AQSH prezidenti Donald Trampning tarif siyosati yapon avtosanoatiga og‘ir zarba bermoqda, deb xabar berdi “AvtoVzglyad” portali. Toyota, Mazda va Honda kabi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rekord darajadagi zarar qayd etmoqda, bu esa Tokioni murosaga borishga majbur qilmoqda.

Nikkei Asia ma’lumotlariga ko‘ra, Toyota kompaniyasining 2025-yil aprel–iyul oylaridagi sof foydasi 36,9 % ga qisqargan. Kompaniya yillik prognozini qayta ko‘rib chiqib, kutilayotgan zararini yetti barobar oshirdi va ko‘rsatkich 44,2 % ga yetdi. Xuddi shunday muammolar boshqa yapon ishlab chiqaruvchilarida ham kuzatilmoqda: Mazda 2025-yil ikkinchi choragini 313 million dollar zarar bilan, Honda esa 201 million dollar zarar bilan yopgan.
Natijada Yaponiya hukumati bosh vazir Shigeru Isiba rahbarligida AQSH sanoatiga misli ko‘rilmagan 550 milliard dollarlik mablag‘ ajratishga rozi bo‘ldi. Bunga javoban Tramp yapon avtomobillariga qo‘yilgan tariflarni 15 % gacha kamaytirdi. Biroq mutaxassislar bu qaror sezilarli foyda keltirishiga shubha qilmoqda.
Mutaxassislar qayd etishicha, yuzaga kelgan vaziyat Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Ular jahon bozoridagi ulushini faol oshirmoqda.
Izoh (0)