O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Turkiyaga sayohatga bormoqchi bo‘lganlar ogohlantirildi.
Unga ko‘ra, sayyoh borgan mamlakati muhitining suratlarda yaxshiroq aks etishi uchun ko‘p narsalarni obyektiv orqali muhrlashga harakat qilib, baʼzida jarima yoki jazoga tortilishi ham mumkin. Har bir mamlakatning suratga olish-olmaslik borasida o‘z tartib-qoidalari bor. Masalan, Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qatʼiyan man qilinadi. Ayniqsa, mahalliy ayollarni suratga olish mumkin emas. Bu shaxsiy hayotga tajovuz deb hisoblanadi. Ushbu qonunni buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilinish mumkin.
“Afsuski, fuqarolarimiz orasida ham mazkur qonunni buzib, Istanbulning Maltepe tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganlar ham yo‘q emas.
Hozirda Bosh konsulxona fuqarolarimizni ozod etib, ularni vatanga qaytarish uchun kerakli ishlarni olib bormoqda.
Hurmatli Vatandoshlar, muayyan bir davlatga tashrif buyurishdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan qiziqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, — deyiladi murojaatda.
Izoh (0)