Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida uy ichida qolib ketgan yosh bola qutqarildi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 3-iyul kuni soat 12:10 lar atrofida qutqaruv xizmatiga Nishon tumani Nuriston shaharchasi 20-uy, 4 qavatli uyning 3-qavatida 53-xonadonining kirish eshigi qulflanib, yosh bola qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xonadonning oshxonasidagi gaz plitasi yoniq bo‘lgan.
Zudlik bilan ma‘lum qilingan manzilga yetib borgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Talimarjon IES” AJ OBYoXTTE bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari xonadon kirish eshigini ochishda amaliy yordam ko‘rsatib, bola sog‘-salomat yaqinlariga topshirdi.
Izoh (0)