Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 27-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 11 daqiqasida hisob ochildi. Shohruz Norxonov penaltidan unumli foydalandi. Birinchi bo‘limda vaziyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, ulardan jamoalar unumli foydalana olmadi.
47-daqiqaga kelib esa hisob tenglashdi. Rustamjon Abduhamidovning goli hisobagi muvozanatni tikladi. Biroq oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas Norxonov dublga erishdi. 63-daqiqaga kelib esa Dominik Begich vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ikkitaga oshirdi.
Ushbu g‘alaba bilan “Buxoro” 6 ochko bilan onlayn jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Xorazm” esa 6 ochko bilan o‘z o‘rnidan pastga tushdi.
90+8-daqiqaga kelib esa Bilol Tupliyevning goli jamoasi g‘alabasini mustahkamladi.
Superliga
3-tur
27-mart, payshanba
“Xorazm” — “Buxoro” 1:4
Gollar: 0:1 — 11, Shohruz Norxonov (penalti), 1:1 — 47, Rustamjon Abduhamidov, 1:2 – 51, Shohruz Norxonov, 1:3 – 63, Dominik Begich, 1:4 – 90+8, Bilol Tupliyev.
“Xorazm” — Sardor Qobuljonov, Xazrat Tursunqulov (Sanjar Shoahmedov, 46), Jasur Azimov (Dilshod Jo‘rayev, 61), Murod Bobojonov, Humoyunmirzo Iminov, Vladimir Bubanya, Ixtiyor Toshpo‘latov (Farrux Ibrohimov, 61), Doston Tursunov, Sunnatilla Abdullajonov, Abror Xusinov (Shahrom Samiyev, 68), Rustam Abduhamidov (Fransis Narx, 81).
“Buxoro” — Shirinboy Abdullayev, Ravshan Xayrullayev, Anvar Jo‘rayev (Muhammadsafo Fozilov, 46), Shohruz Norxonov, Frane Chiryak (Albert Nurullayev, 90+2), Muhammad Yo‘ldoshev (Bilol Tupliyev, 74), Yosip Tomashevich (Javohir O‘tamurodov, 79), Dominik Begich (Javohir Ro‘ziyev, 90+2), Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shahboz Jo‘rabekov.
Ogohlantirishlar: Abror Xusinov (26), Shohruz Norxonov (30), Doston Tursunov (42), Dominik Begich (86).
Izoh (0)