Yaqinda Megan Markl “Jeymi Kern Limaning shousi” nomli podkastda ishtirok etdi. Boshlovchi bilan suhbatlashish davomida gersoginya shaxsiy hayotiga oid ko‘plab tafsilotlarni bo‘lishdi. Jumladan, u qizi va o‘g‘li uchun amalga oshirayotgan ta’sirli ishi haqida so‘zlab berdi.
U Archi va Lilibet uchun maxfiy elektron pochta yaratganini va unga muntazam ravishda xatlar yo‘llayotganini ma’lum qildi. Kelajakda, bolalari voyaga yetganida, Megan ularga ushbu pochtaga kirish imkoniyatini beradi va ular onalari qoldirgan barcha xabarlarni o‘qiy olishadi.
Meganning aytishicha, bu g‘oyani unga tanishlaridan biri o‘rgatgan.
O‘tgan yili dugonalarimdan biri farzandlari uchun o‘ziga xos maxfiy elektron pochta manzillari yaratganini va ularni hayotlarining ma’lum bir paytida sovg‘a qilmoqchi ekanligini aytdi. U shunchaki ularga turli fotosuratlar yuborib, xabarlar yozib qo‘yar ekan, deya tushuntirdi u.
Gersoginya bu g‘oya unga yoqqanini aytadi:
Men buni ajoyib vaqt kapsulasi deb o‘yladim, chunki bolaligimda qog‘oz albomlar bo‘lardi, ammo hozir avlod o‘zgardi. Shu sababli men bolalar uchun elektron pochta manzillarini yaratdim.
Megan uchun bu juda muhim, chunki u bolalari istalgan paytda bu xatlarni o‘qib, onalarining ularni qanchalik sevganini bilishlarini istaydi.
Menimcha, bu onalikning eng yaxshi tomoni. Gap bolalarimning men yonlarida ekanligimni, ularga g‘amxo‘rlik qilayotganimni va ularni to‘liq tushunishga tayyorligimni his qilishlari haqida. Ularning o‘sishini kuzatish menga yoqishini va men ular bilan faxrlanishimni bilishlarini xohlayman.
Bundan tashqari, Megan Markl haqidagi boshqa so‘nggi xabarlar ham uning chindan ham onalik bilan band ekanligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, o‘z podkastining yaqindagi sonida gersoginya bu uning hayotidagi eng katta quvonchga aylanganini e’tirof etdi. Shuningdek, u hatto dam olishga ketganda ham “bolalarining suratlaridan ko‘z uza olmasligini” aytadi.
Bolalarning pochta qutilariga qachon kira olishlari masalasiga kelsak, Megan ular 16 yoki 18 yoshga to‘lganlarida bu imkoniyat berilishini bildirdi.
Izoh (0)