• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Nemislar kushandasiga aylangan Ronaldu, APL klublarini “yoqtiradigan” Benzema. YCHLda ishtirokini davom ettirayotgan klublar qaysi futbolchilardan ko‘proq jabr ko‘rgan?

    Har bir futbol klubining “kushandasi”ga aylangan futbolchilar bor. Masalan, Didye Drogba “Arsenal”, Harri Keyn “Lester”, Luis Suares esa “Norvich”ga gol urishni yaxshi uddalagan. Xuddi shu modelni Chempionlar Ligasida ham qo‘llash mumkin.

    Ushbu sahifada Yevropaning eng nufuzli klub turnirida ishtirokini davom ettirayotgan jamoalar qaysi futbolchilardan eng ko‘p jabr ko‘rgani haqidagi statistika taqdim etiladi. Kutilganidek, bu ro‘yxatda Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Robert Levandovski mavjud, biroq siz kutmagan ayrim nomlar ham yo‘q emas. Quyida bu haqida batafsil:

    “Benfika”

    Kushanda: Robert Levandovski

    Gollar: 7

    Polshalik futbolchi portugal klubiga qarshi olti bor to‘qnash kelib, ularda yettita to‘p kiritgan. Dastlabki ikki o‘yinda Robert raqib darvozasiga yo‘l topa olmagan bo‘lsa, keyingi bahslarda “Benfika”ga oson bo‘lmagan, xususan, Levandovski het-trik qayd etgan YCHL o‘tgan mavsumi guruh bosqichi o‘yinida.

    Foto: Reuters

    “Borussiya D”

    Kushanda: Krishtianu Ronaldu

    Gollar: 7

    So‘nggi ikkita transfer oynasida Ronaldu “Bavariya”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangradi. Biroq Krishtianu Yevropani tark etib, Saudiya Arabistoniga o‘tgani ko‘plar qatori Dortmund jamoasi muxlislari uchun ham yoqimli yangilik bo‘ldi. Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purari bu ro‘yxatda bir necha bor uchrashi tabiiy hol va “Borussiya” ham o‘sha jabrdiydalar qatorida.

    “Chelsi”

    Kushanda: Karim Benzema

    Gollar: 5

    “Ko‘klar”ga qarshi to‘rtta o‘yinda beshta gol. 2020/21-yilgi mavsum yarim finalida Benzema londonliklar darvozasini bir marta ishg‘ol qilgan, biroq bu “Real”ga final yo‘llanmasini taqdim etolmagandi. Keyingi mavsumda esa “Oltin to‘p”sohibi qasos olishga muvaffaq bo‘ldi.

    “Stemford Brij”dagi o‘yin Karimning benefisiga aylangandi: het-trik. Javob o‘yinida esa Benzemaning qo‘shimcha bo‘limlardagi goli madridliklarga keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etadi.

    “Bryugge”

    Kushanda: Riyod Mahrez

    Gollar: 6

    Angliyada furor ko‘tarib chempionlikni qo‘lga kiritgan “Lester” Chempionlar Ligasining kelasi mavsumida murakkab bo‘lmagan guruhdan joy oladi va autsayder “Bryugge”ni ikki bor taslim etadi. Mahrez esa safarda ikkita, uy o‘yinida bitta gol uradi. Xuddi shu ishni jazoirlik futbolchi musobaqa guruh bosqichining joriy mavsumida ham amalga oshirdi. Faqat “Manchester Siti” safida.

    Foto: Reuters

    “Ayntraxt F”

    Kushanda: Son Hyon Min

    Gollar: 2

    Chempionlar Ligasi debyutanti dastlabki ishtirokdayoq pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. Janubiy koreyalik futbolchidan tashqari hali hech kim nemis klubi darvozasiga bittadan ortiq to‘p kiritgani yo‘q.

    “Bavariya”

    Kushanda: Krishtianu Ronaldu

    Gollar: 9

    Ronaldudan jabr chekkan yana bir nemis klubi. Shubhasiz “Bavariya” ham yuqorida qayd etilgan ligadoshi singari Ronalduning boshqa mintaqaga ketganini mamnuniyat bilan qabul qildi. Portugaliyalik to‘purarning yo‘liga hatto Manuel Noyer ham to‘g‘onoq bo‘lolmagandi.

    Ronaldu “Bavariya”ga barcha gollarini “Real” safida urgan, xususan, to‘plarning 5 tasi 2016/17-yilgi mavsum chorak finalida kiritilgan: birinchi o‘yinda dubl, ikkinchi bahsda het-trik. O‘shanda “qaymoqranglilar” ikki o‘yin natijasiga ko‘p 6:3 hisobini qayd etgandi.

    “Portu”

    Kushanda: Sadio Mane / Roberto Firmino / Muhammad Saloh

    Gollar: 5

    “Portu” “Liverpul”ning fantastik triosidan eng ko‘p jabr ko‘rgan klub hisoblanadi — umumiy miqdorda 15 ta gol. 2017/18-yilgi mavsumda “qizillar” portugal klubini mehmonda 5:0 hisobida taslim etadi, 2018/19-yilgi mavsumda “Dragau”dagi o‘yin 1:4 hisobida inglizlarning foydasiga hal bo‘ladi. 2021/22-yilgi mavsumda esa Portudagi o‘yinda “Liverpul” 5:1 hisobida g‘alaba qozonadi. “Portu” muxlislarining holatiga havas qilib bo‘lmaydi.

