Xitoyning Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga taʼziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston yetakchisi halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.
4-may kuni Guychjou provinsiyasida kuchli shamol daryoda suzib yurgan to‘rtta sayyohlik kemasini ag‘darib yuborgan. Kemalar ichida odamlar bo‘lgan. Kutilmagan shamol tufayli 84 kishi suvga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida 10 nafar sayyoh cho‘kib ketgan. Halok bo‘lganlarning so‘nggisi 5-may kuni suvdan chiqarib olingan.
Izoh (0)