• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston orzu qilayotgan temiryo‘lning istiqboli qanday?

    Bugungi kunda dunyodagi geosiyosiy tebranishlar davrida dengiz yo‘llariga bo‘lgan ishonchning kamayishi quruqlik orqali o‘tuvchi yo‘llarga talabni oshirmoqda. Ayniqsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush harakatlari va G‘arb tomonidan Rossiyaga sanksiyalarning joriy etilishi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan o‘tuvchi transport loyihalarini jonlantirib yubordi.

    So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning transkaspiy xalqaro transport yo‘lagida ishtiroki o‘sib bormoqda. Masalan, joriy yilning 7—8-iyul kunlari Pekin shahrida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Shuningdek, 28—29-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya davlatlarining temiryo‘l administratsiya vakillari o‘rtasida CASCA+ transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishlarni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

    “Daryo” transkaspiy xalqaro transport yo‘lagida O‘zbekistonning ishtiroki va manfaatlari haqida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov va siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti Nargiza Umarova bilan suhbatlashadi.

    — Suhbatimiz boshida transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi to‘g‘risida biroz to‘xtalib o‘tsak.

    Nargiza Umarova, siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti:

    — Dastlab, suhbatimiz boshida transport yo‘laklari borasida atamalarga oydinlik kiritib o‘tganimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bu koridor rivojlangani sayin rasmiy manbalarda, jamoatchilik orasida va ekspertlar orasida turli xil atamalar uchramoqda. Transkaspiy yo‘lining ikkinchi nomi — o‘rta yo‘lak. Bu yo‘lakning ichida bir nechta yo‘nalishlar mavjud. Aslida bu yo‘lak transkontinental, yaʼni turli xil mintaqalarni bir-biri bilan bog‘laydigan xalqaro koridor hisoblanadi. Bu yo‘lak ichiga temiryo‘l, avtomobil yo‘llari va dengiz yo‘llari kirib ketadi. Va bu yo‘llarning barchasi Markaziy Osiyo mintaqasidan o‘tadi. Transkaspiy xalqaro transport yo‘lining shimoliy yo‘nalishi Xitoyning Qashg‘ar shahridan boshlanib, Qozog‘iston orqali Rossiyaga chiqib ketadi. Ikkinchi yo‘l — markaziy yo‘nalish Qozog‘istonning Janubiy hududlari orqali Kaspiy dengizidagi Aqtau portiga chiqadi. Uchinchi yo‘l Qashg‘ar shahridan boshlanib, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston orqali o‘tib, Kaspiy dengizidagi Turkmanboshi portiga bog‘lanadi. Bu yo‘nalishlarning barchasi Yevropaga chiqadi. Yaʼni Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon portlariga ulanib, Ozarbayjondan Gruziya va Turkiyaga chiqish mumkin. Turkiya va Gruziya portlari orqali esa Sharqiy Yevropa bilan bog‘lanadi.

    Picture background
    Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi
    Foto: imghub.ru

    Atamalar orasida transosiyo yo‘laklari, degan tushuncha mavjud. Transosiyo koridorlari orasida transkaspiy yo‘lagi markaziy koridor sifatida ishlatiladi. Va shu o‘rinda janubiy yo‘nalish mavjud. Bu bevosita Janubiy Osiyo va Eron orqali Fors ko‘rfazi mamlakatlariga chiqish yo‘nalishi hisoblanadi.

    Abdulla Abduqodirov, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Atamalar nima uchun xilma-xil? Birinchidan, hozir Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida qaysi yo‘lakni birgalikda rivojlantirish to‘g‘risida birorta kelishuv mavjud emas. Bu hali ham katta-katta bahslarga sabab bo‘lmoqda. Ikkinchidan, ayrim davlatlar o‘z orzularini katta piar qilish orqali buni boshqalarga singdirishga harakat qilmoqda. Uchinchidan, bu yerda asosiy rolni Sharqda Xitoy, G‘arbda esa Yevropa o‘ynaydi. Markaziy Osiyo davlatlari Xitoy va Yevropa orasida tranzitni amalga oshiruvchi hisoblanadi. Bu yerga Markaziy Osiyo mamlakatlariga keladigan va chiqib ketadigan yuklarning hajmi va turi katta ahamiyatga ega. Tabiiyki, o‘z o‘rnida Markaziy Osiyodan Yevropa va Xitoyga tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chiqib ketadi.

