• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini eksport qilish loyihasi narxini 30 mln dollarga pasaytirdi

    O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi qiymatini 30 mln dollarga pasaytirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Amu TV xabar bermoqda.

    Foto: Amu TV

    Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodarning aytishicha, O‘zbekistondan Afg‘onistondagi Dashti Alvonga 500 kVt elektr energiyasini o‘tkazish bo‘yicha loyiha qiymatining 252 mln dollardan 222 mln dollarga tushirilgani muhim yutuqlardan biri bo‘lgan.

    Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston yoz oylarida Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini oshirish va shu bilan birga tariflarni kamaytirishga kelishib olgan.

    Erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi va ikki davlatning yirik shaharlarida to‘rtta savdo markazi ochadi.

    Shuningdek, O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton-Hirot temiryo‘li qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgani aytildi. Barodarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash uchun o‘z guruhini jo‘natadi.

    Taʼkidlanishicha, loyihaning dastlabki texnik baholash xarajatlari O‘zbekiston tomonidan qoplanadi. Temir yo‘l loyihasi O‘zbekiston bilan chegaradosh muhim port shahri bo‘lgan Hayratondan Mozori Sharif orqali Afg‘oniston g‘arbidagi Hirotgacha bo‘lgan mavjud yo‘nalishni kengaytirishni nazarda tutadi.

    2010-yilda loyihaning birinchi bosqichida Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magida Hayraton va Mozori Sharifni bog‘lovchi 75 km lik temiryo‘l liniyasi qurildi. Ushbu yo‘nalish Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlashning asosiy elementiga aylandi.

    Rejalashtirilgan kengaytirish Mozori Sharifni bir qancha viloyatlar orqali Hirot bilan bog‘lashni ko‘zda tutadi. Loyiha Markaziy Osiyoni Yaqin Sharq bilan bog‘lovchi strategik ahamiyatga ega transport yo‘lagini yaratishi, bu esa o‘z navbatida mintaqaviy savdo-iqtisodiy integratsiyani rag‘batlantirishi kutilmoqda.

    Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

    Uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.

    “Tolibon” bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar undan avval bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashgandi. Uchrashuvda savdo-tranzit aloqalarini kengaytirish, o‘zbekistonlik investorlarning Afg‘onistonga investitsiya kiritishi masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama savdo aloqalarini faollashtirish maqsadida ikki davlat chegarasida qo‘shma savdo zonasini tashkil etishga tayyorligini aytgan. Ushbu savdo hududida qarag‘ay yong‘og‘i va paxtani qayta ishlash zavodlari, qadoqlash va logistika markazlari hamda turli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari joylashtiriladi.

    Uchrashuvda o‘zbekistonlik sarmoyadorlar Afg‘onistondagi neft va gazni qidirish hamda qazib olish ishlarida hamkorlik qilishga, sanoat sohasiga, xususan, Samangan viloyatida sement zavodi qurishga sarmoya kiritishga tayyor ekani ta’kidlangan. Toti Maydon gaz konini o‘rganish bo‘yicha sezilarli natijalarga erishilgani va yaqin kelajakda qazib olish ishlari boshlanishi ma’lum qilindi.

    O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga oshirmoqchi

    Bosh vazir Abdulla Aripov 2024-yil 17-avgust kuni Kobulga tashrif buyurgandi. Muzokaralarda Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, hududlararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashilgan.

    O‘zaro savdo aylanmasini 2024-yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangandi.

    24 fevral, 21:35   Izoh (0)   19301
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Afg'oniston#temiryo'l#elektr energiyasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yil davomida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi

    29.08.2020, 20:27

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston yuk tashishni tashkil etish maqsadida qo‘shma logistika xablarini yaratadi

    05.09.2020, 14:18

    “O‘zbekistonga boshqa bozorlarga chiqish uchun eng qisqa va eng arzon yo‘l bo‘ladi”. Prezident Mozori-Sharif—Kobul—Peshavor temiryo‘li haqida

    16.04.2021, 18:46

    O‘zbekistonga rahmat aytgan yaponlar, o‘z vatanida sarson afg‘on ayollari, yarim metrlik mitti buqa. Hafta suratlari

    10.07.2021, 23:51

    Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining avvalgi sammitlarida qanday tashabbuslar ilgari surilgan?

