• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APLda Manchester, A Seriyada esa Milan derbisi. “Barselona”ni taslim etgan “Rayo” “Real” mehmoni bo‘ladi. Uik-endning markaziy o‘yinlari

    Yakunlanayotgan haftada Yevropaning top-5 chempionatlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi bilan tanishing.

    APL. Manchester derbisi, Antonio Konte boshchiligidagi “Tottenhem” ligadagi birinchi o‘yinini o‘tkazadi, “Liverpul” “Vest Hem” mehmoni bo‘ladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Yunayted” — “Manchester Siti”, 6-noyabr, 17:30

    “Manchester Yunayted” APLda 15 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari 10-turda “Tottenhem” bilan bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu esa norvegiyalik mutaxassisning jamoada qolishini ta’minladi. “Shporlar”ga qarshi o‘yinga qadar mankunianliklar APLdagi ketma-ket 4 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmagandi.

    “Manchester Siti” esa 20 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Pep Gvardiola jamoasi 10-turda “Kristal Pelas”ga (0:2) mag‘lub bo‘ldi. “Shaharliklar” Chempionlar Ligasida ham pley-off yo‘llanmasini deyarli hal qildi.

    Manchester derbisidagi oxirgi besh o‘yinda “Manchester Yunayted” 3 marta, “Manchester Siti” 1 marotaba g‘alaba qozongan. Bitta o‘yin durang natija bilan yakunlangan.

    Qolgan uchrashuvlar:

     

    6-noyabr, shanba

    “Brentford” — “Norvich”, 20:00

    “Chelsi” — “Byornli”, 20:00

    “Kristal Pelas” — “Vulverhempton”, 20:00

    “Brayton” — “Nyukasl”, 22:30

    7-noyabr

    “Arsenal” — “Uotford”, 19:00

    “Everton” — “Tottenhem”, 19:00

    “Lids” — “Lester”, 19:00

    “Vest Hem” — “Liverpul”, 21:30

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi, “Real” kichik Madrid derbisida ishtirok etadi, “Valensiya” o‘z uyida “Atletiko”ni qabul qiladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Selta” — “Barselona”, 6-noyabr, 20:15

    Oxirgi yillarda Vigo jamoasi o‘rtamiyona jamoadan yuqoriroq natijalar ko‘rsatishga urinmoqda. O‘tgan mavsumda “Selta” chempionatni 8-o‘rinda yakunladi. Ushbu mavsumda esa ishlar unchalik yurishmayapti. 11 ochko bilan 15-o‘rinda borayotgan jamoa yuqoriroq o‘rinlarga chiqishga harakat qiladi. Kataloniyaliklarga qarshi o‘yin “Selta” uchun doim muhim ahamiyat kasb etgan.

    “Barselona” ushbu mavsumda noodatiy vaziyatga tushib qoldi. Klub bir chuqurlikka tushib ketdi va undan hech qanaqasiga chiqishning iloji yo‘qdek tuyulmoqda. Avvaliga Lionel Messi jamoani tark etdi, keyin Aguero, Dembele, Breytueyt kabi futbolchilarning jarohatlanishi jamoa uchun kutilmagan bo‘ldi. Undan tashqari bosh murabbiy Ronald Kuman manziliga juda ko‘p tanqidlar yog‘ila boshladi. Rahbariyat uni iste’foga chiqarishdan boshqa yo‘l topa olmadi. Uning o‘rniga vaqtinchalik murabbiy etib tayinlangan Serxi Barxuan qo‘l ostida kataloniyaliklar oxirgi turda “Alaves” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

    Jamoalarning oxirgi 5 o‘yinida ikki marta “Barselona”, ikki marta “Selta” g‘alaba qozongan. Bitta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

    “Real” — “Rayo Valyekano”, 6-noyabr, 20:15

    “Real” mavsum avvalida La Liga yetakchisi edi. Ammo oktabr oyida bir nechta omadsiz uchrashuv sabab ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Endi “Real Sosyedad” birinchi o‘rinda. Faqatgina bir ochko farq bilan ortda borayotgan “Real” yetakchilik uchun kurashni davom ettiradi. “Qaymoqranglilar” parallel ravishda Chempionlar Ligasida ham kurashmoqda va oxirgi 2 turda Donetskning “Shaxtyor”ini ikki marta mag‘lub etdi, chempionatda esa “Elche” ustidan kichik hisobda g‘alabaga erishdi. Karim Benzema va Vinisius yaxshi formada, ular deyarli har o‘yinda gol urib kelmoqda.

