• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Partiya rahbarining “kosa oqarmasligi” haqidagi fikrlarini yoqlab yozilgan post muhokamalarni kuchaytirdi

    “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini haqidagi iddaosi jamoatchilikning keskin qarshiligiga uchradi. Faollar eng avval uning xonadonini tabiiy gazdan uzish taklifi bilan chiqishdi. Qodirovning o‘rinbosari Firuza Muhammadjonova Facebook’da rahbarini himoya qilib post qoldirdi. Biroq bu tanqidchilar hovurini bosish o‘rniga muhokamalarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lmoqda.

    Firuza Muhammadjonova
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Nima bo‘lgan edi?

    23-yanvar kuni Alisher Qodirov gaz o‘rniga elektr energiyasi ishlatishni o‘rganish kerakligini taʼkidlab, gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini aytgandi.

    Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorako‘zlarimizga ish o‘rni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi, deb yozgan u Telegram kanalida.

    Qodirov yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini rag‘batlantirish taklifini qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlagan.

    Alisher Qodirov
    Foto: “Daryo”

    “Deputatning o‘z saylovchisi manfaatiga qarshi borishi bu — siyosiy suitsid degani”

    “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi bu mulohazalari ortidan jamoatchilik faollari va internet foydalanuvchilarining keskin qarshiligiga uchradi. Faollar ushbu tashabbus egasining xonadonini tabiiy gazdan uzib qo‘yishni taklif qilishdi.

    Jumladan, Otabek Bakirov

    O‘tgan hafta bosh yashinqaytargich missiyasini yana o‘z qo‘liga olgan Alisher Qodir navbatdagi antihaqiqat bilan bo‘lishdi: Emishki, tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi.

    Albatta, isitish va ovqatga gaz yoqadigan xalq va kosa oqarishi o‘rtasida hech bir “pruf” yo‘q. Bir gramm o‘zining gazi yo‘q gurjilar gaz yoqadi, vatani gazning ustidagi ozarlar gaz yoqadi, butun dunyodan gaz sotib oladigan nemislar, britanlar, gollandlar gaz yoqadi. Lekin ularning kosasi oqargan. Demak, gazni yoqish yoki qayta ishlash bu tanlov, tanlovni esa erkin bozor beradi. Alisher Qodirni kim va qanday saylagan bilmayman, lekin u siz va biz uchun tanlab bermoqchi: gaz yoqma, kosang oqarmaydi.

    Ayni paytda:

    1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini eslatgan Alisher Qodir (eslatmasa, bilmasmidik) 4 mlrd dollarga qurilgan va aynan shunaqa mahsulotlar ishlab chiqarishi kerak bo‘lgan GTL zavodi dekabrdan aprelgacha ishlamasligini negadir yodga olmagan.

    GTL va kimyo zavodlardan tortib issiqxonalargacha gazdan uzilib, o‘zbekning subsidiyalanayotgan gazi bir to‘da oligarxlar tomonidan eksport qilinayotgani Alisher Qodirni hayratga solmagan. Nega Alisher Qodir gaz eksportini to‘xtatishni so‘ramaydi? Alisher Qodir O‘zbekistonni talayotgan oligarxlardan qo‘rqadimi yo ularning feʼlan advokatimi?

    Alisher Qodir o‘risniki (balki aslida o‘zimizniki) deyilgan gazni Gonkongda joylashgan o‘rtakashdan “import” qilinayotganini juda yaxshi biladi, lekin parlamentda qo‘r to‘kib o‘tirib, g‘ing demaydi.

    Alisher Qodir millat va uning kosasi haqida qayg‘urar ekan, nafaqat O‘zbekiston, butun Markaziy Osiyo gaz infratuzilmasi yuragi bo‘lishiga qaramay, shimol oligarxiyasiga sovg‘a qilib yuborilgan Gazli omborini o‘zbek xalqiga qaytarilishini, yaʼni milliylashtirishni talab qilmaydi.

    Nega Alisher Qodir oxirgi 8-yil ichida bir to‘p energoshotirlar tomonidan oligarxiyaga sovg‘a qilib yuborilgan konlar, ulushlar va aktivlarni taftish qilish, sxemalar qonuniyligini o‘rganish, energolyustratsiya masalasini parlamentga chiqarmaydi? Nimaga?

