Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Aktrisa Sitora Farmonova yangi suratini sahifasiga joyladi.

Bollivud yulduzi Dipika Padukone muxlislariga yangi fotosessiyasini taqdim etdi.

O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova rossiyalik xonanda Nikolay Baskov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva 1-may sanasida egizak o‘g‘illari Islom va Imronning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
AQSHda yashovchi aktrisa Gulchehra Eshonqulova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasida jabrlangan aktrisa Sabrina Jabborova Istanbulda o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng to‘g‘ri yura boshlaganini ma’lum qildi.
Taniqli aktyor Shohrux Hamdamovning oila qurgani aytilmoqda. Biroq aktyorning o‘zi bu haqda hech qanday ma’lumot bermagan.

Izoh (0)