• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Milliarderni tarbiyalagan ona: 50 yoshidan keyin mashhur bo‘lgan xalqaro supermodel — Mey Maskning hayot yo‘li

    Maftunkor, shartaki, jasur: agar kimdir shu sifatlar bilan “ajdarlarning onasi” unvoniga loyiq bo‘lsa, bu mashhur model Mey Mask bo‘lishi, shubhasiz, deb hisoblaydi Marie Claire nashri.

    Foto: Getty Images

    U yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida modellik bilan shug‘ullangan va uchta mashhur shaxsni tarbiyalagan. Bugun uning katta o‘g‘li Ilon Mask muhandis, ixtirochi, elektromobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Tesla hamda kosmik kemalar quruvchi SpaceX kompaniyasining tashkilotchisi va direktori, 2020-yilda Marsga o‘z raketalarini uchirdi, kichik o‘g‘li Kimbal — muvaffaqiyatli restoranlar egasi va taniqli filantrop (xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi odam), qizi Toska esa 2017-yilda Kann kinofestivalida o‘z filmi bilan ishtirok etdi, uning 40 dan ortiq loyihalari bor. Meyning o‘zi 70-yillar arafasida CoverGirl kosmetika brendi bilan modellik bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ammo modellik biznesi uning uchun eng muhim narsa emas.

    Mey Mask modellik karyerasining avvalida (60-yillar)

    Mey Mask modellik karyerasining avvalida (60-yillar)
    Foto: Getty Images

    Ona

    Mey 1948-yil 19-aprelda Kanadaning Saskachevan provinsiyasi poytaxti Rejaynada dunyoga kelgan, lekin u tug‘ilganidan ikki yil o‘tib, oila Afrika Pretoriyasiga ko‘chib o‘tadi. Sarguzasht va kashfiyotlarga bo‘lgan ehtiros Masklarning qonida bor. Meyning ota-onasi Uinnifred Jozefina va Joshua Norman Xoldeman sarguzashtlarni jonidan sevuvchi odamlar bo‘lgan: 1952-yilda ular bir dvigatelli samolyotda dunyoni aylanib chiqishgan, o‘n yil davomida Kalahari cho‘lidagi afsonaviy Farini shahrini qidirishgan. Meyning so‘zlariga ko‘ra, uning ota-onasi juda mashhur bo‘lganiga qaramay, boshqalarni nazarga ilmaydigan kibrli odamlar toifasidan emas edi.

     Bolaligida Ilon bobosining sarguzashtlari haqida ko‘plab hikoyalarni eshitgan va savannada bo‘lgan sayohatlarning slayd-shoularini tomosha qilgan. 
    “Buvim bu kabi sayohatlar paytida ular o‘limdan atigi bir necha qadam narida bo‘lishganini aytardi, deydi Mask. Ular samolyotda hech qanday texnikasiz parvoz qilishgan. Hatto radio ham bo‘lmagan. Parvoz xaritalari o‘rniga oddiy yo‘l xaritalaridan foydalanishgan, u esa har doim ham to‘g‘ri kelmas edi. Bobom butun borlig‘i bilan sarguzasht va kashfiyotlarga berilgan bo‘lib, tushunarsiz narsalar qilib yurardi”.
    Ilonning tan olishicha, uning tavakkal qilishga moyilligi bobosidan meros bo‘lib o‘tgan.

    Foto: Getty Images

    Yoshligida Mey boshqalar singari oddiy qiz bo‘lgan: matematika va boshqa fanlarni yaxshi ko‘rar, maktabda yaxshi o‘qirdi. U 15 yoshga to‘lganida atrofidagilar uning boshqa jihatlariga ham e’tibor berishni boshladi. Mey juda go‘zal edi: baland bo‘yli va tik qomatli, kulrang sochli, qip-qizil va chiroyli yuzli Mey dugonalari orasida ajralib turardi. Oilaning bir do‘sti modellar maktabini boshqarardi, Mey ham u yerda o‘qirdi. Dam olish kunlari u podiumga chiqar, jurnallar uchun suratga tushardi, vaqti-vaqti bilan hurmatga sazovor kishilar tashrif buyurgan uchrashuvlarga borardi, natijada Miss South Africa ​​tanlovining finalchisi bo‘ldi.

