• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Demografik o‘sish: iqtisod uchun yukmi yoki imkoniyat?

    Statistika agentligining maʼlumot berishicha, 2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda aholi sonining o‘sishi, o‘tgan yilgiga nisbatan 2,2 foizga pasaygan. Mutaxassislar bunga aholining iqtisodiy imkoniyatlari pasayganini asosiy sabab sifatida ko‘rsatmoqda.

    “Daryo” O‘zbekistonning demografik tendensiyasi va demografik o‘sishning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsiri haqida iqtisodiy va ijtimoiy geografiyadan falsafa doktori, katta ilmiy xodim Nurbek Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdi.

    — O‘zbekiston tarixida eng yuqori demografik o‘sish qaysi davrga to‘g‘ri keladi va ushbu davrda demografik o‘sishga turtki bergan omillar nimalar edi?

    — Fanda “demografik to‘lqin” degan tushuncha mavjud. Bu to‘lqin qaysidir vaqtda ko‘tariladi, qaysidir vaqtda pasayadi. O‘zbekiston aholisining asosiy o‘sish surʼati Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda shiddat bilan o‘sib borgan. Hozirda yillik o‘sish surʼati 2 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. Bu katta ko‘rsatkich emas. Misol uchun, 1970-yillarda O‘zbekiston yillik o‘sish surʼati 3,5 foizni tashkil qilgan. 1976-yilda bir yilda 500 ming chaqaloq dunyoga kelgan. Lekin o‘sha davrda O‘zbekistonning aholisi bor yog‘i 14 million kishini tashkil etgan. Keyinchalik 1991-yilda 700 ming tug‘ilish qayd qilingan. Shundan so‘ng 1991-yildan 2010-yilgacha aholi ko‘payish darajasi biroz pasayib borgan. 2010-yildan keyingi davrda biroz o‘sish kuzatilgan. Bunga yuqorida aytganimdek, “demografik to‘lqin”ning ko‘tarilish va tushish nuqtasi ro‘y bergan.

    Endi aholi sonining o‘sishi nimaga bog‘liq? Bunda bir narsani asosiy omil deb bo‘lmaydi. Bu yerda birinchi o‘rinda tug‘ilish darajasi va nikoh yoshidagi yoshlarning miqdoriga bog‘liq. Birgina misol, 1979-yilda Afg‘onistonda urush boshlanganida askarlikka olish uchun yigitlar ulushi juda kam bo‘lgan. Buning asosiy sababi, o‘sha vaqtdagi bolalarning ota-onalari Ikkinchi jahon urushi davri (1939-1941)ga to‘g‘ri kelib qolgan. Demografiya fanida bu – “kogorta avlod” deyiladi.

    Aholi zichligi
    Foto: Stat.uz

    Mustaqillik yillari va undan keyingi davrda aholining o‘sish suratlarining kamayishiga – iqtisodiy omillar ham taʼsir ko‘rsatgan. Chunki mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy ahvol unchalik yaxshi bo‘lmagan. Bundan tashqari, mustaqillik yillarida aholiga yer berish to‘xtab qolgan. Yaʼni uy-joy qurish bir muncha vaqtga to‘xtagan. Misol uchun, Toshkent shahrida asosiy ko‘p qavatli uylar 70-80 –yillarda qurilgan edi.

    Agar 1-2 yil iqtisodiy ahvol pasaysa bu o‘z navbatida aholi sonini o‘sishiga salbiy taʼsir qiladi. Shuningdek, demografik o‘sishga salbiy taʼsir etayotgan omillardan yana biri – bu migratsiya. Chunki xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketgan yigitlarning asosiy qismi 16-29 yoshni tashkil qiladi. Yaʼni asosan oila qurush yoshidagi yigitlar. Ularni daromad topishi qanchalik yaxshi bo‘lsa, ularning oila qurish va farzand ko‘rish darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Men buni olim sifatida taqqoslab ko‘rganman.

    Yana bir omil, hozir har yili 150-200 ming uy-joy qurilmoqda va bunga qo‘shimcha ravishda uy olish uchun davlat tomonidan kredit hamda subsidiya ajratilmoqda. Yaʼni uy-joy olish imkoniyatlarining oshishi ham ko‘payishga sabab bo‘ladi. Masalan, bitta xonadonda 3 ta oila tiqilib yashasa ko‘payish darajasi qanday bo‘ladi-yu, mustaqil oilada qanday ko‘payish bo‘ladi?

    O'zbekiston aholi soni
    Foto: Stat.uz

    — Statistika agentligining taqdim etgan maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning birinchi choragida tug‘ilishlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 2,2 foizga kamaygan. Jamiyatga hayotiga ham nazar solsak buni yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, 15-20 yil oldin bir oilada 4-5 ta farzand bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi oilalarda 2 ta, uzog‘i bilan 3 ta farzand bor. Tug‘ilish tempining bu darajaga tushishiga nimalar sabab bo‘lmoqda?

    — Mustaqillikdan keyingi davrda oilada farzand ko‘rish miqdori unchalik ko‘p bo‘lmagan. Yaʼni aholining turmush tarzidagi pasayish, keyingi 15-20 yildagi aholi o‘sish suratlariga salbiy taʼsir qiladi.

    Shuningdek, “nikohga kirish yoshi” degan tushuncha bor. Mustaqillik yillarida nikohga kiruvchi yoshlarning yosh oralig‘i 22-23 yosh bo‘lgan. Bugun esa nikohga kirish yoshi oshib bormoqda. Hozir nikohga kiruvchi yigitlarning yosh oralig‘i 26-27. Hatto, 30 yoshga kirib oila qurmasdan yurgan yigitlar qancha?! Bu ham demografik o‘sishni sekinlashtiruvchi omillardan biri.

    — Nikohga kiruvchi yoshlarning yosh ko‘rsatkichlarining ko‘tarilib borishiga nima sabab bo‘ldi?

    — Bunga asosiy sabablardan biri – 16 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yosh yigitlarning xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketgani. Taxminan, ularning soni 2 million kishini tashkil qiladi. Bundan tashqari, oliy ta’limga intilish ham nikohga kiruvchi yoshlarning yosh ko‘rsatkichlarini ko‘tarib yuborgan. O‘zingiz o‘ylang, universitetda tahsil olayotgan talabaning oila qurishi osonmi yoki o‘qimayotgan bolaning oila qurishi? oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar, “oldin o‘qishni bitirib olay” deydi. Misol uchun, oldinlari oliy ta’limga 60-70 ming talaba qabul qilingan. Hozir oliy ta’limga 250-300 ming talaba qabul qilinmoqda. Ta’limga intilish ham demografik o‘sish suratlarini pasaytiradi. Shuningdek, hozir oilada yoshlar avvalgiga qaraganda ancha mustaqilroq.

    Demografik statistika
    Foto: Stat.uz

    — Demografik o‘sish borasida dunyo olimlarida turlicha qarashlar mavjud, Misol uchun, bir guruh olimlar demografik o‘sish mamlakat iqtisodiyotiga katta bosimlarni olib kelishini ta’kidlaydi. Boshqa guruh esa demografik o‘sishni imkoniyat deb baholaydi. Sizning-cha, aholining o‘sishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? Demografik o‘sishdan foydalana olgan mamlakatlar mavjudmi va bunda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

    — Dastlab, demografik o‘sishning ijobiy va salbiy tomonlarini sanab o‘tsak. Chunki ideal holat mavjud emas. Boris Urlanis degan demograf olim o‘tgan. O‘sha olim “aholi sonining 1 foizga o‘sishi, mamlakat byudjetidagi xarajatlarni 3 foizgacha oshiradi”, degan edi. Ya’ni aholining ko‘payishi ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya xarajatlarini o‘z-o‘zidan ko‘paytiradi.

