Barbadoslik xonanda Riannaning muxlislari anchadan beri uning homilador ekanligini taxmin qilayotgan edi. Xonandaning Met Gala’dagi ishtiroki ushbu gap-so‘zlar haqiqatligini isbotladi.

5-may kuni xonanda Met Gala balida ishtirok etish uchun Nyu Yorkdagi The Carlyle mehmonxonasiga kelgan. Muxlislardan biri mehmonxona foyesida turgan xonandani videoga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Rianna 2024-yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng badavlat san’atkorlari reytingida Jay-Z’dan keyin ikkinchi o‘rinni zabt etgan. Uning moliyaviy ahvoli hozirgi kunda 1,7 mlrd dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)