    “Rayo Valyekano” esa ushbu mavsumda juda ko‘p “syurpriz”lar taqdim etyapti. Jamoa La Liganing 6-o‘rniga chiqib oldi. Ortda qolgan 12 turda madridliklar 6 ta g‘alaba qayd etdi va 18 ta gol urdi. Hozircha ularning eng ulkan natijasi “Barselona” ustidan 1:0 hisobidagi sensatsion g‘alaba bo‘lib turibdi.

    Qolgan uchrashuvlar:

     

    6-noyabr, shanba

    “Espanyol” — “Granada”, 18:00

    “Alaves” — “Levante”, 22:30

    7-noyabr, yakshanba

    “Vilyarreal” — “Xetafe”, 18:00

    “Valensiya” — “Atletiko Madrid”, 20:15

    “Malyorka” — “Elche”, 22:30

    “Osasuna” — “Real Sosyedad”, 22:30

    “Betis” — “Sevilya”, 01:00

    A Seriya. Milan derbisi, “Napoli” “Verona”ni sinovdan o‘tkazadi, “Yuventus” Turinda “Fiorentina”ni qabul qiladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Milan” — “Inter”, 7-noyabr, 00:45

    “Milan” Italiya chempionati “Napoli” bilan birga yetakchilik qilmoqda. Har ikkala jamoada ham 11 turdan so‘ng 31 ochko mavjud. Stefano Pioli shogirdlari hozircha chempionatda mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. 11 ta o‘yindan 10 tasida g‘alaba qozondi va bitta durang natija qayd etdi. A Seriyada ishlari yaxshi ketayotgan “rossonerilar” Chempionlar Ligasida omadsizlikka uchrayapti. “Qizil-qoralar” o‘z guruhida oxirgi o‘rinni egallab turibdi.

    “Inter” esa yetakchilarni o‘zidan uzoqlashtirib yubormaslikka intilmoqda. Birinchi va ikkinchi o‘rindagi jamoalardan 7 ochko kam jamg‘argan “nerazzurilar” oxirgi vaqtlarda muxlislarni xursand qila olyapti. “Udineze” va “Empoli”ni bir xil: 2:0 hisobida yengdi, “Yuventus” bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi, undan tashqari Chempionlar Ligasida “Sheriff”ni 3:1 hisobida taslim etdi. “Inter” bir necha yil deganda YChL pley-off bosqichiga chiqish imkoniga ega bo‘lmoqda.

    Qolgan uchrashuvlar:

     

    6-noyabr, shanba

    “Spetsiya” — “Torino”, 19:00

    “Yuventus” — “Fiorentina”, 22:00

    “Kalyari” — “Atalanta”, 00:45

    7-noyabr, yakshanba

    “Venetsiya” — “Roma”, 16:30

    “Sampdoriya” — “Bolonya”, 19:00

    “Udineze” — “Sassuolo”, 19:00

    “Latsio” — “Salernitana”, 22:00

    “Napoli” — “Verona”, 22:00

    Bundesliga. “Leypsig” o‘z uyida “Borussiya D”ni qabul qiladi, “Bavariya” “Frayburg”ni chig‘iriqdan o‘tkazadi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bavariya” — “Frayburg”, 6-noyabr, 19:30

    Bundesligada Yulian Nagelmann shogirdlarining ishlari u darajada yaxshi emas, shunday bo‘lsa-da myunxenliklar 10 turdan so‘ng 25 ochko bilan chempionatda yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda turgan “Borussiya D” hisobida esa 24 ochko mavjud.