    Foto: Reuters

    “Inter”

    Kushanda: Andrey Shevchenko / Klaudio Pisarro

    Gollar: 4

    A Seriyadagi gollari kamlik qilgandek, Shevchenko Chempionlar Ligasida ham “neradzurri”ni ta’qib qilgan. Ukrainalik futbolchi umumiy miqdorda “Inter”ga 15 ta gol urgan, ularning 14 tasi “Derbi della Madonnina”da qayd etilgan bo‘lsa, yana biri “Dinamo K” safida kiritilgan. Ushbu gollarning 4 tasi Chempionlar Ligasida urilgan. Klaudio Pisarro “Bavariya” safida bir bor, “Verder” tarkibida esa uch marta “Inter”ga to‘p kiritgan.

    “Liverpul”

    Kushanda: Karim Benzema

    Gollar: 6

    “Enfild” ishqibozlari 21-fevral oqshomidagi “qonli o‘yin”ni uzoq vaqt unutmaydigan bo‘ldi. Benzema bu o‘yindagi dubli orqali Didye Drogba (4) va Vinisius Juniorni (5) ortda qoldirdi. “Santyago Bernabeu”da o‘yin borligini inobatga olsak, bu statistika o‘zgarishi mumkin.

    “Manchester Siti”

    Kushanda: Lionel Messi

    Gollar: 7

    Gvardiola kelgunga qadar argentinalik futbolchi ikki bor “shaharliklar” darvozasiga yo‘l topgan. Pep davrida esa besh marta “Manchester Siti” muxlislarini ranjitdi, xususan, 2016/17-yilgi mavsumda “Kamp Nou”da het-trik etdi, o‘tgan mavsum esa “PSJ” safida gol urdi.

    Foto: Reuters

    “Milan”

    Kushanda: Lionel Messi

    Gollar: 8

    “Manchester Siti” muxlislari yengil tortsa ham bo‘ladi. Messi A Seriya grandi darvozasini naq 8 bor ishg‘ol qilgan.

    “Napoli”

    Kushanda: Erling Holand / Mario Gomes

    Gollar: 3

    Bir necha yildan keyin Holand nomi bu ro‘yxatda ko‘proq uchrashi tabiiy. Norvegiyalik futbolchi shu vaqtga qadar “Napoli”ga uch bor to‘p kiritgan. “Bavariya” sobiq forvardi Mario Gomes esa bu ko‘rsatkichni bir o‘yindayoq qayd etib qo‘ygan.

    “PSJ”

    Kushanda: Karim Benzema

    Gollar: 5

    Parij klubiga dastlabki golini 2006-yilda urgan fransiyalik futbolchi keyingi yillar davomida yana to‘rt bor “PSJ” darvozasiga yo‘l topdi. O‘tgan yilgi javob o‘yinida Benzema tomonidan ijro etilgan het-trik Madridga keyingi bosqich eshiklarini ochgandi.

    “Leypsig”

    Kushanda: Irfan Jan Qahvechi / Markus Reshford

    Gollar: 3

    Turkiyalik futbolchi Chempionlar Ligasida bor-yo‘g‘i uchta gol urgan va ularning barchasi “Leypsig” darvozasiga bitta o‘yinda kiritilgan. Baxtga qarshi o‘sha uchrashuvda “Istanbul Bashakshehir” 3:4 hisobida yutqazib qo‘ygan. Reshford ham bir o‘yindagi het-trik orqali “buqalar”ning kushandasiga aylangan.

    Foto: Reuters

    “Real Madrid”

    Kushanda: Robert Levandovski

    Gollar: 6

    Bu ro‘yxatda “Real”ga qarshi turadigan o‘yinchi o‘ziga xos bo‘lishi aniq edi, albatta. Ha, bu gollarning to‘rttasi 2012/13-yilgi mavsum yarim finalidan o‘rin olgan o‘sha mashhur “Borussiya D” — “Real” uchrashuvida (4:1) kiritilgan. Endi polshalik futbolchi Yevrokuboklardagi bu harakatlarini Ispaniya maydonlarida takrorlashga urinmoqda.

    “Tottenhem”

    Kushanda: Krishtianu Ronaldu / Serj Gnabri

    Gollar: 4

    Bu ro‘yxatda Ronalduning bo‘lishi “shporlar” uchun uyatli holat emas, biroq sobiq “kanonir” haqida bunday deb bo‘lmaydi. “Tottenhem” muxlislari uchun dahshatli kechada Gnabri poker qayd etgan, o‘yin esa 7:2 hisobida “Bavariya” hisobiga hal bo‘lgandi.

    22.02.2023, 21:06   Izoh (0)   9999
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Stranja—2023. Bahodir Jalolov amerikalik raqibini mag‘lub etdi, yana 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqichga yo‘l oldi

    22.02.2023, 19:24

    Rasman: Husayn Norchayev “Alaniya” futbolchisi

    22.02.2023, 17:32

    Rossiya shaxmat federatsiyasi Osiyo shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylanadi

    22.02.2023, 15:41

    O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo Kubogi—2023 guruh bosqichi taqvimi aniq bo‘ldi

    22.02.2023, 14:54

    Stranja—2023. 22-fevral kungi janglarda Bahodir Jalolov va yana 9 nafar bokschi ishtirok etadi 

    22.02.2023, 11:13

    “Liverpul” 14 yildan buyon “Real”ni mag‘lub eta olmayapti, madridliklarda esa 5 o‘yinlik g‘alabali seriya. “Enfild”da o‘tgan o‘yinga oid raqamlar va faktlar

    22.02.2023, 09:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.