Qalin qor yog‘gani sababli 8-fevral kuni soat 00:50 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda dovon orqali transport vositalari harakatiga ruxsat berilgan.
![](/static/2023/Fozilbek/photo_2022-12-16_16-23-39.jpgasa.jpg)
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan muhofaza tadbirlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida 8-fevral kuni soat 10:30 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi”, — deyiladi xabarda.
“O‘zgidromet” 7−8-fevral kunlari Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Shuningdek, 7—8-fevral kunlari A-373 Toshkent—O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi aytilgan edi.
Izoh (0)