    08.11.2023, 20:20

    Putin O‘zbekistonga kelmoqda: asosiy maqsad nima?

    22.05.2024, 18:25

    “Temiryo‘lkargo” AJ vagonlari bilan aprel oyida 7500 tonnadan ziyod un va bug‘doy mahsulotlari olib kirildi

    06.06.2024, 07:10

    “Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Ukrainadagi voqealardan xavotirda ekanini bir necha bor gapirdi” — Putin 

    06.06.2024, 14:34

    O‘zbekiston orzu qilayotgan temiryo‘lning istiqboli qanday?

    21.06.2024, 18:20

    Transafg‘on yo‘lagi loyihasi ishtirokchilari qanday qiyinchiliklarga duch keladi? Mutaxassis javob berdi

    15.07.2024, 20:53

    Afg‘onistonda qayta tiklangan Naibobod temiryo‘l stansiyasi ochildi 

    08.08.2024, 22:40

    “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi” — Laziz Qudratov ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlar haqida

    19.08.2024, 20:20

    “Tolibon” Turkmaniston bilan TAPI loyihasini boshladi. Bu qanday loyiha va u O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo uchun nechog’lik ahamiyatli?

    12.09.2024, 15:25

    O‘zbekiston Afg‘onistonda gaz qazib olish uchun 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi. Maqsad “Tolibon”ni tinchlantirishmi yoki ...

    10.10.2024, 21:05

    “Kamida 5 yilda quriladi” — Ilhom Mahkamov transafg‘on temiryo‘li haqida

    18.10.2024, 23:43

    “Qo‘shning tinch, sen tinch”. O‘zbekiston dunyo yakkalagan Afg‘onistondan nima kutmoqda?

    06.11.2024, 15:48

    O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton—Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi

    26 yanvar, 08:56

    Turkiya Afg‘oniston elchixonasi faoliyatini to‘xtatdi

    7 fevral, 14:56

    “Tolibon” BMTning afg‘on diplomatlariga soqol o‘stirishni buyurdi

    10 fevral, 13:28

    “Tolibon” O‘zbekiston 7 ta vertolyotni AQSHga qaytarganini qoraladi

    9 fevral, 18:56

    Afg‘onistonda bomba portlashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi 

    11 fevral, 22:30

    Myunxenda noma’lum shaxs avtomobilda olomonni bosib ketdi   

    13 fevral, 17:51

    Afg‘onistonda vazirlik binosi oldida xudkush terrorchi portladi

    14 fevral, 17:50

    Afg‘oniston: Pokiston barcha noqonuniy afg‘on muhojirlarini deportatsiya qilmoqchi 

    19 fevral, 23:40

    “Tolibon” delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi

    22 fevral, 19:03

    AQSHdan deportatsiya qilingan markaziy osiyoliklar Kosta Rikaga keldi (foto)

    22 fevral, 21:44

    Abdulla Aripov va Afg‘oniston bosh vaziri ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi

    23 fevral, 08:59

    Guantanamoda AQSH harbiy bazasi mavjudligi xalqaro huquqni buzadi — Kuba TIV

    24 fevral, 13:46

    AQSH va O‘zbekiston Markaziy Osiyo xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlamoqchi 

    24 fevral, 16:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35

    Antarktidada 65 yil avval halok bo‘lgan britaniyalik tadqiqotchining qoldiqlari topildi

    Dunyo | 11 avgust, 22:25

    Qirg‘iziston prezidenti ko‘pxotinlilik uchun jinoiy jazoni bekor qilishga qarshi chiqdi

    Dunyo | 11 avgust, 22:15

    Superliga. “Dinamo” o‘z maydonida “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.