    Bular Alisher Qodir saylov dasturida yo‘q, Alisher Qodir saylovchilariga o‘zbek xalqini talayotgan o‘g‘ri oligarxiyaga qarshi kurashaman, deb vaʼda bermagan, deysizmi? Unda, nima Alisher Qodir 4 oy avvalgi saylov-palov kampaniyasida aholi gazdan uzilmasa, xalq kosasi oqarmasligini ochiq-oydin aytganmidi? Shunga xalqdan mandat olganmidi? Yo bularning hammasi negizida oqni qora deb eʼlon qilish va siyosiy ikkiyuzlamachilikdan iborat antiutopiya yotadimi?, deb yozgan bloger.

    Jurnalist Shuhrat Shokirjonov bu ketishda ro‘zg‘oring uchun tokni quyoshdan o‘zing ishlab top deyishmasa bo‘ldi deb yozadi.

    “Avval “svet va gaz qimmat bo‘lsa, odamlar ekonom qila boshlaydi, uzilishlar bo‘lmaydi”, deyishdi. Ishondik, ko‘ndik, hatto qo‘llab-quvvatlagan joylarimiz ham bo‘ldi, ekonom qilishgayam o‘tdik. Qimmatroq bo‘lsa ham uzilmasa bas deb.

    Endi “gaz yoqqan kishining kosasi oqarmaydi”, deb aholini gazdan uzishmoqchi. Hali bu ketishda “uyingda invertor va akkumulyator saqlab, ro‘zg‘oring uchun tokni quyoshdan o‘zing ishlab top”, deyishga o‘tishadi. Qanaqa gapdonlarga kunimiz qolgan-yey?”, degan u.

    Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov bugungi parlamentning ahvolidan yozg‘irgan.

    “Parlamentimizni fikrlashini ko‘rib turibmiz — Qodirov o‘ta kulgili, buni nima deb atashni ham bilmayman. Gazsiz uzoq yashash mumkin, lekin Qodirovlar bilan uzoq yashab bo‘lmaydi”, degan u chiqishlaridan birida.

    Mavzuni davom ettirgan Otabek Bakirov istalgan davlatda deputatning bunday iddao bilan chiqishi uning siyosiy karyerasiga nuqta qo‘yish bilan barobar bo‘lishini taʼkidlaydi.

    Bundan tashqari, YouTube, Instagram va boshqa platformalarda Alisher Qodirovning “kosa oqarmaslik” haqidagi fikrlari satira qilingan vayn va hajviy videolar, kinoya, piching va tanqidiy postlar bilan to‘lib-toshdi.

    “Kosamiz albatta oqaradi, qachonki...”

    Firuza Muhammadjonova rahbarini yoqlab yozgan postida tabiiy gaz zaxiralari cheklangani, u geosiyosiy qurolligi va qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni urg‘ulab, “yumshoq qilib” gazni ovqat tayyorlash yoki uyni isitish uchun sarflash noto‘g‘ri, deb baholagan.

    “Ayni paytda xalqimiz ovqat tayyorlash va uyni isitish uchun ishlatayotgan gazning narxi 650 (1000) so‘mdan. Ammo bu gazning haqiqiy narxi karrasiga baland bo‘lib, o‘rtadagi farqni hukumat davlat byudjeti (xalqning o‘zi to‘laydigan soliqlar) hisobidan qoplab, subsidiya orqali arzon narxda beradi. Bir tomondan biz arzon gaz ishlatyapmiz, lekin bundan mamlakat (Siz va bizning!) iqtisodiyotiga zarar yetyapti.

    Agar gazni maishiy maqsadlarga emas, iqtisodiy jihatdan qimmatroq mahsulot ishlab chiqarishga sarflasak, ko‘proq daromad keladi. KOSAMIZ OQARADI.

    Qolaversa, gazdan elektrga o‘tish O‘zbekiston uchun yangilik emas. Hozirgi kunda ham faqat elektr energiyasidan foydalanib kelayotgan minglab xonadonlar mavjud”, deydi partiya mulozimi.

    Firuza Muhammadjonova postiga kosani ilova qilgan
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Firuza Muhammadjonova o‘z postida Alisher Qodirovning fikriga qarshi chiqayotganlar uning oilasi va shaxsiyatiga o‘tib ketishiga, ommaviy haqoratlanishiga qarshiligini alohida taʼkidlagan.

