• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi va 21-fevralning boshqa muhim xabarlari

    Xitoy koronavirusi

    Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida 899 kishi koronavirus bilan kasallandi, vafot etganlar soni esa 118 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 75 465 kishiga yetgan, vafot etganlar soni esa 2236 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, yana 28 804 kishi koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan. 19-fevral, chorshanba kuni, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 23-yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada ham COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etgan. 19-fevral kuni Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan. Shuningdek, kemadan evakuatsiya qilingan ikki nafar Avstraliya fuqarosida koronavirus aniqlangan. Ularning ikkovi ham yaponiyalik 87 yoshli erkak va 84 yoshli ayol. Avval Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgan, Yaponiyada 80 yoshli ayol koronavirus qurboniga aylangan, Tayvanda esa koronavirus 60 yoshli erkakni hayotdan olib ketgandi.

    Foto: “RBK”

    Xitoyning Shandun provinsiyasi Szinin shahrida joylashgan Jenchen qamoqxonasida koronavirus infeksiyasi bilan ommaviy kasallanish holati aniqlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar qamoqxonada 207 ta kasallanish holatini qayd etgan. Koronavirus tashxisi tasdiqlangan barcha shaxslar izolyatsiyaga olingan va ularni davolash ishlari boshlab yuborilgan.

    Xitoy fan va texnika vaziri o‘rinbosari Syuy Nanpin xitoylik olimlar yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi yaratilayotgan vaksinani klinik sinovlarga ikki oydan keyingina tayyorlay olishi mumkinligini ma’lum qildi.

    Foto: “RBK”

    Rossiya iqtisodiyoti koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy bilan tovar ayirboshlash kamaygani tufayli har kuni qariyb milliard rubl yo‘qotmoqda. Bu haqda Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov “RBK”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan. “Bu pul, bu mehmonxonalar, transportning yuklanishi chakana savdoda qo‘shimcha daromadlardir. Aviatashuvchilar bong urmoqda. Barcha bundan zarar ko‘rmoqda”, — degan Siluanov.

    Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Xitoy fuqarolarining mamlakat hududiga kirishini vaqtincha taqiqlovchi farmoyishni imzolagani, buning ortidan esa Rossiya turizm biznesi milliardlab rubl zarar ko‘rishi haqida xabar berilgandi.

    O‘zbekistonda vaziyat boshqacha: “Koronavirus epidemiyasiga qaramay O‘zbekistonga kelayotgan xitoylik sayyohlar soni oshdi”, – deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. Avvalroq koronavirus sabab O‘zbekiston xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi mumkinligi, boisi xitoyliklarga xorijiy tur-paketlar sotib olish va chet elda mehmonxonalarni bron qilish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir: Xitoy aviakompaniyalari koronavirus tufayli 80 mingga yaqin reysni bekor qildi

    Koronavirus 12 yil ichida birinchi marta aviatashuvlarning kamayishiga sabab bo‘lishi ma’lum qilindi. Taxminlarga ko‘ra, virus sabab jahon aviatsiya trafigi 4,7 foizga tushib ketadi. Bu esa jami yo‘lovchilar oqimining 2008-yili sodir bo‘lgan moliyaviy inqirozdan beri kuzatiladigan birinchi marta pasayishi bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘lovchilar oqimining kamayishi oqibatida aviakompaniyalar 29,3 milliard dollar yo‘qotadi.

    O‘zbekistonda nima gap?

    O‘zLiDeP yetakchisi Aktam Hayitov hamkasbi, “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan shov-shuvli bayonotiga munosabat bildirdi.

    Unga bitta odam ovoz berganmi yo ikkita, farqi yo‘q — hurmat qilish kerak. Surxondaryoliklar Alisher Qodirovni saylamagan bo‘lsa ham, partiyasidan kimnidir saylagan bo‘lishi mumkin. Har bir saylovchi deputatdan har bir savoliga javob olishga haqli. Unga siz meni saylamagansiz deyish to‘g‘ri deb o‘ylamayman.

    O‘zLiDeP yetakchisi Aktam Hayitov

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Oltinsoy tumanida 14-fevral, juma kuni mahalliy aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvga munosabat bildirarkan, deputat Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida oltinsoylik “bebosh fuqarolarni keskin jazolash” lozimligi haqida post qoldirgandi. Deputatning bu fikrlari muhokamalarga sabab bo‘ldi, ushbu muhokamalar jarayonida foydalanuvchilarning fikrlariga javob qaytararkan, deputat bir o‘rinda: “Siz meni saylamagansiz, mendan hech narsa kutmang”, degan mazmunda javob qaytardi (va keyinroq bu javobini o‘chirib tashladi).

    Aktam Hayitov.

    Aktam Hayitov.
    Foto: Madina Nurman/“Daryo”

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev litsenziya va ruxsatnomalar sonini ikki-uch martaga qisqartirishni topshirganini ma’lum qildi.

    Davlat har bir sohada o‘zining ishtirok etish chegaralarini belgilab olishi kerak. Ushbu faoliyatni tartibga soluvchi qonun 20 yil oldin qabul qilingan. Shuning uchun bizga yagona hujjat — litsenziyalash va ruxsat berish tizimini kompleks tartibga solish bo‘yicha alohida kodeksni ishlab chiqish topshirildi.

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

    O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova halollik vaksinasi nafaqat prokurorlarga, balki barcha davlat xizmatchilariga kerakligi haqida gapirdi.
    Shaxsan ayta olaman, prokurorlarning 90 foizining muomalasi yaxshi. Ishingiz tushib borganingizdan ketguningizgacha qo‘li ko‘ksida xizmatingizda turadi. To‘g‘ri, 10 foiz prokurorlar borki, butun soha imijiga salbiy ta’sir qilmoqda. Halollik vaksinasi nafaqat prokurorlarga, balki barcha davlat xizmatchilariga kerak. Chunki korrupsiya holati davlat budjeti bilan munosabatga kirishish jarayonida vujudga keladi.

    Svetlana Ortiqova, bosh prokuror o‘rinbosari 

    O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi mamlakat fuqarosi M.K. qo‘lga olingani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. U farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan edi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

    Tayinlovlar. Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib Jahongir Sa’dullayev tayinlandi. Jahongir Sa’dullayev ushbu tayinlovga qadar Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

    Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qarori bilan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib Saidmurod Aminjonov tayinlandi.

    Namangan viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga Musoxon Oppoqov tayinlandi.  Musoxon Oppoqov mazkur tayinlovga qadar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Namangan viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib Dada-Ali Zufarov tayinlandi. Dada-Ali Zufarov 2018-yildan shu kungacha Olmazor tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

    Avvalroq Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalariga boshliqlar tayinlangani haqida xabar berilgandi. Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Sanjar Yusupov esa Chirchiq shahriga hokim bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Bloger Shahnoza Soatova Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha Adliya vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Lavozimga tayinlanguniga qadar Shahnoza Soatova vazirlikning Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

    Foto: ATK matbuot xizmati

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekistonda 2020-yilda internet tezligi 10 baravar oshirilishini ma’lum qildi. Okey.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizdan harakatlanayotgan Janubiy Kaspiy sikloni kirib kelishi sabab respublikada dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin, demoqda “O‘zgidromet” mutaxassislari.

    Jahonda-chi?

    AQSh razvedka xizmatlari xodimlari Kongressning Vakillar palatasi razvedka bo‘yicha qo‘mitasiga Rossiya Donald Trampning qayta prezident etib saylanishiga ko‘maklashish maqsadida Amerika saylov kampaniyasiga aralasha boshlagani haqida ma’lum qilib turgan bir payt Trampni “Rossiya ishi”da ayblangan sobiq maslahatchisi 40 oy qamoq jazosiga hukm qilindi — u yolg‘on ko‘rsatmalar berganlikda, guvohlarga bosim o‘tkazishda va Kongress tergoviga to‘sqinlik qilishda aybdor deb topilgan.

