Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 15-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo‘limda urildi. 14-daqiqada Oleg Zoteyev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan yana shuncha vaqt o‘tib Suhrob Nurulloyev muvozonatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limda maydon “yondi” deyish mumkin. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi, xavfli vaziyatlar – o‘yinni har tomonlama qiziq qilib berdi. Ammo hisob o‘zgarmay qoldi.
Shunday qilib, qarshiliklar ochkolari sonini 4 taga yetkazib olgan bo‘lsa, andijonliklar qatorasiga ikkinchi o‘yinda durang o‘ynadi.
Superliga
2-tur
15-mart, juma
“Andijon” — “Nasaf” 1:1
Gollar: 1:0 — 14, Oleg Zoteyev, 0:2 — 28, Suhrob Nurulloyev
“Andijon” — Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Abduvohid G‘ulomov, Rustam Turdimurodov (Islam Mashukov, 80), Iskandar Shoyqulov (Altin Kreziu, 57), Mirzad Mehanovich (Ilhom Abdug‘aniyev, 88), Usmonali Ismonaliyev (Sardor Azimov, 88), Doniyor Abdumannopov (Bektemir Abdumannonov, 57), Muhammadkarim Toirov, Oleg Zoteyev, Miomir Jurichkovich.
“Nasaf” — Abduvohid Ne’matov, Akmal Mozgovoy, Javohir Siddiqov, Dragan Cheran, Sharof Muhiddinov, Suhrob Nurulloyev (Stefan Cholovich, 60), Husayn Norchayev, Igor Golban (G‘olib G‘aybullayev, 80), Shuhrat Muhammadiyev (Zafarmurod Abdurahmatov, 80), Oybek Bozorov, Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Iskandar Shoyqulov (24), Islom Mamatkazin (48), Akmal Mozgovoy (71), Shuhrat Muhammadiyev (75), Zafarmurod Abdurahmatov (84).
Izoh (0)