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    Bugungi voqelikdan kelib chiqib gapirsak, Xitoydan Rossiya hududi orqali Yevropaga chiquvchi yo‘l mavjud. Lekin bu yo‘lni Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar tufayli to‘liq ishlatib bo‘lmayapti. Ikkinchi yo‘nalish — Qozog‘iston orqali Kaspiyga chiqish. Xitoy hozir Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘proq integratsiya qilish uchun Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston orqali o‘tuvchi temiryo‘lga eʼtibor qaratmoqda. Bu yo‘l ham Kaspiy dengiziga chiqadi. Lekin Xitoy uchun Janubiy koridor ham mavjud. Bu Pokiston orqali Eronga chiqish yo‘li hisoblanadi. Yaʼni asosiy yuklarni yuzaga keltiradigan Xitoy uchun imkoniyatlar juda katta. Yevropa uchun ham Xitoy mahsulotlarining qanday yo‘l bilan kelishi u darajada ahamiyatga ega emas. Lekin biz uchun juda muhim. Markaziy Osiyo davlatlarining barchasidan bu yo‘llar o‘tgani uchun hamma bir-biri bilan raqobatda.

    Nargiza Umarova:

    —  Rossiya-Ukraina urushi Yevrosiyo mintaqasidagi transport yo‘laklarining arxitekturasining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Bu fonda Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi tranzit salohiyatini oshirish, transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish va xalqaro transport yo‘laklariga integratsiya qilish uchun unikal imkoniyatga ega bo‘ldi.

    Dunyo savdosining 85 foizi dengiz yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Lekin Falastindagi mojaro fonida Qizil dengizda bo‘layotgan voqealar dengiz yo‘llariga katta xavflarni keltirib chiqardi. Bundan tashqari, Panama kanalida suv sathining kamayishi ayrim muammolarni keltirib chiqardi. Yaʼni borgan sari dengiz yo‘llarining narxi qimmatlashib bormoqda. Natijada Xitoy quruqlikdan o‘tuvchi yo‘llarga katta eʼtibor berishni boshladi. Hozir Xitoy Rossiya orqali Yevropaga chiqa olmaydi. Shuning uchun Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birini kesib o‘tishga majbur. Geografiya buni taqozo qilmoqda. Shu boisdan salohiyati ancha past deb baholanayotgan transkaspiy yo‘lagi tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Shuning bilan bu yo‘lakdagi muammolar ko‘zga tashlanib qoldi. Bu yo‘lak ishlashidan eng ko‘p manfaatdor bu — Yevropa Ittifoqi. Yevropadagi savdo hajmini ushlab turish uchun uzluksiz mahsulot yetkazib berish kerak. Shu boisdan Markaziy Osiyodagi infrastrukturani yaxshilash uchun Yevropa Ittifoqi 10 milliard dollar ajratishni maʼlum qildi. Bu koridorning jozibadorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

    Nargiza Umarova, siyosiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagining yana bir muhim jihati, bu loyiha mintaqalar o‘rtasida savdoning intensivlashishiga turtki bermoqda. Chunki bu yo‘llar mintaqa davlatlarini o‘zaro transport bog‘liqligi masalasidagi muammolarga yechim bo‘lib xizmat qilmoqda. Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li bu borada vaziyatni yana ham o‘zgartiradi.

    — Qirg‘iziston rasmiylari Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lining qurilish jarayonlari joriy yilning avgust oyidan boshlanishini eʼlon qildi. Lekin hozircha bizning rasmiy xabarlarimizda bunday maʼlumot uchramaydi.

    Abdulla Abduqodirov:

    — Menimcha, ko‘p narsalar hali kelishilmagan. Hatto xaritalarga qarasangiz ham, farqlarni ko‘rasiz. Masalan, O‘zbekiston taqdim etayotgan loyiha xaritasida temiryo‘llar Qirg‘izistonning janubiy hududlari O‘sh va Jalolobod shaharlaridan o‘tib, O‘zbekistonga kiradi. Lekin Qirg‘iziston taqdim etayotgan loyiha xaritasida temiryo‘l Qirg‘izistonning shimoliy hududlari (asosan tog‘li yerlar)dan o‘tishi ko‘rsatilgan. Agar temiryo‘l Qirg‘izistonning shimolidan o‘tsa, loyihaning narxi 2-3 barobarga o‘sib ketadi. Hozirgacha uchala tomon ham bitta fikrni aytganicha yo‘q. Tomonlarning aytayotgan gaplariga quloq solsangiz, bir-biridan farq qiladi.