    “Undan ko‘ra tomimiz, jumladan unga o‘rnatiladigan panellarga nisbatan bojlarni kamaytirish, yoqilg‘ilar tanlovi ko‘pligidan zapravkalarda hech qanday navbatlar bo‘lmasligiga erishish, gaz o‘rniga elektr energiyasidan foydalanishga adolatli rag‘batlarni joriy etish, hanuzgacha gazlashtirilmagan hududlar, yaʼni qishloq joylarda elektr energiyasidan foydalanish uchun 50 foiz chegirma berish, tabiiy gaz yoqib, elektr energiyasi ishlab chiqarishni kamaytirish, gazni mahsulot qilib eksport qiladigan ishlab chiqarish zavodlari uchun kafolatli gaz taʼminotini yo‘lga qo‘yish, elektromobillarni olib kirishdagi sunʼiy cheklovlarga qarshi kurashish, energetika tizimida korrupsiyani kamaytirish kabi masalalar haqida o‘ylash nazarimda manfaatliroqdir”, deb yozgan u.

    «O‘zbek xalqi tezak yoqib o‘tib ketishi kerakmi?!»

    Alisher Qodirovning oqlab yozilgan post aksar foydalanuvchilarning eʼtirozlariga sabab bo‘lgan. Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev bir umr tanqis bo‘lmagan gaz nega birdan muammoga aylanayotgani bilan qiziqqan.

    Muslimbek Yo‘ldoshev
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Bir umr gaz yoqilgan! Bir umr chiroq ishlatilgan. Negadir endi, mustaqillik bo‘lganda hammasi yo‘q, tanqis bo‘lib qoldi. U quyosh batareyasiga ketadigan puliga besh-o‘n yil o‘sha gaz bilan uyini isitardi. Endi-chi? Bir dunyo pulga sotib oladi o‘sha quyosh batareyasini, bir dunyo pulga o‘rnattiradi, oyda-haftada tomiga chiqib uni yuvadi, tozalaydi… ishi ko‘payadi, o‘g‘liga buyuradi, u qilmasa o‘zi chiqib tomdan yiqiladi… Bu hovlisi borlar.

    Ko‘pqavatli uyda millionlab odamlar yashaydi. Ular qayerga o‘rnatadi batareyalarni? Mana shu muammolarni hal qilib olib, keyin odamlarga gapirish kerak. Vakolat hamkasbingizda.

    Kirakash odamlar, oddiy ishchi xalq cho‘ntagiga qarab, ro‘zg‘origa qarab ergashaveradi agar bozorda taklif bo‘lsa…

    Bechora xalqqa, ayniqsa Toshkent aholisiga bitta havo qoluvdi — tekin. Ammo u ham omonat bo‘lib turibdi. Shu ketishda hamma uyiga havotozalagich sotib olishga majbur bo‘ladi. U ham yo gazda, yo chiroqda ishlaydi…

    Bularni qarang — kelajakni o‘ylashayotganmish!!! Bugungi kunda havo ifloslanishidan odamlar o‘lar darajaga kelib qoldi. Nega toza havoni ham kelajakka asramayapsanlar, deydigan mard yo‘q…, deb yozgan u izohlarda.

    Jurnalist Sharofiddin To‘laganovning fikricha g‘isht qolipdan ko‘chib bo‘lgan.

    Endi raisni qancha oqlashga urinmang, odamlarni ishontira olmaysiz(lar). Yaxshi imijmeyker kerak raisga. Obro‘ni to‘kib bormoqda, degan jurnalist.

    Burhon Shermatov esa “bizni odamlarimizni, elektoratni biror narsaga ishontirish shart emas... Faoliyatlari elektoratga bog‘liq emasligini deputatlar yaxshi bilishadi”, deya kinoya qilgan.

    “Bironta gapingizga qo‘shilmadim. Sizningcha o‘zbek xalqi gazini o‘zgalarga berib, tezak yoqib o‘tib ketishi kerak ekan-da?! O‘sha siz aytayotgan elektr qani? Bergan limiti bir dona xolodilnikning ishlashiga yetadi. Ota-bobolarimiz ovqatini olovda pishirgan, elektrda emas”, degan Latofat Abdrimova.

    “Eng birinchi o‘rinda gaz aholi ehtiyoji uchun ishlatilishi shart. Gaz shunchalik qimmatbaho bo‘lsa nega Rossiyaga beryapmiz. Elektrga o‘tishimiz maʼqul. Nega unda eng sifatsiz va qimmat panellar kelmoqda. Nega bu soha monopol, shuni aytish — deputatning vazifasi. Eng birinchi vazifa — xalqning yaxshi yashash sharoitini ta’minlash”, deya fikr bildirgan Buvsara Toshmurodova.

