Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi 20-may kunidan boshlab yopildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi maʼmuriyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bog‘da yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 20-may kunidan qisqa muddatga “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik to‘xtatilgan.
G‘alaba bog‘i 2022-yil aprel oyida ham “ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi” sabab 24 kunga yopilgan.
Mazkur bog‘ qurilishi prezident tashabbusi hisoblanadi. U 2018-yil kuzida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bog‘ qurish taklifini ilgari surgan edi.
Bu bog‘ xalqimizning G‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettirishi, otalarimiz va bobolarimiz qahramonligini abadiylashtirishi kerak, — deya ta’kidlagan edi davlat rahbari.
Izoh (0)