Yaponiyaning Osaka shahrida 1-may kuni avtomobil maktab o‘quvchilari ustiga haydadi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Hodisa oqibatida yetti nafar bola jarohatlangan. Ularning olti nafari hushida, bir nafarining ahvoli aniqlashtirilmoqda. Haydovchi 28 yoshli erkak bo‘lib, Tokioda istiqomat qiladi. Politsiya uni qotillikka urinishda gumon qilib qo‘lga olgan. Erkak ayblovlarni tan olgan va “hamma narsadan to‘yganini, shuning uchun u kimnidir o‘ldirishni o‘ylab, mashinani ular ustiga haydagani”ni aytgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil bolalar tomon “zigzag” qilib harakatlangan. Erkak “jarrohlik niqobini taqqan va o‘zini hushsiz holatda tutgan”. U maktab o‘qituvchilari tomonidan mashinadan sudrab olib chiqilgan.
26-aprel kuni Kanadaning Vankuver shahridagi festival vaqtida avtomobil odamlar ustiga haydagan edi. Hodisa oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, haydovchi esa qo‘lga olingandi.
Izoh (0)