Rossiyada ish vaqtida shaxtada baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Rossiyaning Chelyabinsk shahrida ish vaqtida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan 39 yoshi erkakning jasadi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mamlakatga qaytarildi. Marhumning akasi jarayon mutlaqo bepul bo‘lganini aytib, agentlikka minnatdorlik bildirdi.
“Akam telefon qilib Abror olamdan o‘tib qolibdi ish joyida shaxtada avariya bo‘libdi, dedi. Shokka tushib qoldim. Jasadni olib kelish uchun pulni qayerdan topamiz, katta pul kerak bo‘ladi, deb o‘ylanib qoldim. Migratsiyaga telefon qildim. Agentlik xodimi hammasini o‘zlari qilishini aytdi. Xursand bo‘lganimni tasavvur qilolmaysiz”, — deydi u.
Izoh (0)