    O‘tgan turda “Bavariya” “Union Berlin”ni 5:2 hisobida taslim etdi va avvalroq Germaniya Kubogida “Borussiya M”ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgani oz bo‘lsa-da unutildi. Chempionlar Ligasida esa myunxenliklar E guruhida yetakchilik qilmoqda. 4 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan nemislar pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval hal qildi.

    “Frayburg” 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-o‘rinidan joy olgan. Hozircha jamoa chempionatda mag‘lubiyat nimaligini bilgani yo‘q. 10 ta o‘yinning 6 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4 tasi durang natija bilan yakunlangan. Undan tashqari “Frayburg” so‘nggi bor mehmonda o‘tgan mavsum oxirida mag‘lub bo‘lgan edi. Ushbu mavsumda esa mehmonda 3 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etgan.

    Qolgan uchrashuvlar:

     

    6-noyabr, shanba

    “Boxum” — “Hoffenhaym”, 19:30

    “Shtutgart” — “Arminiya”, 19:30

    “Volfsburg” — “Augsburg”, 19:30

    “Leypsig” — “Borussiya D”, 22:30

    7-noyabr, yakshanba

    “Herta” — “Bayer”, 19:30

    “Kyoln” — “Union Berlin”, 21:30

    “Groyter” — “Ayntraxt”, 23:30

    Liga 1. “PSJ” “Bordo”ga qarshi, “Nitssa” “Monpelye” bilan kurash olib boradi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bordo” — “PSJ”, 6-noyabr, 01:00

    “Bordo” o‘zining buyuk tarixini tiklashga urinmoqda. Shu maqsadda Vladimir Petkovich bosh murabbiy sifatida olib kelingan. Lekin hozircha jamoa kutilgan natijalarni oqlamayapti. Bordo jamoasi Fransiya chempionatida 12 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

    “PSJ” yozda juda ko‘p yulduzlarni jamoaga taklif qilganidan so‘ng, tabiiyki, ulardan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish talab etiladi. Chempionlar Ligasida ishlari yaxshi ketayotgan parijliklar Liga 1 da 31 ochko bilan musobaqa yetakchisi bo‘lib turibdi. Parij yulduzi bo‘lib turgan Lionel Messi Fransiya chempionatida birorta golli vaziyatda ishtirok etgani yo‘q. Jarohat tufayli argentinalik futbolchining “Bordo”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi.

    Qolgan uchrashuvlar:

     

    6-noyabr, shanba

    “Lill” — “Anjer”, 21:00

    7-noyabr, yakshanba

    “Marsel” — “Mets”, 17:00

    “Loryan” — “Brest”, 19:00

    “Nant” — “Strasbur”, 19:00

    “Reyms” — “Monako”, 19:00

    “Sent-Etyen” — “Klermon”, 19:00

    “Nitssa” — “Monpelye”, 21:00

    “Renn” — “Lion”, 00:45

    Ma’rufjon Ochilov tayyorladi

    06.11.2021, 07:34   Izoh (0)   22901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Nasaf” OFK Kubogi finalida Bahrayn klubiga yirik hisobda yengildi

    05.11.2021, 22:54

    JCh—2021. Abdumalik Halokov fransiyalik raqibiga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani kumush medali bilan yakunladi

    05.11.2021, 22:51

    Superliga. “Lokomotiv” o‘zida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi, “Navbahor” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi

    05.11.2021, 21:01

    OFK Kubogi finalida o‘ynaydigan “Nasaf”, Xavini “Barselona”ga “qo‘yib yuborgan” Qatar klubi va barcha davrlarning eng ko‘p daromad topgan sportchilari reytingi. En...

    05.11.2021, 20:26

    Rasman: “As-Sadd” Xavini tovon puli evaziga “Barselona”ga qo‘yib yubordi

    05.11.2021, 16:28

    Konferensiyalar Ligasi. Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda “Roma” bazo‘r mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

    05.11.2021, 03:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.