• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    Byudjetdan nafaqalarga to‘lov kamayib, davlat qarziga foiz xarajatlari keskin oshgan

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston byudjetining 2024-yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qildi. Hisobotda daromadlar va xarajatlarga oid ayrim raqamlar keltirilgan. 

    Foto: “Daryo”

    Konsolidatsiyalashgan byudjet parametrlari

    O‘tgan yili O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 385,8 trln so‘mni, xarajatlari 433 trln so‘mni tashkil etdi. Byudjet taqchilligi (chiqimlar yillik tushumdan ko‘p) 47,8 trln so‘m (yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,3 foiz) bo‘ldi.

    2023-yilda eʼlon qilingan Byudjetnomada 2024-yilda respublika konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 375 trln so‘m, xarajatlari 427,5 trln so‘mga yetishi prognoz qilingandi. Yaʼni yillik hisobda daromadlar kutilganidan sezilarli ko‘p, xarajatlar prognozi ham nisbatan reallikka yaqin keldi.

    Konsolidatsiyalashgan byudjet mamlakat yillik tushum va chiqimlarining umumiy yig‘indisi bo‘lib, bir necha tarmoqlarni o‘zida qamrab olgan. Bunda asosiy rolni davlat byudjeti o‘ynaydi. Agar qolgan tarmoqlarga pul yetmay qolsa, byudjet yordam “qo‘l”ini cho‘zadi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Vazirlik o‘tgan yili davlat byudjeti daromadlari 274,3 trln so‘m, xarajatlari 310,9 trln so‘mga yetganini maʼlum qildi.

    Davlat maqsadli jamg‘armalari kirim-chiqimlarining hisob-kitobi byudjetdan alohida tarmoq sifatida ko‘riladi. Mazkur tarmoqning 2024-yildagi tushumlari 54,7 trln so‘m, xarajatlari 50,2 trln so‘m bo‘lgan. Aniqrog‘i, bu pullarning qariyb 34,8 trln so‘mi davlat byudjetidan berilgan. Chunki hamma jamg‘arma ham daromad olavermaydi, xarajatlari tushumlaridan ko‘plari ham bor.

    Keyingi tarmoq — Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi. O‘tgan yili uning daromadlari 16 trln so‘m, xarajatlari 18,5 trln so‘m bo‘lgan. Yana bir tarmoq — byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘laridan tushgan daromadlari 40,8 trln so‘m, xarajatlari 38,9 trln so‘mni tashkil etgan.

    Taqqoslash uchun, 2023-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 321,9 trln so‘m, xarajatlari 381 trln so‘mga yetgandi. Bu mutlaq rekord bo‘lib, o‘sha yili byudjet taqchilligi qariyb 59,2 trln so‘mga (YIMning 5 foizi) yetgan.

    Davlat byudjeti daromadlari

    2024-yilda davlat byudjeti daromadlari 274,3 trln so‘mga borib (YIMning 18,9 foizi), 2023-yildagiga nisbatan 18,3 foizga o‘sdi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Byudjetga tushumlarning eng ko‘p ulushini bevosita soliqlar taʼminlagan (foyda, jismoniy shaxslar va aylanmadan olinadigan soliqlar) — 90,8 trln so‘m.

    Yil davomida byudjetga bilvosita soliqlardan (QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji) 88,3 trln so‘m tushgan.

    Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘idan 36,4 trln so‘m daromad kelgan. Boshqa tushumlar (tarkibi ochiqlanmagan) 58,9 trln so‘m bo‘lgan.

    Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi

    O‘tgan yili davlat byudjetidan jami 310,9 trln so‘m (YIMga nisbatan 21,4 foiz) xarajat qilingan. Sohalar kesimida olganda, chiqimlarning 153,3 trln so‘mi ijtimoiy xarajatlarga yo‘naltirilgan. Eng yirik mablag‘lar taʼlim (71,2 trln so‘m) va sog‘liqni saqlash (36 trln so‘m) sohalariga sarflangan.

    Yil davomida iqtisodiyotga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 38,4 trln so‘m bo‘lgan. Shundan 9,2 trln so‘mi suv xo‘jaligiga, 9,5 trln so‘mi gaz oldi-sotdisidan ko‘rilgan zararni qoplashga, 4,1 trln so‘mi uy-joy kommunal xizmatiga, 5,1 trln so‘mi aholi punktlarini obodonlashtirishga ketgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘z navbatida davlat investitsiyalariga 28,5 trln so‘m yo‘naltirilgan. O‘tgan yili hokimiyat va boshqaruv organlari xarajatlari sezilarli ortgan va 17,9 trln so‘m ajratilgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilda bu yo‘nalishga 15,9 trln so‘m berilgandi.

    2024-yilda davlat qarzi (kredit) foizlari uchun byudjetdan 14,5 trln so‘m sarflangan. 2023-yilda qarzlar foizlarini so‘ndirish uchun 8,2 trln so‘m ajratilgandi.

    Umuman olganda, byudjet xarajatlarining 125,4 trln so‘mi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga yo‘naltirilgan.

    2024-yilda davlat tovar va xizmatlar sotib olishga jami 24,8 trln so‘m sarflagan. 2023-yilda bunday chiqimlar miqdori byudjet uchun 24,5 trln so‘mga tushgandi.  

