“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, yangi shartnoma 2026-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Shuningdek, shartnomada hamkorlikni 2027-yilning yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha band bo‘ladi.
Gvardiola va uning shtabi bilan barcha shartlar kelishib olindi. Shartnoma rasman imzolanishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda APLda 11-turdan so‘ng “Man Siti” 23 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. “Shaharliklar” so‘nggi 4 ta o‘yinning barchasida mag‘lubiyatga uchradi.
Izoh (0)