    Mey va Errol Mask —  Ilonning otasi bir tumanda katta bo‘lishgan. Ular birinchi marta 1948-yilda — Mey 11 yoshligida tanishgan. Errol Meyning akademik muvaffaqiyatiga befarq edi, ammo ko‘p yillardan beri uni sevardi. Universitetda o‘qish davomida ular doim uchrashib turgan. Meyning so‘zlariga ko‘ra, Errol yetti yil davomida uning doimiy muxlisi bo‘lgan va nihoyat unga erishgan. “U bir zumga ham ortimdan qolmasdi”, deydi Mey.

    Ularning nikohi boshidanoq oson bo‘lmagan. Mey asal oyi davomida homilador bo‘lib, Ilonni 1971-yil 28-iyunda — to‘ylaridan to‘qqiz oy-u ikki kun o‘tgach dunyoga keltiradi. Garchi ular nikohda juda baxtli bo‘lmasa ham ularning Pretoriyadagi hayoti juda yaxshi edi. Errol yirik qurilish loyihalar ofislarida, savdo markazlari, turar joy binolari va hatto harbiy havo kuchlari bazasida ham muhandis bo‘lib ishlagan. Bir yil o‘tgach, Ilonning ukasi Kimbal va ko‘p o‘tmay singlisi Toska ham dunyoga keldi.

    Mey model sifatida ishlashdan tashqari farzandlari tarbiyasini o‘qish bilan birgalikda olib bordi: avval Janubiy Afrikadagi Orange Free State universitetining diyetologiya, keyin Toronto universitetining nutritsiologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajalarini oldi.

    Foto: Getty Images

    Ko‘p o‘tmay, oilada halovat yo‘qoldi. 1979-yilda Mask xonim ajrashish uchun ariza berdi. Mey bolalari bilan Janubiy Afrikaning sharqiy sohilidagi Durban shahrida joylashgan dala hovliga ko‘chib o‘tdi.

    Meyning so‘zlariga ko‘ra, ajralishdan keyingi birinchi yilda unga oson bo‘lmagan: u va bolalari Torontoga ko‘chib o‘tishgan va moliyaviy yordamsiz qolishgan, uning Janubiy Afrika bank hisob raqamlaridagi pullari ham muzlatilgan.

    Mey to‘ng‘ich farzandi Ilon bilan

    Mey to‘ng‘ich farzandi Ilon bilan
    Foto: Getty Images
    “Bir marta bolalar sutni to‘kib yuborganida yig‘laganman, chunki boshqa sut sotib olishga pulim yo‘q edi”, deb eslaydi Mey bir intervyusida.

    Ilon, Kimbal va Toska JARdagi uylarida

    Ilon, Kimbal va Toska JARdagi uylarida
    Foto: Getty Images

    Hozirgi zamonaviy onalardan farqli o‘laroq, Mey farzandlarining ta’lim olishini nazorat qilmagan, uy vazifalarini tekshirmagan ham, aka-ukalar hatto onasining imzosini soxtalashtirishni o‘rganib olgan. Kimbalning aytishicha, ular juda mustaqil bo‘lib ulg‘aygan. Bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan munosabati haqida so‘rashganida, Mask xonim xotirjam javob beradi: “Men doim ideal ona bo‘lganman”.

    Kimbal, Toska, Mey va Ilon Mask

    Kimbal, Toska, Mey va Ilon Mask
    Foto: Getty Images

    Uning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon farzandlari hayotda o‘z yo‘lini topa oladimi, deb xavotirlanmagan: “Bunga vaqtim ham yo‘q edi”, deb javob beradi u.  Bir necha yil o‘tgach, Ilon otasi bilan yashashni xohlayotganini aytadi. 

    “Menga otam juda g‘amgin va yolg‘izdek tuyuldi: onamning uch farzandlari bor, uning esa hech kimi yo‘q edi,  deydi Mask. Bu menga nohaqlikdek ko‘rindi”. “U nega men unga yaratib bergan bu baxtli oilani tark etganini tushuna olmadim, deb shikoyat qiladi Mey. Ammo Ilon har doim o‘zi nimani to‘g‘ri deb bilsa, o‘shani qilardi”.