    “Bunaqa gaplar bilan xalqning g‘azabini keltirib elektrga limit qo‘yib narxini oshirishdan oldin xalqning real daromadiniyam o‘ylanglar. Xalqning puli faqat gaz, “svet”, jarimalar uchun emas-ku. Yeb-ichishi, kiyinishi ham kerak. Yetkazolmagandan keyin majbur jinoyat qiladi. Xalqni o‘ylaydiganlar ham bormi o‘zi tepada?”, deb yozgan Ilhom Ro‘ziyev.

    Postda Alisher Qodirov va Feruza Muhammadjonovaning fikrlarini yoqlab izoh qoldirganlar ham bor. Muslimbek Yo‘ldoshev bunday izohlar xolis emasligi, chunki uni yozganlar “Milliy tiklanish” partiya xodimlari ekani, ular buyruqni bajarayotgan bo‘lishi mumkinligiga eʼtibor qaratgan.

    Deputat tanqidchilarini sudga bermoqchi

    Internetda sazoyi qilingan Alisher Qodirov tanqidlardan xunob bo‘lgan chog‘i, u haqorat qilganlarni javobgarlikka torttirish niyatida ekanini aytmoqda.

    Tanqidlarga ochiqmiz, muloqot va muhokama vazifamiz, lekin ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni o‘zgarishiga hissa qo‘shmoqchimiz, deb yozdi u va so‘zining so‘nggida #haqoratjazolanadi deya heshteg qoldirdi.

    Maʼlumot uchun, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (7,5 million so‘mdan 15 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish — BHMning 200 baravaridan (75 million so‘m) 400 baravarigacha (150 million so‘m) miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

    31 yanvar, 19:42   Izoh (0)   54735
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Milliy tiklanish”#Alisher Qodirov#gaz#Muhammadjonova#kosasi oqarmoq#kosa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi va 21-fevralning boshqa muhim xabarlari

    21.02.2020, 21:09

    Deputat Alisher Qodirov aholining kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini kamaytirish yo‘lini taklif qildi

    06.12.2020, 19:23

    “Shina zavodining ishlab chiqarish quvvati pandemiya sabab tushib ketdi” — “O‘zkimyosanoat”

    08.04.2021, 20:11

    O‘zbekiston energetika bozorida monopoliya bekor qilinadi

    09.07.2024, 10:03

    Alisher Qodirov O‘zbekistonda nomaqbul jinsiy aloqalarning targ‘ibotini taqiqlashga doir qonun ishlab chiqilayotganini aytdi

    11.11.2024, 19:20

    “Yaxshi bilim bermayotgan o‘qituvchi kam oylik olib, tizimdan chiqib ketishiga ham rozimiz” — Alisher Qodirov

    26.11.2024, 16:16

    “Byudjet mablag‘lari hisobiga olingan kinofilmlar nega keng namoyish qilinmaydi?” – Alisher Qodirov

    26.11.2024, 21:53

    Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni taklif qildi

    10.12.2024, 18:51

    Muxolifat do‘stmi yo dushman? Prezident ko‘targan mavzu yuzasidan suhbat

    14.12.2024, 19:40

    “Yaqin ikki yilda barcha kommunal xizmatlar bir paket sifatida taqdim etiladi” — Alisher Qodirov

    15.12.2024, 10:33

    AQSh Yaqin Sharq xaritasini qayta tuzib chiqmoqda, buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

    26.12.2024, 19:45

    “Milliy tiklanish” fraksiyasi Rossiya havo hududi xavfsizligi yuzasidan so‘rov yuboradi — Alisher Qodirov

    28.12.2024, 11:27

    Prezident bilan suhbat, “Monako”dan qiziqish, ota-onasining orzusi. Qanday qilib 21 yoshli Abbosbek Fayzullayev RPL yulduziga aylandi?

    4 yanvar, 19:03

    O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi kutilmoqda

    7 yanvar, 14:20

    “Buni hozir to‘xtatmasak, 20 yildan keyin hech qanday qonun yordam bera olmaydi” — Alisher Qodirov elektron sigaretalar haqida

    8 yanvar, 10:19

    Egaridan tushovi qimmatga tushgan top 4 zavod: katta iqtisodiy loyihalarning ortidagi qo‘rqinchli raqamlar

    16 yanvar, 11:09

    O‘zbekistonda sotuvchilar tovarni vaqtida yetkazib bermasa, penya to‘lashi mumkin

    22 yanvar, 11:52

    “Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi” — Alisher Qodirov

    24 yanvar, 12:26

    O‘zbekistonda elektron sigaretalarni butunlay taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi

    24 yanvar, 15:50

    Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka tortmoqchi

    31 yanvar, 12:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.