O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Paxtakor” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Hisob o‘yinning 18-daqiqasida ochildi. Samarqandliklar tezkor qarshi hujum uyushtirdi. “Paxtakor” darvozaboni Vladimir Nazarov oldinga uzatilgan to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi va bu vaziyatdan foydalangan Richard Fraydey to‘pni darvozaga yo‘llab, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
85-daqiqada “sherlar” javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Hojimat Erkinov chap qanotdan jarima maydoniga uzatgan to‘pni Bobir Abduholiqov darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari ham keskin o‘tdi. Xususan, 90-daqiqada “Dinamo” hujumchisi Firdavs Abdurahmonov qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam qoldirdi. Shunga qaramay, hisob o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi.
Natijada, har ikki jamoa bir ochkodan bo‘lishib oldi. Ushbu durangdan keyin “Dinamo” ochkolarini 34 taga yetkazdi va turnir jadvalining 3-pog‘onasiga joylashdi. “Paxtakor” esa 30 ochko bilan 6-o‘rinni band etmoqda.
O‘zbekiston Superligasi
18-tur
11-avgust, dushanba
“Dinamo” — “Paxtakor” 1:1
Gollar: 1:0 — Fraydey (18), 1:1 — Abduholiqov (85)
Chetlatish: Firdavs Abdurahmonov (90)
Izoh (0)