agar Germaniya qiruvchi samolyotlarini sotmasa, biz boshqalarga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz”, – deya ta’kidladi.
    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Germaniya kansleri Olaf Shols
     
    Foto: dirilispostasi.com

    Agar G‘arb Turkiya so‘ragan qurollarni bermasa, Turkiya alternativ yo‘llarni izlashga majbur bo‘ladi. Turkiya Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyotlarini sotib olishi mumkin. Bu Yevropa va NATO uchun manzur bo‘lmasligi aniq. Shu sababdan ham AQSH va Yevropa Turkiyaga qatʼiy yo‘q degan javobni bermayapti. Agar G‘arbdan shunday javob berilsa, Turkiya o‘ziga kerak bo‘lgan qurollarni Rossiya yoki Xitoydan oladi. Xitoy va Rossiyaning qurollari esa NATO standartlariga mos kelmaydi. Masalan, Turkiya Rossiyaning S-400 kompleksini ishga tushirsa, kompleks mintaqadagi NATO bazalari haqidagi maʼlumotlarni olib, Rossiyaga jo‘natib yuborishi mumkin. Tabiiyki, bu narsa NATO uchun juda katta xavf. Shuningdek, Turkiyada NATOning uchinchi eng katta aviabazasi (Incirlik) joylashgan.

    – Shols va Erdo‘g‘on yopiq eshiklar ortida nimalarni muhokama qilgan bo‘lishi mumkin?

    – Menimcha, ikki lider yopiq eshiklar ortida birinchi galda Yaqin Sharq masalasini muhokama qilgan. Olaf Shols Turkiya prezidentini bosiqlikka chaqirgan bo‘lishi mumkin. Xususan, ayrim ommaviy vositalari “Shols Erdo‘g‘onni HAMAS qo‘lidagi isroillik asirlarni ozod qilishda vositachi bo‘lishga ko‘ndirdi” deb yozdi. Bundan tashqari, Ukrainadagi bug‘doy masalasi ham bor. Albatta, bu masalalarni hal qilish uchun Erdo‘g‘on o‘z talablarini ham qo‘ygan. Masalan, 2016-yil Turkiyada harbiy to‘ntarish sodir etgan FETO harakatining vakillari Germaniyada faoliyat yuritadi. Hatto, ularning Germaniyada maktablari ham bor. Turkiya bir necha marotaba Germaniyadan shu maktablarni yopishni so‘ragan. Biroq Germaniya maktablarni yopmagan edi. Olaf Shols va Erdo‘g‘on mana shu masalalarni muhokama qilgan bo‘lishi mumkin.

    – Germaniya uchun Turkiya nima uchun muhim?

    – Germaniya uchun Turkiya juda muhim davlat hisoblanadi. Tarixiy jihatdan ham olib qaralsa, Germaniya va Turkiya munosabatlari ancha yaxshi bo‘lgan. 1877–1878-yildagi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi Qrim mojarosini hal qilishda Germaniya vositachilik qilgan. Hatto Otto fon Bismark mojaroni Turkiya foydasiga hal bo‘lishida katta rol o‘ynagan. Bundan tashqari, Germaniya va Turkiya Birinchi jahon urushida ittifoqchi bo‘lgan.

    Hozirda Germaniyada 4 millionga yaqin turkiyalik ishchilar bor. Bundan tashqari, ikki mamlakat fuqaroligini qabul qilgan insonlar ham ko‘p. Albatta, bular Germaniyada bo‘ladigan saylovlarga taʼsir ko‘rsata oladi. 

    Germaniya va Turkiya o‘rtasida yana bir asosiy masala – bu iqtisod. 2022-yilda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 45 milliard dollardan oshgan. Bu juda katta raqam! Masalan, Turkiyaning tashqi savdosida Germaniya birinchi o‘rinda turadi. Har yili Turkiya 20 milliard dollarga yaqin mahsulotlarini Germaniyaga eksport qiladi. Shuningdek, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lish harakatlari hali to‘xtagani yo‘q. Hozir Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘zaro bojxona ittifoqiga kirishgan. Bir so‘z bilan aytganda, Turkiya ko‘p masalalarda Yevropa bilan integratsiyaga kirishgan.

