Shvetsiya prokuraturasi ikki erkakni Rossiya Federatsiyasi foydasiga josuslik qilganlikda aybladi. Bu haqda Shvetsiya prokuraturasiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Milliy xavfsizlik bo‘limi prokurorlari Pyer Lindkvist va Mats Jungkvist bugun ikki kishini Rossiya foydasiga yirik josuslikda aybladi. Ulardan biri muhim maxfiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishda ham ayblanmoqda, deyiladi prokuratura hisobotida.
Ayblanuvchilardan biri 2014 yildan 2015 yilgacha Shvetsiya xavfsizlik xizmatida, undan oldin esa Shvetsiya Qurolli kuchlarida ishlagan. Maxfiy ma’lumotlarni to’plash mehnat muddati davomida sodir bo’lgan deb taxmin qilinmoqda.
Bosh prokuror Pyer Lindkvist bayonotida bu harakat jiddiy jinoyat hisoblanishi, chunki bu ma’lumot orqali xorijiy davlat Shvetsiyaga zarar etkazishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Bu ikki erkak 2021-yil sentabr va noyabr oylaridan beri hibsda saqlanmoqda, ularning fuqaroligi hisobotda ko‘rsatilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil Bolgariya harbiy prokuraturasi olti nafar amaldagi va iste’fodagi harbiy xizmatchini Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblagandi. Harbiy sudga yo‘llangan ayblovda ishga aloqador shaxslar maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish va xorij davlatiga topshirish bilan shug‘ullangani ko‘rsatib o‘tilgan.
Izoh (0)