O‘zbekistonda aprel oyida kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun 341,8 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar to‘liq moliyalashtirilib berildi.

Xabar berilishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025-yil aprel oyi uchun 686,1 mingta kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun 341,8 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar AT “Xalq banki”ga to‘liq moliyalashtirilib berildi.
O‘z navbatida kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 655,0 mingta oilalarga (yoki jami oluvchilarning 95 foizi) bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilishi ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilning aprel oyida yangi 68 151 mingta kam ta’minlangan oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan qamrab olindi.
Mart oyida to‘langan nafaqalar:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra ushbu toifadagi nafaqa va yordam oluvchilar soni va moliyalashtirib berilgan mablag‘lar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, jami I va II guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 315 057 nafarni tashkil etib, ularga mart oyi uchun jami 303,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilgan. Shundan:
- I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar soni: 38 574 nafar. Nafaqa miqdori esa: 1 027 000 so‘m.
- II guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar: 276 483 nafar. Nafaqa miqdori: 920 000 so‘m.
Bundan tashqari, I guruh ko‘z bo‘yicha nogironlik nafaqasi bo‘yicha 4 782 nafar shaxs uy-joy kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya oladi. To‘lov miqdori: 192 600 so‘m. Yuqorida keltirilgan uch toifalardagi nafaqa oluvchilarga mart oyida jami 931,8 mln so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
18 yoshgacha bolalikdan nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 171 380 nafarni tashkil etadi. Miqdori: 920 000 so‘m. Joriy yilning mart oyi uchun 163,6 mlrd so‘m to‘lab berilgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda 75 390 nafar shaxs 18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash nafaqasini olib kelmoqda. Nafaqa miqdori: 745 000 so‘m. Mart oyida bu toifadagi shaxslarga 57,6 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
Izoh (0)