    Keyinchalik Kimbal ham otasinikiga ko‘chib o‘tdi va buni o‘g‘il otasi bilan yashashi tabiiy hol ekani bilan tushuntirdi. Ammo Ilonning so‘zlariga ko‘ra, bu narsa u bugun pushaymon bo‘lgan kam sonli qarorlaridan biri bo‘lgan.

    “Bolalik yillarim yaxshi bo‘lmagan deb aytishim mumkin, deydi u. Tasavvurda yaxshi ko‘rinishi mumkin, ammo unday emas edi. Aksincha bolaligim azob-uqubatlarga to‘la bo‘lgan. Otam hayotni ma’nosiz qilishni juda yaxshi bilardi. U har qanday vaziyatni, eng yaxshisini ham — hamma narsani buzishi mumkin edi. U baxtsiz odam. Bilmayman...odam qanday qilib bunday bo‘lib qolishi mumkin”.

    Garchi Ilon va Kimbal hozirgacha bu haqda batafsil so‘zlab berishni rad etishsa-da, ular otalari bilan bo‘lgan vaqt davomida jiddiy jismoniy jarohatlarga ham duch kelganliklari aniq. Ikkalasida ham qandaydir ruhiy qiynoq taassurotlari borligi seziladi.

    Sobiq turmush o‘rtog‘i Errol haqida gap ketganda Mey shunday deydi: “Hech kim u bilan til topisholmasdi. U bilan yashash qiyin edi. U haqda gapirishni xohlamayman, chunki bularning barchasi dahshatli tush kabi”.

    Chapdan o‘ngga: Toska, Kimbal Mey va Ilon

    Chapdan o‘ngga: Toska, Kimbal Mey va Ilon
    Foto: Getty Images

    “Jurnal muqovasidagi buvijon”

    Muqovasida Mey tasvirlangan d4 Magazine jurnali va BBC rus xizmatining model haqidagi maqolasi

    Muqovasida Mey tasvirlangan d4 Magazine jurnali va BBC rus xizmatining model haqidagi maqolasi
    Foto: Getty Images

    80-yillardan boshlab Mey Mask, asosan, ovqatlanish tibbiyoti bilan shug‘ullanadi, shu bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi, ba’zida modellik qilish yoki videokliplarda suratga tushishdan ham bosh tortmaydi (uni Beyonsening Haunted qo‘shig‘i klipida ko‘rish mumkin).

    Ammo bir necha yil oldin uning modellik karyerasida burilish davri bo‘ldi — Mey nafaqat fotosessiyalarda, balki podiumlarda ham model sifatida ishtirok etish bo‘yicha kelib tushgan ko‘plab takliflar tufayli nutritsiolog sifatida ish jadvalini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.

    80—90-yillardagi fotossesiyalar

    80—90-yillardagi fotossesiyalar
    Foto: Getty Images

    Meyning “buyuk va dahshatli” Ilon Maskning onasi bo‘lgani uning modellik faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. Suratga tushish jarayonlarida u hali ham farzandlaringiz bormi, degan savolni tez-tez eshitib turadi.

    “Yangi davr” fotossesiyasi

    “Yangi davr” fotossesiyasi
    Foto: Getty Images

    Mask xonimning aytishicha, 2017-yil u uchun, ayniqsa, e’tiborli voqealarga boy bo‘lgan — o‘tgan 50 yil davomida u hech qachon bunchalik faol ishlamagandi.

    Foto: Getty Images

    2016-yilning kuzida Mey CoverGirl kosmetika brendining yuziga aylangan birinchi katta yoshdagi ayol bo‘ldi. Mey bu shartnomaga faqatgina pul uchun rozi bo‘lmagan. 

