O‘zbekistonda endi avtomobil egasi kameralar tomonidan qayd etilgan barcha yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun javobgar bo‘lmaydi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Ularga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun avtomobil egasi emas, balki bevosita uni boshqarayotgan shaxs javobgarlikka tortiladi.
Loyiha muhokamasi 26-sentabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)