    Foto: DML News

    Suriya qurolli muxolifati Idlib janubi-sharqida hukumat qo‘shinlariga hujum uyushtirdi. Hujum Turkiya armiyasi qo‘llab-quvvatlashi ostida amalga oshirilgan. Suriya hukumat qo‘shinlariga mo‘tadil muxolifot jangarilari hujum amalga oshirgani bildirilmoqda. Suriyaning Idlibida nimalar sodir bo‘lmoqda o‘zi? Voqealar fotoreportajini ko‘ring.

    Mavzuga doir: Fotoreportaj: Suriyaning Idlib viloyatida nimalar sodir bo‘lmoqda?

    Efiopiyaga uzoq yillar davomida yo‘qolgan deb hisoblab kelingan toj qaytarildi. Bebaho yodgorlik — XVIII asrga mansub liturgik toj hisoblanadi.

    Foto: The Office of Prime Minister Abiy Ahmed/AP/Scanpix/LETA

    O‘zbekistonda yana nima yangiliklar? Toshkentda yerusti metro yo‘li tagidagi joylar tadbirkorlarga taklif qilindi. Odil Ahmedov qiz farzandli bo‘ldi. Qizaloq Ahmedovlar oilasida to‘rtinchi farzand, tabriklaymiz! Payme 2019-yilda 3 million dollar daromad ko‘rdi. O‘zbekistondagi yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi. Yunusoboddagi DXX izolyatori 14 soatga ichimlik suvi tarmog‘idan uziladi. Toshkentning chiqindilari bilan Singapur kompaniyasi shug‘ullanishi mumkin. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 78 turdagi o‘simliklar ro‘yxati tasdiqlandi. Buxoro viloyatidagi yo‘llari abgor, ichimlik suvi muammosi bor hudud tanqid qilindi. O‘zbekistonda litsenziya asosida mustaqil hamshiralik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish taklif etildi. O‘zbekistondagi gaz yo‘q hududlarda elektr energiyasi uchun to‘lovni kamaytirish taklif etilmoqda. “Turkmanenergo”dagi nosozlik sabab O‘zbekistonga yetkaziladigan elektr energiyasi keskin kamaydi, keyinroq nosozlik bartaraf etilib, O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazish tiklandi.

    Jinoyatlar. Namanganda turmush o‘rtog‘ini rashk qilib, qo‘shnisiga uch marta pichoq urgan shaxs qo‘lga olindi. Toshkentda 235 ming dollarni “uxlatgan” firibgarlar ushlandi. Qozog‘istonlik blogerdan giyohvand moddalarini sotib olib, oyoq kiyim poshnasida O‘zbekistonga olib kirish bilan shug‘ullangan er-xotin ushlandi.

    O‘qishni qat’iy tavsiya qilamiz: “Amerikaning irqchilik muammosini hal qiladigan yagona din islomdir”. Qora tanlilar huquqlari kurashchisi Malkolm X

    21.02.2020, 21:09   Izoh (0)   94698
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli 2020-yilning kuziga qoldirilishi rasman ma’lum qilindi

    21.02.2020, 20:41

    Yunusoboddagi metro qurilishida yuz bergan avariya qurbonlarining oila a’zolariga kompensatsiya to‘lash boshlandi

    21.02.2020, 20:25

    Andijonda hokimlik vakili bilan “kalla urishtirgan” sudyaga chora ko‘riladi

    21.02.2020, 20:10

    Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    21.02.2020, 19:40

    Toshkentda 235 ming dollarni “uxlatgan” firibgarlar ushlandi

    21.02.2020, 19:24

    O‘zbekistonda dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    21.02.2020, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.