• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shvetsiyada hayot, xarajat va daromad, farzandlar kelajagi haqida. Shahrisabzlik pitssa tayyorlovchi yigit hikoyasi (video)

    Bloger Bobur Umurzoqov “Daryo” sayti uchun Shvetsiyadagi hayot tarzi haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlamoqda. Muallif ushbu davlatda o‘qish va ishlash uchun borgan hamyurtlarimiz bilan suhbatlashib, qanday hujjatlar asosida xorijga kelishgani, oylik maoshlar, sharoitlar, kamchilik va afzalliklar nimada ekanligi haqida suhbat qurdi.

    Ko‘rsatuvning ilk qahramoni — shahrisabzlik Farrux Urunov. U 12 yildan buyon Shvetsiyada oilasi bilan yashaydi.

    — O‘n ikki yil avval Daniyaga bir oylik turistik viza asosida kelganman. 6-7 yil noqonuniy yurib, 2019-yilda ilk vizamni olganman. Hozirgi kunda noqonuniy ishlayotgan muhojirlar uchun qonunlar ancha qattiqlashgan, ammo u paytda vaziyat biroz boshqacha edi. Hujjatlarim yo‘qligida meni 3-4 marta ko‘chada politsiya to‘xtatgan, ammo tushuntirish ishlarini olib borib qo‘yib yuborgan. Hozir esa darrov deport qiladi, yaʼni hujjati yo‘q bo‘lsa, u inson bu yerdan ketishi kerak.

    2020-yili O‘zbekistonda uylanib, besh oydan keyin ayolimni ham Shvetsiyaga olib keldim. Ikki farzandim bor, ularning ikkisi ham shu yerda dunyoga keldi. Hozir o‘g‘il-qizim bog‘chaga borishadi, ayolim esa uy bekasi.

    Ishga joylashishda qanday qiyinchilikka uchragani va oylik maoshi haqida

    Foto: “Daryo”

    — Bu yerga kelganimda bor-yo‘g‘i 18 yoshda edim. O‘zbekistonda elektrotexnika sotadigan do‘konda sotuvchilik qilardim. Bu yerga kelganimda qurilishga ishga joylashdim. Devorlarni buzishim kerak edi, ammo yosh bo‘lganim uchunmi, u ishda ishlolmadim. Ertasi kuni ishlamayman desam, ishchi kuchi kerakligi uchunmi, quruvchiga yordamchi sifatida yana chaqirishdi. Bir hafta ishlab, keyin bormayman dedim. Chunki Shvetsiyaning ob-havosi o‘zgacha — qishda juda sovuq bo‘ladi. O‘sha paytda menga sovuqda ishlash va erta tongda uyg‘onish yoqmagandi. Keyin pitssaxonaga ishga kirganman, ammo hujjatlarim bilan bog‘liq muammo uchun ishdan bo‘shatishgan. Keyin majburlikdan avtomobil yuvish shoxobchasiga ishga kirdim va ikki yil mobaynida ishladim. Keyin pitssaxonaga joylashdim va u asosiy kasbimga aylandi. Bu yerda uchta qashqadaryolik o‘zbek ishlaymiz. Haftada besh kun ishlayman va 2200 AQSH dollari maosh olaman. Nolimayman, qishda issiq, yozda salqin xonada tirikchilik qilyapman, deydi Farrux Urunov.

    Farzandlar tug‘ilishi va tug‘uruqxona xarajatlari haqida

    Foto: Yandex.ru

    — Farzandlarimizning xorijda tug‘ilishi hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q. Ayolim ikkimizning hujjatlarimiz joyida bo‘lgani uchun hali bolamizning tug‘ilish vaqti kelmasidan bizga biriktirilgan tibbiyot xodimlari qachon, qaysi tug‘uruqxonaga borishimizni belgilab, navbat olib qo‘ygan. Ayolimning ko‘zi yorigach, 120 kron (taxminan 10 dollar) to‘ladim, xolos. Ammo uyga qaytganimdan keyin 350 kronlik to‘lov xabarnomasi keldi. Keyin bilsam, bu to‘lov ayolimga qarash uchun bir kecha uning yonida qolganim uchun ekan. Ammo bundan boshqa hech qanday to‘lov qilganimiz yo‘q.

    Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi va bolalarga O‘zbekiston fuqarolik pasportini oldik. Shu bois farzandlarimizning ona yurtga borib-kelishlarida ham hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q.

    Bog‘cha xarajatlari va bola puli haqida

    Foto: “Daryo”

    — Bitta bolaning bog‘cha xarajati 650 kron, ikkoviga taxminan 120 dollar atrofida to‘lov qilaman. Bundan boshqa hech qanday to‘lov yo‘q, hatto ularga ishlatiladigan tagliklar ham bog‘cha hisobidan beriladi. Bu yerda har bir bolaga 1250 krondan bola puli beriladi, ikkita bolamga 2500 kron nafaqa olamiz. Pulni olish uchun hech qanday hujjat topshirilmaydi, tug‘ilganlik haqidagi maʼlumot qayd etilsa, o‘sha bola nomiga 18 yoshiga qadar pul ajratiladi.

    Keyin bu yerda onadan tashqari, bolalarga qarash uchun otalik taʼtili ham belgilangan. 10 kunlik ta’til oldim va hisobimga bolalarimga qaraganim uchun 700 AQSH dollari miqdorida pul tashlab berishdi, deydi Farrux Urunov.

    Shvetsiyaning plyus va minuslari haqida

    Foto: “Daryo”

    — Besh yilga yaqin navbatda turib, shartnoma asosida davlatdan ikki xonali uy olganman. Uy o‘z nomimga chiqqan va shartnoma asosida oyiga 7500 kron to‘layman. Bundan tashqari, elektr, internet xarajatlari bilan oyiga 1000 dollar uy uchun sarflayman. Ro‘zg‘or uchun esa taxminan 600 dollar ajrataman. Ayrimlar oziq-ovqat qimmat deyishadi, ammo men bunday deb hisoblamayman. Bu yerdagi narx-navo oladigan oylik maoshimizga yarasha.

    Tibbiyot xizmatlari esa bepul, ayniqsa, bolalarimning salomatligiga hamisha eʼtibor berishadi. Farzandlarim doimo shifokor nazoratida. Agar belgilangan vaqtda men ularni ko‘rikka olib bormasam, jarima to‘layman.

    Farzandlarining yevropacha tarbiyasi va vatanga qaytish haqida

    Foto: “Daryo”

    — Rangim, millatim boshqa. O‘n ikki yildan buyon Shvetsiyada ishlayotgan bo‘lsam, birorta shveddan “Sen kelgindisan” degan gapni eshitganim yo‘q. Agar ular millat ajratganida, birortasi kelib qo‘limdan pitssa yeyishmagan bo‘lardi. Bu yerda odam ajratishmaydi va hammaning hurmatini joyiga qo‘yishadi. Davlat tomonidan bolalarimga yaxshi qarashayotgani uchun ulardan minnatdorman. Ob-havosining biroz noqulayligini aytmasa, bu yerda boshqa kamchilik ko‘rganim yo‘q. Farzandlarim biroz katta bo‘lganidan keyin oilam bilan, albatta, O‘zbekistonga ketaman. Chunki ularning yevropacha tarbiya olishidan qo‘rqaman.

    Videoni to‘liq holda tomosha qiling.

     

    24.10.2024, 12:15   Izoh (1)   12823
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shvetsiya#sayyoh#muhojir

    Izoh (1)

    Kirish
    1. dilabotirova846@gmail.com / 25 yanvar, 00:54

      Ман хам борсам буладими шартлари кандай илтимос айтинг

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzbekistan’s Club xorijdagi talabalar haqida hujjatli film suratga oldi

    16.09.2023, 19:29

    Kamila Erkaboyeva: Chilonzordan Lordlar palatasigacha bo‘lgan yo‘l

    14.03.2024, 19:02

    Otabek Nuritdinovning burilishlarga boy hayot yo‘li

    14.03.2024, 22:25

    “Toshkentga qaytib borsam, oilam bag‘rida norin va patir yesam, o‘zimni chindan baxtli hisoblayman” – oftalmolog Shohista Saidqosimova

    24.03.2024, 20:53

    “O‘zbekiston bozori zabt etildi. Endi navbat AQSHga” — uzoq marrani ko‘zlagan o‘zbek tadbirkori hikoyasi

    01.04.2024, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.