Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasida so‘nggi tur o‘yinlari 21-noyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda “Turon” o‘z maydonida “Andijon”ni 4:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Xorazm” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakun topdi.
Shu tariqa “Buxoro” va “Turon” mavsum yakunlariga ko‘ra bir xil — 50 ochkodan to‘pladi. O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik bo‘yicha “Buxoro” ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Turon” esa uchinchi o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa “Buxoro” Superliga 2023-yilgi mavsumiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. “Turon” esa o‘tish o‘yinida Superliga 2022-yilgi mavsumida 12-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi.
“Turon” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 25-noyabr, juma kuni Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq “Andijon” muddatidan avval Superliga yo‘llanmasiga ega chiqqandi. “Dinamo” va “Qo‘qon-1912” Pro-Ligaga ravona bo‘lgan.
Izoh (0)