    – Erdo‘g‘on va Shols ishtirokida kechgan press-konferensiyada ikki lider Yaqin Sharqda kechayotgan Falastin-Isroil urushi haqida bayonotlar berdi. Ular aytgan so‘zlar bir-biriga qarama-qarshi bo‘ldi. Buni qanday izohlash mumkin?

    – Bu kutilgan holat edi. Germaniya Turkiya prezidentini juda katta bosim bilan qabul qildi. Chunki Erdo‘g‘on keskin bayonot berishi mumkin edi. Shuning uchun kansler Olaf Shols va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan ehtiyotkorlik bilan muloqot olib bordi. Lekin press-konferensiya vaqtida Olaf Shols va Erdo‘g‘on bergan bayonotlar bir-biriga qarama-qarshi bo‘ldi. Bu tabiiy holat edi. Turkiya prezidenti yana ham qaltis gaplarni aytmadi.

    – Turkiya prezidenti Isroil-Falastin urushi borasida qaltis bayonotlar beryapti. Lekin Turkiya hali Isroilga taʼsir ko‘rsatish uchun amaliy harakatlarni qo‘llamadi. Turkiyada Isroilga taʼsir ko‘rsatuvchi “richag”lar bormi?

    – Turkiyada Isroilga taʼsir ko‘rsatuvchi “richag”lar bor. Masalan, Turkiyadagi NATOning aviabazasi butun Yaqin Sharqdagi xavfsizlikni taʼminlaydi. AQSHning Isroil xavfsizligi taʼminlash uchun yuborgan harbiy kemalari aynan Ijirlikdagi harbiy bazadan yoqilg‘i oladi. Bundan tashqari, Turkiyaning Malatya shahrida NATOning radiolokatsion tizimi o‘rnatilgan. Bu narsa bevosita Isroilni xavfsizligini taʼminlaydi.

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Falastin borasida aytayotgan so‘zlari mintaqadagi muammoni kuchaytirib yuborishi mumkin. Shu sababdan ham G‘arb davlatlari Turkiyani bosiqlikka chaqirmoqda. Chunki bu mojaroni keskinlashishi hech kimga foyda keltirmaydi. To‘g‘risini aytganda, G‘azodagi vaziyat Turkiyaning urushga kirishi uchun sabab bo‘la olmaydi. Erdo‘g‘on nima uchun Germaniyaga bordi? Hozir Turkiyada iqtisodiy holat o‘g‘ir, inflyatsiya yuqori. Turkiya buni faqatgina Yevropa investitsiyasi orqali qoplay olishi mumkin. Chunki Turkiyaga boshqa yordam beradigan davlat yo‘q. Shu sababdan Turkiya prezidenti Germaniyaga bordi.

    Turkiya o‘zining geografik joylashuvidan o‘ta mohirlik bilan foydalanadi. Hozir Yevropa mamlakatlari ichida hech kim Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplasha olmaydi. Erdo‘g‘on Yevropa va Rossiya o‘rtasida vositachi rolini o‘ynamoqda. Olaf Shols va Erdo‘g‘on uchrashuvi ham mana shu muammolarning yechimini topishga qaratilgan.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    21.11.2023, 20:00   Izoh (0)   12272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erdo‘g‘on G‘azo sektoridagi urush bo‘yicha AQSHga shart qo‘ydi

    12.11.2023, 22:45

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilni terrorchi davlat deb atadi

    15.11.2023, 18:20

    Erdo‘g‘on Falastin muammosini hal qilish yo‘lini aytdi

    18.11.2023, 09:45

    Isroil Al-Shifo kasalxonasi ostidagi HAMAS tunnelini ko‘rsatdi (video)

    21.11.2023, 19:40

    “Bunday konfliktlarda sehrli tayoqcha bo‘lmaydi”: Pentagon rahbari Ukrainani og‘ir kurash kutayotganini aytdi

    21.11.2023, 18:40

    HAMAS yetakchisi Isroil bilan yaqin orada sulhga erishishlarini aytdi

    21.11.2023, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronga qarshi urushda kuniga qancha mablag‘ sarflamoqda?

    Dunyo | 20 iyun, 09:13

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. Messining jarimadan kiritgan goli “Inter Mayami”ga g‘alaba taqdim etdi, “PSJ” esa kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi (video)

    Sport | 20 iyun, 08:45

    Eron tashqi ishlar vaziriga suiqasdning oldi olindi

    Dunyo | 20 iyun, 08:27

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.