Sportico nashri sport tarixidagi eng ko‘p daromad topgan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingda birinchi o‘rinni basketbol afsonasi Maykl Jordan egalladi — uning sport ortidan ishlab topgan umumiy puli 4,12 milliard dollarni tashkil etgan.

Ikkinchi o‘rindan mashhur golfchi Tayger Vuds joy olgan bo‘lib, u faoliyati davomida 2,79 milliard dollar ishlab topgan. Kuchli uchlikni esa portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu yakunlab berdi. Uning daromadi 2,23 milliard dollar deb baholanmoqda.
Futbolchilar orasida yana Lionel Messi (1,85 mlrd) kuchli beshlikka kirgan. Umuman olganda, mazkur ro‘yxatga faqat to‘rt nafar futbolchi kirgan: Ronaldu, Messi, Devid Bekhem va Neymar.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu Jordanni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin. Sababi “An-Nassr” klubi 40 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2027-yil yozigacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar bu amalga oshsa, uning daromadi yanada oshishi ehtimoldan xoli emas.
Izoh (0)