    “Menimcha, 69 yoshida ham byuti-kompaniyaning yulduziga aylanish mumkinligi ayollarga ilhom bag‘ishlaydi. Men uchun yosh muammo emas, balki ajoyib narsa. Bunday paytda o‘zingizga ishonch hosil qilasiz, muammolarni osonroq hal qilasiz. Men o‘z yoshimga yarasha modelman va 50 yoshdaman deb yashirishga urinmayman. Yaqinda 70 yoshga to‘laman va bundan faxrlanaman”, deydi o‘sha paytda xonim. Va qo‘shimcha qilgan holda: “Axir hammasi endigina boshlanmoqda”, deydi Mey Mask

    May Dolce & Gabbana Alta Moda ko‘rgazmasida model sifatida, 2018-yil 8-aprel

    May Dolce & Gabbana Alta Moda ko‘rgazmasida model sifatida, 2018-yil 8-aprel
    Foto: Getty Images

    #justgettingstarted

    #justgettingstarted — Mey Maskning Instagram’dagi eng mashhur heshtagi. “Hammasi endigina boshlanmoqda” — uning shiori, hatto hayotdagi falsafasi deb aytish ham mumkin. Xonim kelajakka yaxshi umid bilan qaraydi va uning uchun ajoyib namuna — Meyning onasi. Meyning so‘zlariga ko‘ra, onasi Uinnifred Jozefin nafaqaga chiqish haqida umuman o‘ylamagan: 94 yoshida kompyuter grafikasini o‘rganish uchun MacBook ishlata olgan va 96 yoshgacha jismoniy jihatdan juda faol bo‘lgan.

    Mey Mask Karli Kloss bilan birga

    Mey Mask Karli Kloss bilan birga
    Foto: Getty Images
    “Men doim shunday bo‘lganman. Nafaqa so‘zi mening lug‘at boyligimda yo‘q”, ta’kidlaydi Mey Mask

    Foto: Getty Images

    Ammo Mask xonim yosh modellar bilan umuman raqobatlashmoqchi emas — uning o‘z tamoyillari bor. Shuning uchun ham 60 yoshidan boshlab u sochlarini bo‘yamaydi:

    “Bu juda ajoyib. Sochlarim uzoq vaqtdan beri jigarrang jingalak edi va ko‘pincha ildizlarini bo‘yab yurardim. 60 yoshga kirganimda sochlarimning haqiqiy rangini ko‘rishni xohlab qoldim. Avvaliga sochimni och sariq rangga bo‘yadim, keyin esa kalta qilib kestirdim”.

    1990 hamda 2010-yillardagi suratlari

    1990 hamda 2010-yillardagi suratlari
    Foto: Getty Images

    U har kuni ertalab yarim soat vaqtini velotrenajorda o‘tkazadi, chalqancha yotgancha cho‘zilishni ham unutmaydi. Nutritsiolog sifatida Mey rejali ovqatlanish qanchalik muhim ekanini biladi va har kuni taomlar ro‘yxatini tuzishga harakat qiladi. “Aks holda vaznim nazoratdan chiqib, semirib ketaman. Hozir ham ozg‘in emasman”, deydi u.

    Foto: Getty Images

    Bundan tashqari, Mask xonim hozirgacha to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda — u bu ish bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, u har doim yosh hamkasblariga chekmaslikni maslahat beradi: uyning so‘zlariga ko‘ra, chekish teri rangini hamda modellik karyerasini buzadi.

    Ilon bilan munosabatlari qanday?

    Foto: Getty Images

    Ilon yoshligidanoq qiziquvchan va g‘ayratli bola edi. U uchun hamma narsa oson edi va Mey ko‘plab onalar singari o‘g‘lini daho, deb hisoblardi. “U boshqa bolalarga nisbatan tez tushunardi”, deydi u. Faqatgina uni Ilonning trans holatiga tushib qolishi tashvishlantirardi. U bilan gaplashishardi, lekin u eshitmasdi va uzoqlarga qarardi. Bu shunchalik tez-tez sodir bo‘la boshladiki, ota-onasi va shifokorlar bolani kar deb o‘ylay boshladilar. 

    “Ba’zan u bizni umuman eshitmasdi”, deydi Mey. Shifokorlar bolani tekshirishadi va odatda eshitish qobiliyatini yaxshilaydigan adenoidlarni olib tashlashni taklif qilishadi. Bu yordam bermasligini tushungan Mey Ilonning ahvoli eshitish bilan emas, balki miyasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligini his qilardi. “U o‘zini unutar, boshqa dunyoga tushib qolardi, deydi u. U hozir ham shunday bo‘lib qoladi. Endi bunga ahamiyat bermayman: chunki u bu paytda yangi raketa yoki shunga o‘xshash narsani o‘ylayotganini bilaman”.