    Picture background
    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li
    Foto: gumilev-center.ru

    Men Nargizaxonning bu yo‘llar Yevropa Ittifoqi uchun juda muhim, degan fikrlariga qo‘shila olmayman. Bu yo‘l ko‘proq Xitoyga muhimroq. Nega? Chunki Xitoy bugungi kunda dunyoning 2-raqamli iqtisodi. Asosiy isteʼmol mahsulotlari Xitoy va Janubiy Osiyodan o‘tadi. Xitoy uchun muammo — 60 foizi tashqi savdodagi mahsulotlari Malayziya, Singapur va Indoneziya o‘rtasidagi orollardan iborat yo‘llardan o‘tadi. Singapurda AQSHning harbiy istehkomi joylashgan. Agar shu yo‘lak yopib qo‘yilsa, Xitoyning tashqi savdosiga katta zarar yetadi. Shuning uchun ham Xitoy quruqlik yo‘llaridagi yo‘llarga eʼtibor qaratmoqda.

    Bugungi kunda Xitoy o‘zining iqtisodiyotini butun dunyoga bitta darcha sifatida tavsiya qilmoqda. Yaʼni Xitoy loyihani rejalashtirish, loyihani amalga oshirish uchun barcha texnikalarni berish, obyektni qurib berish va nazorat qilishni o‘z bo‘yniga oluvchi davlat sifatida o‘zini butun dunyoga tavsiya qilmoqda. Bu narsa Yevropada yo‘q. Bitta mamlakat bilan hamma narsani hal qila olmaysiz.

    — Bu Xitoyga bog‘liqlikni oshirib qo‘ymaydimi?

    Abdulla Abduqodirov:

    — Albatta, aslida Xitoyning eng katta maqsadi ham shu. Yaʼni butun dunyo iqtisodiyotini o‘zida jamlashtirish va o‘ziga bog‘liqlikni oshirish.

    — O‘zbekiston orqali o‘tuvchi temiryo‘l qay darajada Xitoy uchun jozibador?

    Nargiza Umarova:

    — Menimcha, Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali o‘tuvchi temiryo‘l Xitoy uchun birinchi darajali emas. Xitoy 2013-yildan beri global loyiha hisoblangan — “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasini ilgari surmoqda. Bu loyihaning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri — Pokiston orqali Eronga chiqish. Bundan tashqari, Xitoy uchun Hindistonga chiqish muhim hisoblanadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha ham ayrim loyihalar mavjud.

    Xitoy uchun ham, va boshqa global o‘yinchilar uchun ham Markaziy Osiyo davlatlari bir kichik zarradek. Hozir bizda imkoniyat bor. Xitoy—Qirig‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘l loyihasi kecha paydo bo‘lib qolmadi. Bu loyihani 25 yildan beri sudrab kelishgan. Ammo Yevrosiyo mintaqasidagi geosiyosiy o‘zgarishlar bu loyihani jonlantirib yubordi. Agar geosiyosiy o‘zgarish ro‘y bermaganida, menimcha, bu loyiha hali ham havoda osilib turgan bo‘lar edi.

    Picture background
    O‘zbekistondan o‘tuvchi transport yo‘llari
    Foto: aftershock.news

    Bu loyiha O‘zbekiston uchun prinsipial ahamiyatga ega. Sababi O‘zbekistonning oyog‘idan chalayotgan faktor bu — geografiya. Hatto O‘zbekistonning Kaspiy dengiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyati yo‘q. Bundan tashqari, Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo davlatlarining rolini olib qarasak, bunda 100 foiz Qozog‘iston tosh bosadi. Chunki Qozog‘iston ham Xitoy bilan, ham Rossiya bilan chegaraga ega. Shuning uchun geografiya Qozog‘istonga katta imkoniyat bermoqda.

    Abdulla Abduqodirov:

    — Lekin shunga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida ham Afg‘oniston bilan, ham Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston bilan chegaraga bo‘lgan yagona davlat bu — O‘zbekiston. Bu O‘zbekiston uchun juda katta imkoniyat.

    Suhbatning to‘liq versiyasini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    21.06.2024, 18:20   Izoh (0)   4269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yirik davlatlar qiziqayotgan loyiha: Transafg‘on koridorining geosiyosiy o‘lchovlari 

    16.03.2024, 20:01

    Afg‘oniston “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining bir qismiga aylanishi mumkinmi?

    08.05.2024, 19:38

    Ipak yo‘lining qayta tiklanishi: imkoniyatlar koridorini shakllantirish

    20.06.2024, 20:30

    Ombudsman vakili IIB binosiga olib ketilgach vafot etgan erkakning oila a’zolari bilan uchrashdi 

    21.06.2024, 18:06

    Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSH diplomatlari O‘zbekistondagi qamoqxonani ko‘zdan kechirdi 

    21.06.2024, 17:05

    Toshkentda ona ikki nafar yosh bolasini begona ayolga tashlab ketdi

    21.06.2024, 16:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.