O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida, respublika bo‘yicha 59 598 ta nikoh holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Qayd etilgan nikohlarni hududlar kesimi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston R. – 4 011 ta
- Andijon viloyati – 4 422 ta
- Buxoro viloyati – 3 809 ta
- Jizzax viloyati – 1 974 ta
- Qashqadaryo viloyati – 6 352 ta
- Navoiy viloyati – 1 361 ta
- Namangan viloyati – 3 710 ta
- Samarqand viloyati – 6 422 ta
- Surxondaryo viloyati – 5 332 ta
- Sirdaryo viloyati – 1 391 ta
- Toshkent viloyati – 4 355 ta
- Farg‘ona viloyati – 5 648 ta
- Xorazm viloyati – 5 514 ta
- Toshkent shahri – 5 297 ta.
O‘zbekistonda 2025-yilda necha kishi vafot etishi mumkinligi prognoz qilingan edi. O‘zbekistonda o‘limlar soni 2025-yilda 223,9 ming kishini tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,3 yoshni tashkil etadi. Mamlakatda o‘lim holatlarining yarmidan ko‘pi qon aylanish tizimi kasalliklari sabab yuz bermoqda.
2024-yil bo‘yicha
Tug‘ilish statistikasi
2024-yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar bola tug‘ilgan. Shundan 479,5 ming nafari o‘g‘il, qolgan 446,9 ming nafari qizlar. Mamlakatda 2018-yildan beri birinchi marta tug‘ilishning yillik o‘sishi to‘xtagan. O‘tgan yilda tug‘ilganlar soni nafaqat 2023-yil, balki 2022-yil ko‘rsatkichidan ham past bo‘lgan.
Tug‘ilishning kamayishi respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan. Garchi shiddat bilan qisqarayotganiga qaramay, eng yuqori tug‘ilish darajasi Surxondaryoda, eng kam tug‘ilish Qoraqalpog‘istonda. Shaharlarda tug‘ilish qishloqlardan ko‘ra tezroq qisqarmoqda. Xususan, 2023-yilda shaharlarda 480,2 ming bola tug‘ilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 454,5 mingtagacha keskin qisqargan. Qishloqlarda esa 2023-yilda 481,8 ming, o‘tgan yili 471,9 ming chaqaloq dunyoga kelgan.
Nikohlar va ajrashishlar
2024-yilda O‘zbekistonda 271,8 mingta nikoh qayd etilgan. Bu kamida 15 yillik minimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Hatto 2010-yilda ham 292,3 ming nikoh ro‘yxatga olingan. Yaʼni nikohlar aholi soniga mutanosib ravishda o‘smagan.
O‘tgan yil mobaynida nikoh tuzganlarning 136,7 ming nafari (50,3 foiz) shaharlarda, 135,1 ming nafari (49,7 foiz) qishloq joylarida yashovchilar bo‘lgan.
O‘tgan yili nikohlanuvchilarning o‘rtacha yoshi oshishda davom etgan. Yaʼni erkaklarda 27,1 yosh, ayollarda 22,3 yoshga yetgan (2023-yilga nisbatan 0,1 yoshga yuqorilagan).
Nikohlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand (31,4 mingta), Qashqadaryo (29,2 mingta), Farg‘ona (29,2 mingta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Umr ko‘rish davomiyligi
O‘zbekistonda 2024-yilda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi. Mamlakatda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:
- 1991 yilda – 66,4 yosh
- 1995 yilda – 69,1 yosh
- 2000 yilda – 70,8 yosh
- 2005 yilda – 71,8 yosh
- 2010 yilda – 73 yosh
- 2015 yilda – 73,6 yosh
- 2020 yilda – 73,4 yosh
- 2024 yilda – 75,1 yoshni tashkil etdi.
Izoh (0)