    Mey katta o‘g‘li bilan yaxshi munosabatda. 2017-yilda ular Vanity Fair kechasida birga ko‘rinish bergan. Mey aslida Ilondan oldin u mashhur bo‘lganini aytib hazillashadi. Shuning uchun ham Tesla avtomobilini birinchilardan bo‘lib onasiga berishi kerakligini gap orasida qistirib o‘tadi.

    Foto: Getty Images

    Aslida esa Mey ham har bir yangi Tesla modelini boshqa xaridorlar singari kutishga majbur. Yaxshi munosabatlarga qaramay, u Ilonning onasi bo‘lgani uchun ham boshqa mijozlaridan oldin avtomobilga ega bo‘lishi dargumon. Lekin Mey bundan shikoyat qilmaydi, chunki uning uchun “hammasi endigina boshlanmoqda”.

    2018-yillar

    2018-yillar
    Foto: Getty Images

    2019-yillar

    Ma’lumot uchun, 2024-yilning 27-fevralida Mey Mask O‘zbekistonga kelgan. U “Rejali ayol” kitobi taqdimoti doirasida Toshkentda joylashgan Central Asian Expo ko‘rgazma markazida chiqish qilgandi.

    2 yanvar, 18:35   Izoh (0)   12946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Mey Mask

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qanday qilib millioner farzand tarbiyalash mumkin? Ilon Maskning onasi farzandlarni tarbiyalash siri bilan bo‘lishdi

    12.09.2020, 07:35

    Ilon Mask 17 yoshida juda yuqori natijalari sabab dasturlash bo‘yicha testlarni qayta topshirishga majbur bo‘lgan

    05.03.2021, 13:33

    Kiyinishi aslidan ko‘ra katta ko‘rsatadigan mashhur ayollar (foto)

    19.06.2021, 15:51

    Taniqli erkaklarning muvaffaqiyatga erishishida hissasi beqiyos bo‘lgan ayollar (foto)

    11.07.2021, 16:57

    Kitob javoningizdan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 10 ta mashhur avtobiografik asar

    22.07.2021, 17:53

    O‘zligini anglab yetishi va haqiqiy sevgisini uchratish uchun 65 yil sarflagan aktyor Richard Gir hikoyasi (foto)

    05.11.2021, 11:44

    Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida buyuk ayol turadi: Daholarni voyaga yetkazgan onalar

    30.11.2021, 15:21

    “Omon qolish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”. Ilon Mask muxlislari va o‘z onasini qo‘rqitib yubordi

    10.05.2022, 20:42

    Uch farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalagan, 50 yoshdan keyingina modellikda mashhur bo‘lgan fantastik ayol — Mey Mask haqida

    13.06.2022, 15:41

    Nima uchun Ilon Maskning onasi o‘g‘lining uyiga mehmonga borganida uning garajida yashashni afzal ko‘radi?

    30.08.2022, 13:36

    Kitob javoningizdan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 10 ta mashhur avtobiografik asar

    01.01.2023, 10:56

    Ilon Maskning onasi uning Mark Sukerberg bilan jangini bekor qildi

    23.06.2023, 17:00

    Kameron Dias, Mey Mask va kitob javoningizdan o‘rin olishi kerak bo‘lgan boshqa mashhurlarning avtobiografik asarlari (foto)

    12.09.2023, 11:51

    Jeki Chan, Mey Mask va boshqa ilhomlantiruvchi kitoblar yozgan jahon yulduzlari

    06.09.2024, 12:39

    Central Asian University talabalari ICT Week Uzbekistan 2024da eng yaxshi startap stendi uchun mukofotni qo‘lga kiritdi

    21.09.2024, 13:30

    “Eng yaxshisiga emas, o‘zingizga ma’qul narsaga intiling”. Milliarderni voyaga yetkazgan ona — Mey Maskdan 12 ta hayotiy tavsiya

    22.10.2024, 18:38

    Uch yoshda maktabga chiqqan, o‘zga sayyoralarga sayohatni orzu qilgan. Milliarder Ilon Maskning bolaligi qanday o‘tgan? 

    29.10.2024, 16:35

    Britaniya armiyasi dronlarga qarshi yangi qurolni sinovdan o‘tkazdi

    25.12.2024, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.