O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi “OKMK” — “Paxtakor” uchrashuvi 16-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdagi hisob 17-daqiqada Nodirbek Abdurazzoqov tomonidan ochildi. O‘yin yakuni arafasida esa Ali Abdurahmonov “OKMK”ning 2-golini kiritdi — 2:0. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va olmaliqliklar mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Mirjalol Qosimov jamoasi O‘zbekiston Superligasi 2-turidan keyin 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, bir uchrashuv kam o‘tkazgan “Paxtakor” hisobida esa hali ochkolar mavjud emas.
Superliga
2-tur
16-mart, yakshanba
“OKMK” — “Paxtakor” 2:0
Gollar: 1:0 — Nodir Abdurazzoqov (16), 2:0 — Ali Abdurahmonov (88)
“OKMK”: Javohir Ilyosov, Sardor Rahmonov, Giorgi Papava (Abror Sarimsoqov, 76), Avazbek O‘lmasaliyev, Dilshodbek Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Oybek Rustamov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Saidafzalxon Ahrorov, Ajak Riak ( Ali Abdurahmonov, 83), Nodirbek Abdurazzoqov (Asadbek Sobirjonov, 83)
“Paxtakor”: Jonatan, Xojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullayev, Shahzod Azmiddinov, Umar Adhamzoda (Abdurauf Bo‘riyev, 76), Jonatan Lukka, Sardor Sobirxo‘jayev, Flamarion, Diyor Xolmatov (Brayan Riaskos,46) Doston Hamdamov (Muhammadali O‘rinboyev, 46), Igor Sergeyev (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 59)
Izoh (0)