Daryo

Toshkentda Lacetti va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohati olgan

1 daqiqa o‘qish8 856 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi, “Sanʼat muzeyi” qarshisida 11-noyabr kuni soat 19:50 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1985-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvida bo‘lgan King Long avtobusi va haydovchi (ayol) 1992-yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasi to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentning Sergeli, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida uch kishi jarohatlangan edi.

Shuningdek, Samarqandda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Qashqadaryoda ikki avtomobil to‘qnashuvidan to‘rt kishi vafot vafot etgani, Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etgani xabar qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar