Samarqand viloyatida mashinasiga noqonuniy tovush chiqaruvchi moslama o‘rnatgan haydovchi javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Toyloq tumanida o‘tkazilayotgan kuchaytirilgan reyd tadbirlarida haydovchi Nexia mashinasiga noqonuniy tovush chiqaruvchi uskuna o‘rnatib, harakatlanib yurgani aniqlandi.

“O‘rnatmaslik kerak. Masalan, hozir jarimaga oyligimning yarmi ketsa kerak. O‘zi yaqinda ishga kirgandim, yechishga vaqtim bo‘lmagandi”, degan qoidabuzar haydovchi.
Haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina esa vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Izoh (0)