    Fanda “demografik yuk” tushunchasi bor. Bu mehnatga layoqatsiz yoshdagi aholi sonining (15 yoshgacha va 65 yoshdan kattalar) mehnatga layoqatli yoshdagi (15 yoshdan 64 yoshgacha) aholi soniga nisbatini o‘zida ifoda etadi. Hozir O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich, 1000/700 tani tashkil qiladi. Bu normal holat. “Demografik yuk”ning yuqori bo‘lishi iqtisod uchun zararli.

    Mamlakatda yoshlar ulushining ko‘p bo‘lishi, iqtisod uchun bir tomondan foyda. Chunki mamlakatda sifatli ishchi kuchi mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, yoshlarning ko‘payishi millatning kelajakdagi holatini yaxshilaydi. Masalan, hozir Yaponiyada demografik inqiroz tufayli maktablar o‘quvchisiz qolgan. Demografik inqirozning o‘rini to‘ldirish juda qiyin masala. Bu iqtisodiyotga katta zarar. Shukurki, bizda bu narsa yo‘q. Bizda yosh va sog‘lom ishchi kuchi mavjud. Yaqin kelajakda ichki kuchi borasida xavotir qilmasak bo‘ladi. Chunki har yili aholi soni 700-750 mingga ko‘paymoqda. Bu 15 yildan so‘ng kamida 700 ming kishi mehnat bozoriga kirib keladi, degani. Faqat bundan mamlakat unumli foydalanishi kerak bo‘ladi! Agar davlat yoshlarni sifatli kadr qilib tayyorlasa, ular davlatga ko‘proq foyda keltiradi.

    Foto: Stat.uz

    Bir ustozimiz “10 ta oliy ma’lumotsiz ishsizdan ko‘ra, 10 ta oliy ma’lumotli ishsiz yaxshiroq”, degan edi. Chunki 10 ta oliy ma’lumotli ishsiz insonning ish topish ehtimoli kattaroq. Misol uchun, Vyetnam va Fillipin. Ularda aholi soni ko‘p va shundan unumli foydalangan. Ya’ni inson kapitaliga e’tibor qaratgan. Yoki bo‘lmasa Irlandiyani olaylik. Ular ham inson kapitaliga e’tibor qaratgan. Iqtisodiyotda Irlandiyani “Kelt yo‘lbarsi” deb nomlashgan. 80-yillarda Irlandiya iqtisodi past bo‘lgan. Aksiga olib tabiiy boyliklari ham bo‘lmagan. Lekin 70-yillardagi demografik o‘sish ortidan, 90-yillar boshida Irlandiya iqtisodi keskin suratlarda o‘sishni boshlagan.

    — Sizning fikringizcha, demografik o‘sishdan inson kapitaliga e’tibor qaratish orqali foyda olish mumkin?

    — Ha, inson kapitaliga e’tibor qaratish orqali albatta foyda olish mumkin!

    — O‘zbekiston hozir buni qanchalik uddasidan chiqmoqda?

    — So‘ngi 2-3 yilda inson kapitaliga eʼtibor qaratish boshlandi. Misol uchun maktabgacha bo‘lgan taʼlim qamrovini olaylik. Hozir maktabgacha qamrov darajasi 70 foizga yetib qoldi. Bundan tashqari, oliy taʼlim qamrov ham 38-40 foizga yaqinlashdi. Maqsad oliy taʼlimga qamrovni 2030-yilgacha 50 foizga yetkazish. Maktabgacha taʼlim va oliy taʼlim demografik yoshlarimizning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi. Faqat buning mevasi 3-4 yilda bo‘lmaydi. Buning uchun maʼlum bir davr o‘tishi kerak!

    Foto: Stat.uz

    Yaqinda Markaziy Bank raisi oxirgi vaqtlarda xorijdan kelayotgan pul oqimlarining geografiyasi keskin o‘zgarganligini maʼlum qildi. Bu meni juda xursand qildi.