    O‘tgan yili nafaqa va moddiy yordamlar uchun ajratilgan mablag‘lar keskin qisqarib, 15,4 trln so‘mni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilda mazkur yo‘nalishga 19,2 trln so‘m sarflangan edi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Jamg‘armalar tushum va chiqimlari

    Yuqorida qayd etilganidek, O‘zbekistonda bir qator jamg‘armalar moliyaviy ko‘rsatkichlari byudjetdan alohida tartibda ham yuritiladi. Agar ularning xarajatlari daromadlaridan ko‘p bo‘lsa, taqchillik byudjetdan qoplanadi. Masalan, o‘tgan yili Pensiya jamg‘armasi 47,1 trln so‘m daromad olgan (tashkilotga pullar soliq va boshqa tushumlardan keladi). Pensionerlarga to‘lash uchun yetishmagan 16,3 trln so‘m davlat byudjetidan o‘tkazib berilgan. Shunda jamg‘armaning jami tushumlari 63,4 trln so‘m, chiqimlari esa 64 trln so‘m bo‘lgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Shu bilan birga, 2024-yilda byudjetdan avtomobil yo‘llarni rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga 7,6 trln so‘m ajratilgan.

    Davlat aktivlarini boshqarish transformatsiyasi va xususiylashtirish jamg‘armasi daromadlari 5,6 trln so‘mni, xarajatlari 8,7 trln so‘mni tashkil etgan. Vazirlik hisobotida jamg‘armaga byudjetdan transfert qilinmagani qayd etilgan. Ko‘rilgan zarar (2,9 trln so‘m) qaysi manbadan qoplangani ochiqlanmagan.

    Mahalliy byudjetlar hisob-kitobi

    Hisobot davrida mahalliy byudjet daromadlari 57 trln so‘mni tashkil etgan (2023-yilda 55,5 trln so‘m bo‘lgan). Xarajatlari esa 2023-yildagidan (101,7 trln so‘m) sezilarli qisqarib, 86,8 trln so‘mga tushgan.

    Hududlar kesimida Toshkent shahri eng yirik daromad tushumlari va xarajatlarni amalga oshirgan. 2024-yilda poytaxt byudjeti 10,2 trln so‘m tushum, 13 trln so‘m chiqim qilgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Shu bilan birga, Farg‘ona (daromad 5,3 trln so‘m, chiqimlar 8,1 trln so‘m), Samarqand (tushum 5,3 trln so‘m, xarajatlar 7,7 trln so‘m) va Toshkent (daromad 5,4 trln so‘m, chiqimlar 7 trln so‘m) viloyatlari byudjetlariga ko‘proq pul “kelib-ketgan”.

    Yil mobaynida Sirdaryo viloyatining daromad (1,5 trln so‘m) hamda xarajatlari (2,7 trln so‘m) boshqa hududlarnikidan eng kami bo‘lgan. O‘z navbatida Jizzax viloyati byudjetiga ham nisbatan kam tushumlar (2,1 trln so‘m) amalga oshirilgan.

    Byudjet subsidiyalari tarkibi

    Bir yil ichida davlat byudjetidan subsidiyalar uchun 25,5 trln so‘m mablag‘ sarflangan. Shundan qariyb 14 trln so‘mi energetika sohasiga berilgan. Jumladan, byudjetdan gaz oldi-sotdisidan ko‘rilgan zararni qoplashga 9,5 trln so‘m, issiqlik taʼminoti korxonalari narxlarni “pastroq” ushlab turishi sabab qilgan ortiqcha chiqimlarini kompensatsiyalashga 3,9 trln so‘m berilgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘z navbatida nodavlat bog‘chalarga 3,3 trln so‘mlik, aholi uy-joy sotib olishi uchun 1,4 trln so‘mlik subsidiyalar taqdim etilgan.

    “Toshshahartransxizmat” AJ jamoat transportlarida yo‘l haqini past narxda ushlab turgani uchun ko‘rgan zararni qoplashga byudjetdan 1,2 trln so‘m ajratilgan. Elektropoyezdlarda yo‘lovchilar tashishni subsidiyalashga 419 mlrd so‘m ajratilgan.

    Tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni taʼminlashga 1,9 trln so‘m, geologiya-qidiruv ishlariga 850 mlrd so‘m subsidiya berilgan.

    26 fevral, 16:24   Izoh (0)   6140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston byudjeti uchun og‘ir kelgan 2023-yil: hududlar daromad va xarajatlari qancha bo‘ldi?

    03.04.2024, 19:50

    Tashqi qarz va byudjet taqchilligi: yaqin yillarda O‘zbekiston iqtisodini nimalar kutmoqda? 

    29.10.2024, 19:50

    Byudjet-2025: “suyunchi puli” va boshqa nafaqalarga qancha mablag‘ ajratiladi?

    30.10.2024, 17:18

    Byudjet–2025: taʼlim va sog‘liqni saqlashga eng ko‘p xarajat qilinadi

    18.11.2024, 18:02

    “Byudjet puli bolalardan iqtisod qilinmasligi kerak”. Uch yildan beri oshirilmay, tayinlash keskin qisqarayotgan nafaqa taqdiri nima bo‘ladi? 

    25.12.2024, 18:55

    “2024-yilda misli ko‘rilmagan narx inflyatsiyasi kuzatildi” — Ortda qolgan yil O‘zbekiston iqtisodi uchun qanday keldi? 

    2 yanvar, 15:50

    “Agar byudjet taqchilligi bo‘lmasa, tashqi qarzni oshirishga muhtojlik qolmaydi” — Markaziy bank raisi Timur Ishmetov

    23 yanvar, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.