Farg‘ona viloyatida Koreyaga ishga jo‘natishni aytib fuqaroning pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida 2018-yilning iyun oyida E.N. ismli shaxs fuqaro N.S.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali Janubiy Koreya davlatiga ishga jo‘natishini aytgan. Evaziga 9200 dollar pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U. sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreya yoki AQSHga ishga jo‘natishni va’da qilib, uni 12,7 ming dollarga chuv tushirgan shaxs ushlandi
- Toshkentda fuqaroni 4 ming dollar evaziga Shvetsiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs aniqlandi
- Andijonda fuqarolarni Polshada ishlashga noqonuniy jo‘natish bilan shug‘ullangan firma aniqlandi