    — Bugungi kunda O‘zbekistondagi ichki mehnat bozori qanday holatda?

    — Hozir O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8-9 foiz atrofida. Birlashgan Millatlar Tashkilotining va xalqaro mehnat tashkilotlarining normalarida ishsizlik darajasining chegarasi 5 foiz qilib belgilangan. O‘zbekistonning ko‘rsatkichi bu borada mo‘tadil. Hozir O‘zbekistonda 1 million 300 mingga yaqin rasmiy ish bilan taʼminlashga muhtoj shaxslar bor. Bu yerda asosiy muammo – ish haqqi past bo‘lgan ish o‘rinlarning ko‘p ekanligida. Turli portallarda ham eʼlon qilinayotgan ish haqqi pastroq. O‘rtacha ish haqqi esa 5 million so‘m. Misol uchun, taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalarida ish o‘rni ko‘p, lekin oylik maosh past. Biroq xalqaro mehnat tashkilotlarining normasiga ko‘ra, bir yilda 7 kun daromad keltiradigan ish bilan shug‘ullangan shaxs ishsiz hisoblanmaydi.

    Shu bilan birga bir narsani aytishim kerakki, katta demografik to‘lqin bizni kutib turibdi. 2015-yildan keyingi davrda tug‘ilishlar soni har yili 650-700-800-900 ming bo‘ldi. O‘zbekiston mehnat bozori mana shu kelayotgan to‘lqinga tayyor turishi kerak.

    — O‘zbekiston bu to‘lqinga qanchalik tayyor?

    — 100 foiz tayyormiz, deya olmayman-u, lekin harakatlar bor. Aslida, “ish bilan 100 foiz taʼminlash” degan tushuncha bo‘lishi kerak emas. Birinchi navbatda, mehnat bozorida raqobat bo‘lsin. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha yutsin. Lekin bu bilan men hukumat bir chetda qarab turishi kerak demoqchimasman. Davlat ish o‘rinlari, mexanizm va imkoniyatlarni yaratib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishi kerak.

    Jurnalist Sardor Ali suhbatlashdi

    02.08.2024, 16:00   Izoh (0)   6660
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 100 mlrd dollardan oshgani maʼlum qilindi

    31.07.2024, 18:52

    O‘zbekistonda besh kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari ulushi ochiqlandi  

    31.07.2024, 20:05

    BMT jamg‘armasi O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga yordam beradi 

    02.08.2024, 08:55

    O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga to‘langan subsidiyalar yuzasidan ma’lumot berildi  

    31.07.2024, 19:33

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi kimlarga, necha puldan beriladi?

    31.07.2024, 14:10

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lgani ochiqlandi 

    30.07.2024, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Italiya strategik sherikligini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

    O‘zbekiston | 29 may, 14:43

    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul!

    Reklama | 29 may, 13:30

    Amerikalik qiz manti tugishni o‘rgatib minglab dollar ishlab topmoqda

    Layfstayl | 29 may, 14:30

    “An-Nassr” Ronaldu klubdan ketishini e’lon qilishga tayyorlamoqda — Marca

    Sport | 29 may, 14:12

    Moskva viloyatida O‘zbekiston va Rossiya muzeylarining bir asrlik noyob suratlari ko‘rgazmasi ochildi

    Madaniyat | 29 may, 14:06

    O‘zbekistonda may oyida qancha pensiya to‘langani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 29 may, 14:05

    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

    Reklama | 29 may, 12:00

    O‘zbekistonda Italiya yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 29 may, 13:56

    Fransiyada 299 nafar bolani zo‘rlagan jarroh 20 yilga qamaldi

    Dunyo | 29 may, 13:35

    “Sun’iy intellektdan umumbashariyat manfaatlari yo‘lida oqilona va samarali foydalanish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 29 may, 13:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.