Argentinalik futbolchi Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan raqobat haqida gapirdi.
“Sport doirasida bu juda katta raqobat edi. Ikkalamiz ham raqobatni yaxshi ko‘ramiz. U ham doim g‘olib bo‘lishni xohlaydi.
Bu ikkalamiz uchun ham, futbolni yaxshi ko‘radigan insonlar uchun ham ajoyib davr edi. Biz cho‘qqiga chiqishga va u yerda uzoqroq qolishga loyiq edik.
Yuqoriga chiqish oson, lekin u yerda qolish qiyin. Krishtianu bilan esa biz 10—15 yil darajani ushlab tura oldik.
Ikkalamizni kuzatgan insonlar uchun ajoyib xotiralar qoldi”, — deydi Messi L’Equipe’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023-yilgi “Oltin to‘p” sohibiga aylandi.
Izoh (0)